73
Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar
summasi kredit qo‘yilmalari summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga
koʻpaytiriladi.
Shunisi xarakterliki, ushbu koʻrsatkichning meʻyoriy
darajasini mavjud
emasligi. Shu sababli, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlili usulidan
foydalaniladi. Ushbu usuldan foydalanganda, birinchidan, xar 1 soʻmlik kredit
qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi boshqa banklarning shu koʻrsatkichi
bilan
taqqoslanadi; ikkinchidan, ushbu koʻrsatkichni joriy davrdagi darajasi oldingi
davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi.
2. Tijorat banklari kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan
olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻati oʻrtasidagi mutanosiblik koʻrsatkichi.
Mazkur
koʻrsatkichdan
foydalangan
holda,
tijorat
banklari
kredit
qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish
surʻati oʻrtasidagi mutanosiblikni mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun
kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning
oʻsish surʻati har biri tahlil davri uchun taqqoslanadi. Agar kredit qoʻyilmalarini oʻsish
surʻati kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻatidan baland boʻlsa,
mazkur ikkala koʻrsatkich oʻrtasidagi mutanosiblik taʻminlanmagan hisoblanadi.
3. Kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat
banki yalpi daromadi
hajmidagi salmogʻini oʻzgarishi.
Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni
egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi
daromadi hajmidagi salmogʻi ham yuqori boʻlishi lozim.
Odatda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi
hajmidagi salmogʻi kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmogʻiga mutanosib
boʻlishi shart.
Kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdorini
qisqa muddatli davriy
oraliqlarda keskin tarzda oʻsishi ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, mazkur
daromadlarni keskin oʻsishi kreditlarning foiz stavkalarini yoki kredit qoʻyilmalarini
yuqori surʻatlarda oʻsishi natijasida xosil boʻladi.
74
Tijorat banklarini Kredit siyosatida kreditlarni daromadlilik darajasini
taʻminlash masalasi kreditlarni risk darajasini boshqarish masalasi bilan birga koʻrib
chiqiladi.
Kreditlarni risk darajasi va daromadliligi oʻrtasida toʻgʻri mutanosiblik mavjud.
Yaʻni, kreditning foiz stavkasi qanchalik yuqori boʻlsa, uning risk darajasi shunchalik
yuqori boʻladi.
Kredit siyosatida kredit riskini baholash mezonlari va boshqarish usullari
oʻzining aniq ifodasini topgan boʻlishi kerak.
Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasiga baho berish uchun quyidagi
uch koʻrsatkichdan keng foydalanilmoqda:
1. Muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi.
Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 3% qilib belgilangan.
Agar muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi 3
foizdan
oshmasa, u holda, berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik meʻyoriy
hisoblanadi.
2. Muddati oʻtgan kreditlarni yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi.
Ushbu koʻrsatkichni yuqori meʻyoriy darajasi 5% qilib belgilangan.
3. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari
darajasi.
Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga
moʻljallangan zahira ajratmalari summasi tijorat banki aktivlarining oʻrtacha
summasiga boʻlinadi.
Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi qilib 1% belgilangan.
Respublikamiz tijorat banklarini kreditlash amaliyotidagi ayrim muammolarni
mavjudligi koʻzga tashlanmoqda. Xususan, mamlakatimiz bank tizimida kreditlash
shakllaridan toʻlaqonli tarzda foydalanilmayotganligi, mijozlarni kreditga layoqatliligi
baholash tizimida sezilarli kamchiliklarni mavjudligi, tijorat banklari kredit siyosatini
tadqiqot qilishini, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini
olib borish asoslarini
oʻrganishini, kredit riski va uni boshqarish, kreditlash jarayonidagi boshqa mavjud
kamchiliklarni aniqlash xamda ularni bartaraf etish yoʻllarini amalda qoʻllagan xolda
75
banklar tomonidan beriladigan kreditlarni samaradorligini oshirish mumkinligini
taqazo etadi .
Ikkinchi guruhga, kreditlash jarayonida mijozning kreditga layoqatliligini
aniqlashdagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni kiritish mumkin.
Tashkiliy
muammolarga kredit oluvchini kreditga layoqatliligini aniqlashda kredit ta‘minotining
obyekti va uning likvidligini aniqlashdagi muammolarni kiritish mumkin. Aksariyat
holatlarda bank mutaxassislari mijozning toʻlovga qodirligini kredit ta‘minotining
mavjudligini inobatga oladi. Biroq, kredit taʻminotini kreditni qaytishini asosiy omili
ekanligini inobatga olmaydilar va uning likvidligini kredit muddatiga nisbatan
aniqlamaydilar. Natijada mijoz kreditni qaytara olmasa bank tomonidan kredit
ta‘minotining musodara qilinishi tijorat banki uchun oʻziga xos unumsiz sarflarni
keltirib chiqaradi.
Ushbu muammolar natijasida tijorat banklarini
kreditlar hisobidan olingan
daromadlarni tushishiga, daromadni pasayishi natijasida bank likvidliligiga salbiy
taʻsir qilishi, muammoli kreditlarni koʻpayishi natijasida tijorat bankini nosogʻlom
bank maqomini olishiga xam olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: