Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

5.2.1-jadval 
AT “Agrobank” aktivlari va majburiyatlarining muddatiga koʻra tarkibi, 
2017-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 
(foizda) 
№ 
Aktivlar 
Summasi, mlrd. soʻm,% 

Muddatsiz aktivlar 
20,0 

1 kundan 30 kungacha 
4,6 

31 kundan 180 kungacha 
17,9 

181 kundan 365 kungacha 
27,2 


47 

365 kundan ortiq muddatdagi
30,3 
Aktivlar - jami 
100 
№ 
Majburiyatlar 
Summasi, mlrd. soʻm% 

Muddatsiz majburiyatlar 
36,4 

1 kundan 30 kungacha 
8,9 

31 kundan 180 kungacha 
25,9 

181 kundan 365 kungacha 
22,6 

365 kundan ortiq muddatdagi
5,8 
Majburiyatlar - jami 
100 
5.2.1-jadval maʻlumotlaridan koʻrinadiki, AT ―Agrobank‖da muddasiz 
majburiyatlar jami majburiyatlarning 36,4 foizini tashkil etgani holda, muddasiz 
aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmogʻi 20,0 foizni tashkil qilgan. 
Shuningdek, jami aktivlarning 30,3 foizini 365 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan 
aktivlar tashkil etgani holda, jami majburiyatlarning atigi 5,8 foizini 365 kundan 
ortiq muddatga ega boʻlgan majburiyatlar tashkil etgan. Bu esa, ―Agrobank‖ da 
transformatsiya riskining sezilarli darajada chuqurlashganligini koʻrsatadi.
2. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan 
qarzdorlik miqdorining katta ekanligi. 
Kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik muammosining chuqurlashib 
ketishi ushbu masalani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12- 
sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va 
barqarorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida aks etishiga 
sabab boʻldi. 
Mazkur Qarorda respublikamiz tijorat banklari tomonidan berilgan va 2017-
yilning yakuniga kelib muddati tugaydigan 7220 mlrd. soʻm miqdoridagi kreditni 
qaytarish grafigiga qatʻi rioya qilgan holda qaytarishni taʻminlash va 2017-yilda 
290 mlrd. soʻm miqdoridagi, 2018-yilda esa, 460,4 mlrd. soʻm miqdoridagi 
muddati oʻtgan kreditlarni undirish talabi qoʻyilgan. 
3. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
ochiq 
bozor 
operatsiyalarining past darajada va rivojlanmaganligi. 


48 
Taraqqiy 
etgan 
mamlakatlarda 
Markaziy 
bankning 
ochiq 
bozor 
operatsiyalari tijorat banklarida yuzaga kelgan balanslashmagan likvidlilik 
muammosini hal qilishda muhim oʻrin tutadi. 
Markaziy banklar banklardagi balanslashmagan likvidlilik muammosini hal 
qilish maqsadida teskari REPO operatsiyalaridan faol foydalanadilar. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalari 
mavjud emas. Buning sababi shundaki, respublikamiz Markaziy banki oʻzining 
ochiq bozor operatsiyalarining obyektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli 
qogʻozlarini tan oladi. Hukumatning qimmatli qogʻozlari esa, Davlat budjeti 
profisit bilan bajarilayotganligi sababli, 2013-yil 1-yanvardan boshlab emissiya 
juda kam miqdorda qilinyapti.
4. Respublika Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari mavjud 
emas. Bu esa, Markaziy bankga qayta moliyalash siyosati orqali bank tizimining 
likvidliligiga taʻsir etish imkonini bermaydi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish