11.1.1-rasm. Bazel andozalariga koʻra asosiy kapital elementlari Bunda asosiy kapital jami sarmoyani kamida 50% ni tashkil etishi kerak.
Bazel qoʻmitasi bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻzda tutilmagan risklarni
qoplash maqsadida 1997-yildan III darajali kapitalni amaliyotga joriy qilish haqida
qaror qabul qildi. Unga koʻra, uchinchi darajali kapital qisqa muddatli (ikki
yildan ortiq boʻlmasligi lozim) subordinar qarzlardan iborat boʻlib, birinchi darajali
kapitalni 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Amaliyotda Respublikamizda fond
bozori toʻligʻicha oʻz quvvatida ishlamayotganligi sababli hozirda 3-darajali
kapitalni ajratish uncha katta ahamiyat kasb etmaydi.