Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


Banklararo kredit resurslari bozori



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 Banklararo kredit resurslari bozori
– bu kredit resurslarini oldi-sotdi 
qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir. Banklararo kredit resurslari 
bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi. 
Banklararo kredit resurslari bozorida tijorat banklarining birinchi qismi 
kredit resursi sotuvchi sifatida, ikkinchi qismi esa, kredit resursini sotib oluvchi 
sifatida ishtirok etadi. 
Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat: 
- pul bozori; 
- kapital bozori. 
Pul bozorida qisqa muddatli, yaʻni muddati 12 oygacha boʻlgan depozitlar 
va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi. 
Kapital bozorida oʻrta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz 
stavkalari shakllanadi. 
Banklar resurslarini boshqa banklardan ssuda olish, yaʻni banklararo kredit 
hisobiga ham kengaytirish mumkin. Ortiqcha kredit resurslarini sotish bilan 
moliyaviy barqaror tijorat banklari shugʻullanadi. Bu resurslar daromad keltirishi 
uchun banklar bu resurslarni boshqa banklarga joylashtirishga harakat qiladilar. 
Banklar resurslarini joylashtirib, daromad olishdan tashqari, bank-kreditor uchun 
bankning boshqa faoliyatlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlariga 
ega boʻladi. Banklar uchun oʻz kredit resurslarini xoʻjaliklarga joylashtirishdan 
koʻra, banklarga joylashtirish foydaliroqdir. Ayniqsa, hozirgi sharoitda kreditning 
qaytishi uchun kafolat xoʻjalik korxonalaridan koʻra banklarda kattaroqdir. 


183 
Banklararo kreditning muddatlari har xil. Rivojlangan davlatlar tijorat banklari 
amaliyotida bir, uch, olti oy muddatli banklararo kredit berish koʻprok ishlatiladi. 
Yana shuni aytib oʻtish joizki, 1 kundan tortib bir necha yil muddatga beriladigan 
banklararo kredit berish ham rivojlanmokda. 
Hozirgi paytda MDH davlatlarida 3 oydan 6 oy muddatgacha banklararo 
kreditdan foydalanish banklar faoliyatida keng tarqalgan. Banklararo kreditning 
foiz stavkasi, odatda, xoʻjaliklarga beriladigan kreditlar foiz stavkasidan past 
boʻladi va Markaziy bank tomonidan bu stavkalar nazorat qilinadi. Resurslarni jalb 
qilish nuqtayi nazaridan esa bank uchun banklararo kredit boshqa depozitlarni jalb 
qilishdan koʻra qimmatroqqa tushadi. Banklar resurslarini banklararo kreditlar 
hisobiga shakllantirishdan maqsadi shuki, banklar oʻz mijozlarini kreditga boʻlgan 
ehtiyojini qondirishdir va kredit qoʻyilmalarini yanada kengaytirib foyda olishdir. 
Banklararo bozor moliya bozorining segmentlaridan biri hisoblanib, bank 
investitsiyalarini real iqtisodiyotga bank tizimida jamlangan mablagʻlarni tez va 
samarali qayta taqsimlash orqali joylashtirishni taʻminlaydi. Banklararo bozorning 
faoliyat yuritishi iqtisodiyot uchun investitsiya boʻyicha maʻlum qarorlarini qabul 
qilish nuqtayi nazaridan ularning umumiy hajmi va samaradorligiga taʻsir 
koʻrsatadi va pirovard natijada, iqtisodiy oʻsishga erishishni taʻminlashda muhim 
rol oʻynaydi. Banklararo bozor faoliyatida tartibga solingan tizimning mavjudligi 
har qanday zamonaviy bank tiziminining asosini tashkil etib, banklarning zaruriy 
mablagʻlardan 
foydalanishlarini 
yengillashtiradi, 
bank 
bitimlari 
hajmini 
koʻpayishini taʻminlaydi, qoʻshimcha mablagʻlarni ushlab turish zaruriyatini 
pasaytiradi. Shuningdek, banklarning ham harajatlar evaziga yanada samarali 
ishlashlariga imkoniyat yaratib beradi. Yaxshi ishlaydigan banklararo bozor 
nafaqat banklar faoliyatini yengillashtiradi, balki bozor nomutanosibliklarining 
vujudga kelishini kamaytiradi. Har qanday bank tizimiga likvidlilikning tebranishi 
xos. Lekin yaxshi faoliyat yuritayotgan banklararo bozor likvidli mablagʻlarning 
nazarda tutilmagan isteʻmoli natijasida vujudga kelgan nobarqarorlikni kamaytiradi 
va kutilmagan holatlarga nisbatan bank sektori barqarorligini taʻminlaydi. 


184 
Tor ma‘noda, ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB) deganda – xalqaro 
kredit operatsiyalari roʻy beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori 
tushuniladi. U oʻz ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, 
oʻz navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini 
keltirib chiqaradi. Yevrovalyuta bozori yoki yevrobozor bu chet el valyutasida 
mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari roʻy beradigan 
bozordir. Yevrovalyuta operatsiyalari SKJ bozorini deyarli qamrab olganligi 
tufayli baʻzi adabiyotlarda SKJB sinonimi sifatida yevrobozor tushunchasi ham 
ishlatiladi. (Baʻzi bir maʻlumotlarga qaraganda SKJBdagi 70-90% operatsiyalar 
yevrovalyuta operatsiyalariga toʻgʻri keladi). 
Keng manoda, SKJB deganda ssuda kapitalining jahon miqyosida 
taqsimlanishi va kayta taqsimlanishining iqtisodiy mexanizmi tushuniladi. Yaʻni, 
bu jarayon ssuda kapitali milliy bozorini va yevrobozorni muvofiqlashtirishga asos 
boʻladi. 
SKJB evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotining baynalminallashuv jarayoni 
dinamikasida oʻz aksini topadi. Bu rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
Birinchi bosqich, rivojlanishining monopol darajasi, SKJB koʻp tarqalgan 
SK milliy bozorlarining muvofiqlashuvi sifatida koʻringan. 
Ikkinchi bosqich, yuqori rivojlanish davrida xoʻjalik aloqalarining 
baynalminallashuvi va xalqaro kreditning rivojlanishi asosida SKJB shakllanadi.
Dastlab xalqaro kreditning rivojlanishi milliy bozorlarda faqat xalqaro 
operatsiyalar shaklida namoyon boʻlgan. Asta-sekin yirik bozorlar (London, Parij, 
Nyu-Yorkda) jahon moliya markazlariga aylanadi. Bu moliya markazlarida 
oʻtkazilgan operatsiyalar jahon bozorining ikkinchi sektorini shakllantirdi. Bu 
markazlar offshoring. Off-shove – mamlakat tashqarisida maʻlum bir masofada 
joylashgan. Jahon moliya markazlariga banklar va kredit-moliya institutlari 
jamlangan. Xalqaro kredit oltin va chet el valyutasida operatsiyalar olib boradigan 
bu muassasalar SKJBning tashkiliy markazlari boʻlib qoldi. 1929-1933-yillarda 
jahon iqtisodiy tanazzuli, undan keyin depressiya va II Jahon urushi davrida tashqi 


185 
savdo hajmi, shuningdek, jahon markazlarida ham, milliy bozorda ham xalqaro 
operatsiyalarning soni qisqarib bordi. Keyingi bosqichlarda SKJBning 
rivojlanishining 50-yillardagi yevrobozorning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Valyuta 
munosabatlarini olib borishda valyuta cheklovlarining yuzaga kelishi va SK milliy 
bozorlari orasidagi farqlanish mavjudligi sharoitida xalqaro moliya kapitalining 
harakati va rivojlanishi yagona, milliy davlat boshqaruvidan uctunroq 
boshqariluvchi bozorni talab qildi. Yevrobozor shunday bozor sifatida vujudga 
keldi. U milliy bozorlar oʻrtasida oʻziga xos faoliyat olib boruvchi vositachi 
hisoblanadi. Chunki bunda operatsiyalar milliy davlat tashkilotlari tomonidan 
boshqarilmaydi. Yevrobozorlar dastlab yevrodollar bozori shaklida rivojlana bordi. 
Yevrodollarning paydo boʻlishi dollarning chet el banklarida jamgʻarilishiga va 
ularning kredit operatsiyalarda ishlatilishiga olib keldi. 60-yillarning ikkinchi 
yarmidan 
boshlab 
yevrobozor 
operatsiyalari 
yevromarka, 
yevrosterling, 
yevrofranklar kabi boshqa valyutalarda olib borila boshlandi. Yevrobozor taʻsirida 
Yevropada yirik jahon moliya markazlari vujudga keldi. Londonda, Syurixda, 
Parijda va boshqa rivojlangan davlatlarda moliyaviy markazlar paydo boʻlib bordi. 
―Yevrobozor‖ terminidagi yevro qoʻshimchasi shu bilan izohlanadi. 60-yillar 
iqtisodiyotining yana bir xususiyati shundaki, bu davrda Amerika dollar bozori 
paydo boʻldi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish