Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

13.2.1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln. 
soʻm. (2017-yil 59.6 trln soʻm, 2018-yil 70.0 trln soʻm, 2019-yil 63,9 trln soʻm)
33
 
 
 
§
13.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim 
vosita buturlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qoʻyilgan mablagʻlarga daromad 
olish mijozlarning qoʻyilma qoʻyishga undovchi muhim omildir. Depozit foiz 
33
ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида тайѐрланди. (
www.cbu.uz
). 


175 
stavkalari darajasini har bir tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
hisob stavkasi, pul bozori holati va oʻzining depozit siyosatidan kelib chiqib, 
mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida koʻrinishlari boʻyicha 
daromad hajmi qoʻyilma muddati, summasi, hisobvaragʻining amal qilish 
xususiyati, xizmatlar hajmi, xarakteri va nihoyat, mijozning qoʻyilma shartnomasi 
shartlariga amal qilishiga bogʻliq. 
Talab qilingungacha boʻlgan depozitlar boʻyicha hisobvaraqalari egalari 
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun, ishlatiladi va ular 
qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar 
guruhi daromadlilik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab 
qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablagʻlar qoldigʻi boʻyicha foizlar umuman 
toʻlanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari 
uchun toʻlov mablagʻlarini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablagʻlarni 
minimallashtirish va ortiqcha summalarni qoʻyilmalarning daromadliroq 
shakllariga joylashtirishga undaydi. 
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar boʻyicha 
foizlar deyarli majburiy tartibda oʻrnatiladi, ammo u boʻyicha daromad hamisha 
muddatli qoʻyilmalarga qaraganda pastroq boʻladi. Muddatli qoʻyilmalar boʻyicha 
foiz stavkasi hajmini oʻrnatishdagi muhim omil boʻlib, mablagʻlar joylashtirilgan 
muddat hisoblanadi. 
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul 
aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtayi nazaridan tijorat banklarining 
ular tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy 
ravishda tartibga solib turadi. 
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning 
rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real 
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida 
shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka 
oʻtkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni 
cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy tajribada bu jarayon depozit 


176 
multiplikatsiyasi (yaʻni mablagʻlarning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon 
shaklda oʻtkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan. 
Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira talablari bank 
tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi boʻlib xizmat 
qiladi. 
―A‖ bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy 
zahira sifatida Markaziy bankka oʻtkazilgandan keyin tijorat bankining kredit 
berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin 
boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit 
summasi ―B‖ bankning mijozi boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchining 
hisobvaragʻiga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. ―A‖ bankning krediti ―B‖ 
bankda depozitni vujudga keltiradi. ―B‖ bank bu depozitdan kredit beradigan 
boʻlsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 
(800-160) birlikka teng boʻladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (yaʻni depozit va 
kreditlarning toʻliq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan boʻlsak, 1000 birlik 
shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zahira darajasi 20% boʻlganda 
barcha banklar boʻyicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng boʻlgan dastlabki 
kredit miqdori esa 4000 birlikka oʻsishi mumkin. 
Agar majburiy zahira yoʻq deb taxmin qilinsa, nazariy jihatdan depozit 
multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy 
zahira 100% boʻlgan taqdirda depozit multiplikatsiyasi 0 ga teng boʻladi. 
Depozit (yoki kredit) multiplikatsiyasining maksimal miqdori yoki 
chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish