Bazel andozalari boʻyicha banklarni qoʻshimcha kapitali
tarkibining asosiy elementlari
Qayta baholash zahirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar
hamda yerni qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan
zahira miqdori tushuniladi
Kreditlardan koʻriladigan zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiraning
riskka tortilgan aktivlar miqdorini 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari
Konsolidatsiyalashgan sho
ʻ
ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga
yo
ʻ
naltirilgan qo
ʻ
yilmalar
129
Dividend stavkalari oʻzgarib turadigan imtiyozli aksiyalar I darajali
kapital hisobiga kiritilmaydi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) xatarni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-
kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy
zahira;
v) hisob-kitoblardan soʻng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini
oʻz ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi
majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga
javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:
- toʻliq toʻlangan boʻlishi kerak;
- garov bilan taʻminlanmagan;
- bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari
qondirilganidan soʻng qondirilishi;
- aksiya egasini tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank
ruxsatisiz toʻlanishi mumkin emas;
- bankni har qanday zararlarini qoplashi va bankni toʻlovga qobiliyatsiz
deb eʻlon qilish huquqini bermasligi;
- agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan boʻlsa, emitent
xohishiga koʻra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (foizlar)
toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar
(foizlar)ni toʻlash muddati kechiktirilishi mumkinligi.
g) subordinar qarz, bu bankni qarz majburiyatlari shakli boʻlib, bank
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan soʻng I darajali kapitalni 50
foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz toʻlash
muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib
borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi
talablarga javob berishi lozim:
130
- garov taʻminotiga ega boʻlmaslik;
- bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar boʻyicha talablar depozitorlar
talablari qondirilganidan soʻng amalga oshirilishi;
- boshlangʻich toʻlov muddati 5 yildan ortiq boʻlishi;
- bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng boʻlgan valyuta aktivlarini
qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya uchun zahiralar.
Oʻzbekiston tijorat banklarini birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro
Bazel andozalaridan farqli oʻlaroq, bankni ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng
boʻlgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya
zahirasi alohida manba sifatida eʻtirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarini joriy
yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan. Maxsus zahiralar
bank balansini kontr-aktiv hisob varaqasida aks ettirilib bank xarajatlari hisobidan
shakllantiriladi. Bazel qoʻmitasini andozalariga koʻra aktivlar boʻyicha ehtimoliy
yoʻqotishlarni qoplash zahirasini riskka tortilgan jami aktivlar summasini 1,25
foizga teng miqdorini II darajali bank kapitali tarkibiga kiritiladi. Devalvatsiya
zahirasi esa, u shubhasiz bankni oʻziga tegishli boʻlgan xorijiy valyutadagi kapital
zahira qiymatini oʻsishi natijasida yuzaga keladi, yaʻni devalvatsiya zahirasiga
nobarqaror moliyaviy manba sifatida qarash mumkin.
Ayni vaqtda, milliy
valyutasini kursi nobarqaror boʻlgan mamlakatlarda devalvatsiya zahirasi
miqdorida keskin tebranish yuz bermoqda. Bu esa devalvatsiya zahirasini
nobarqaror moliyalashtirish manbaiga aylantirmoqda. Shu munosabat bilan taklif
qilardikki, xorijiy valyutalar boʻyicha devalvatsiya zahirasini asosiy kapital
tarkibidan chiqarib qoʻshimcha kapital tarkibiga kiritish lozim.
Tijorat banklarini kapitalini samarali boshqarishga erishish iqtisodiy
islohotlar va bozor munosabatlarini samaradorligini taʻminlashda muhim oʻrin
tutadi. Tijorat banklari kapitalini boshqarish koʻpqirrali jarayon boʻlib, ushbu
jarayonda asosiy eʻtibor kapitalni tarkibiga qaratiladi. Quyidagi chizmada bank
kapitalini boshqarish obyektlaridan kelib chiqib uni bank faoliyatiga taʻsirini
koʻrish mumkin.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |