Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
Qisqacha xulosalar 
Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik boʻsh turgan pul 
mablagʻlarini banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tugʻdiradi. Bunda 
bank oʻzining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa 
banklarga oʻzining boʻsh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Bu 
siyosat ularning xatarlilik darajasini kamaytirish siyosatining yuritilayotganligini 
koʻrsatadi. 
Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish 
maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir. Banklararo kredit resurslari bozori 
ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi. 
Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat: pul bozori; 
kapital bozori. Pul bozorida qisqa muddatli, yaʻni muddati 12 oygacha boʻlgan 
depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi. Kapital bozorida oʻrta va 
uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi. 
Tor ma‘noda, ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB) deganda – xalqaro 
kredit operatsiyalari roʻy beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori 


198 
tushuniladi. U oʻz ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, 
oʻz navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini 
keltirib chiqaradi. Yevrovalyuta bozori yoki yevrobozor bu chet el valyutasida 
mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari roʻy beradigan 
bozordir. 
Bozorni banklararo kreditlar oʻrtacha foiz stavkalari boʻyicha maʻlumotlar 
bilan taʻminlashning yoʻllaridan biri banklararo bozorlar pul mablagʻlari milliy 
koʻrsatkichlarini qabul qilinishi hisoblanadi. Banklararo pul bozori koʻrsatkichlari 
xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda pul mablagʻlari banklararo bozorida oʻrtacha statistik foiz 
stavkalarini oʻrnatish tajribasi mavjud emas va banklararo shartnomalar xulosalari 
boʻyicha meʻyorlarni unifikatsiya (bir xil) qilish yoʻlga qoʻyilmagan. 
Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki ―doimiy‖, ―suzuvchi‖ foiz 
stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal 
qiladi.
Ssuda kapitalining tannarxi, yaʻni xarajatlari 2 asosiy elementdan tarkib 
topgan: resurslarni shakllantirish boʻyicha xarajatlar; bank faoliyatini taʻminlovchi 
xarajatlar. 
Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. 
Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini taʻminlash boʻyicha 
xarajatlari orqali aniqlanadi. 
Respublikamizda banklararo kreditlar bozorining rivojlanmaganligi 
Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining taʻsirchanligi, samaradorligiga salbiy 
taʻsir koʻrsatadi. 
Hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskontli 
kreditlari mavjud emas, lombardli kreditlari miqdori kichik. Bu esa, tijorat 
banklarining diskontli va lombardli kreditlarga boʻlgan talablarini qondirilmay 
qolishiga sabab boʻladi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish