16.2. 1-rasm. Virtual kartalarning oʻziga xos jihatlari Mobil pullar – termini oʻz mohiyatiga koʻra, mobil telefon vositasi orqali,
ixtiyoriy kiritilgan va tugatilgan moliyaviy tranzaksiyalardir. Mobil pullar orqali
taklif etiladigan xizmatlar turli shaklda boʻlishi mumkin. Bu xizmatlar
quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Mobil toʻlov;
Mobil banking;
Mobil oʻtkazmalar.
Mobil pullar mobil tijorat uchun moʻljallangan vosita hisoblanadi.
Banking – offlayn tizimida bank kartalari hamda hisob-raqamlarini
boshqarish xizmati, barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini
beradi. Oldingi maʻlum boʻlgan Bank-Mijoz xizmatining evolyutsion rivojlanishi
natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo shifrlash mexanizmiga ega bank serveri
bilan bogʻlangan holatda mijozlik komponentlarini avtomatik yangilashni
taʻminlaydi, jamoa boʻlib ishlash imkonini yaratadi hamda buxgalteriya dasturlari
bilan oʻzaro aloqada ishlash imkoniyatini beradi.