Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§ 7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar 
§ 7.2. Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari 
§ 7.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarni daromadliligini 
oshirish, ularni risk darajasini boshqarishga qoʻyiladigan talablar
§ 7.4. Kredit siyosatida kreditlarni garov ta’minotiga qoʻyiladigan talablar 
 
§
7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar 
Bankni kredit siyosati-kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavvakalchilikni 
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni 
belgilovchi hamda bank rahbariyati bilan xodimlarini kreditlar protfelini samarali 
boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʻminlovchi hujjatdir. Kreditlash bank 
ishining oʻzagi boʻlib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati toʻgʻrisida xulosa 
chiqarish 
mumkin. 
Iqtisodchilar tomonidan 
jahon 
banklarining 
sinishi 
(bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish shuni koʻrsatadiki, banklarning 
sinishiga sabab – bank aktivlari sifatini (eng avvalo kreditlarni) pastligidir. 
Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bogʻliq boʻlib quyidagi asosiy 
elementlardan iborat boʻladi: 

tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati, kreditlashtirish 
jarayonini mavjudligi; 

kredit portfelini optimal boshqarishni yoʻlga qoʻyilganligi; 

kreditlarni muntazam nazorat qilishni tashkil qilinganligi; 

bank tizimida ishlaydigan xodimlarni tayyorgarlik darajasi. 
―Kredit siyosati‖ hujjati kreditlarni boshqarish jarayonini poydevorini tashkil 
etadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan 
―Kredit siyosati‖ kreditlarni oqilona boshqarishni samarali yoʻllaridan biri boʻlib 
hisoblanadi. Ushbu hujjat bankni kreditlashtirish faoliyatining andozalari va 
parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlarda 


67 
kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish boʻyicha maʻsuliyatli boʻlgan 
bank xizmatchilari qoʻllanma sifatida foydalanishlari lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ―Infilatsion taregetlash rejimiga 
bosqichma bosqich oʻtish orqali pul kredit siyosatini takomilashtirish toʻgʻrisida‖gi 
2019-yil 18-noyabr PF 5877-sonli farmonida 2020-yilning 1-yanvariga qadar pul 
bozori foiz stavkalariga taʻsir koʻrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan 
Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit 
auksionlari, davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit 
auksionlari va overniyt kreditlari‖ni joriy etishni chora tadbirlarini koʻrsatishni 
taʻminlashni yuklatilgan.
Tijorat banklarini kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishni 
asosi boʻlib hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarini kredit berish, bankni kredit 
portfelini boshqarish bilan bogʻliq, obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab 
beradi. Kredit siyosatini toʻgʻri tuzish va olib borish, barcha boʻlimlar tomonidan 
bu siyosatni maqsadini aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini 
toʻgʻri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini toʻgʻri 
aniqlashga asos hisoblanadi. 
Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni 
kamaytirishga (qulay) yaxshi imkon beradi. 
Kredit siyosatini zarurligi shundaki, bankni katta yoki kichikligidan, unda 
kam yoki koʻp xodim ishlashidan qatʻi nazar, bankda bu siyosat boʻlishi lozim. 
Chunki bu siyosat kredit boʻyicha unifisirlashgan umumiy qoida va tamoyillarni 
bajarilishini, operatsiyalar bajarilishini ketma-ketligini taʻminlaydi. Bankni kredit 
siyosati bankni hamma xodimlari – kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi 
raisigacha bir xil boʻlishi lozim. Shuning uchun ham, kredit siyosatini oldindan 
belgilab olingan qoida va yechimlar toʻplami deyiladi. 
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi toʻgʻri kredit narxlari belgilangan 
sharoitda muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. 
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarini 
mablagʻlarini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini aniq bilishi lozim. 


68 
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan 
berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit bera turib 
ular boʻyicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat 
risk bilan bogʻliq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankni kredit siyosati uni 
faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfli holatlarni oldini olishga, buning 
uchun depozitlar va kreditlar oʻrtasidagi nisbatni, bank majburiyatlari bilan kapitali 
oʻrtasidagi va boshqa koʻrsatkichlarni meʻyorida boʻlishini taqazo etadi. Oqilona 
kredit siyosati beriladigan kreditlarni sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit 
siyosatini asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarni yetarliligi, risklarni sifat 
darajasi boʻyicha turkumlashuvi, kredit portfelini balansi, majburiyatlarni tarkibiy 
qismlarini ajratish kabi elementlarini oʻz ichiga olmogʻi lozim. 
Bank kredit siyosatini mazmuni quyidagilardan iborat: 

Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash 
muddatlari, miqdori, sifati va boshqalar) masalalari; 

Bank raiskining kredit faoliyati uchun javob beradigan oʻrinbosar, kredit 
qoʻmitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar roʻyxati (eng koʻp 
kredit summasi va turlari); 

Bankni kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish 
boʻyicha jami majburiyatlari; 

Kreditlar boʻyicha arizalarni tekshirish va tegishli qaror chiqarish
bayoni; 

Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida talab 
qilinadigan hujjatlar roʻyxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, 
garov, kafolat haqida shartnoma va boshqalar); 

Kredit hujjatlarini saqlanishi va tekshirilishi uchun maʻsul xodimning 
javobgarligi, (kim va qanday holatda ularni olish huquqi); 

Kreditni taʻminlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga 
oshirishni asosiy tartibi; 

Barcha kreditlarni sifatini belgilaydigan meʻyorlar bayoni; 


69 

Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va koʻrsatish (yaʻni kredit 
summalari va bank yalpi aktivlariga eng yuqori nisbati); 

Bank xizmat koʻrsatadigan mintaqa, kredit qoʻyilmalarining asosiy qismi, 
joriy etiladigan tarmoq, sohasi yoki sektorlari; 

Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili. 
Qolgan hujjatlarda taʻqiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi. 
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha 
darajalarda meʻyorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga toʻgʻri qarorlar 
chiqarish, ortiqcha risklardan xolos boʻlish, bank kreditlarini toʻgʻri baholash 
imkoniyatini beradi.
Bankning kredit siyosati bank resurslari, ularni joylashtirilish bilan 
chambarchas bogʻliq. Bank resurslarini asosiy qismini jalb qilingan mablagʻlar, 
jumladan yuridik va jismoniy shaxslarni depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, 
hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida oʻrinni 
egallaydi. Depozitlar boʻyicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan 
olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz 
stavkalari bilan bogʻliq boʻladi. Kredit siyosatini aniq va mukammal tayyorlash va 
izohlash xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos 
boʻlib hisoblanadi. Bank tomonidan toʻplangan resurslarni toʻgʻri va oqilona 
joylashtirish bankning kredit siyosatini sifatiga bogʻliq boʻladi. Kredit siyosati 
sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini toʻgʻri joylashtirish va 
oldindan koʻzlangan daromad olish imkoniyatini beradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish