2. Qimmatbaho buyumlar garovi .
Qimmatbaho buyumlar (taqinchoqlar) garovga olinishida bunday boyliklar
sifati va haqiqiyligi boʻyicha ekspertiza qilinishi hamda baholash huquqiga ega
boʻlgan tashkilot tomonidan baholash xulosasi asosida garovga olinishi mumkin.
Qimmatbaho buyumlar umumiy mulk (masalan, oila mulki) hisoblanishi
mumkin boʻlgan hollarda bu shartnoma notarial tasdiqlanishi shart.
3. Garov obyektini baholash. 1. Garov obyekti bozor bahosida baholanishi kerak.
Ammo bank garov obyektini sotayotganda uning bozor bahosi oʻzgarishi
mumkin. Yoki bozor bahosida sotib oladigan xaridor topilmaydi. Natijada bank
garov obyektini bozor bahosidan past narxda sotishga majbur boʻladi.
2. Garov obyekti davriy ravishda qayta baholanib turilishi lozim.
3. Garov obyekti qiymatini baholash tegishli malakaga ega boʻlgan
mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
77
4. Garovni baholashda uni baholash va sotish xarajatlari hisobga olinishi
kerak.