114
rivojlanmaganligi, Markaziy bankni monetar siyosatida noaniqliklarni mavjudligi,
soliq siyosatini takomillashmaganligi va boshqa omillar xoʻjalik
subyektlarini
moliyaviy holatiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar, pirovard
natijada, xoʻjalik subyektlarini pul oqimini barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi.
Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va
jamgʻarma depozitlari qoldiqlarini nobarqarorligi kuchayadi.
Tijorat banklarini passivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda asosiy eʻtibor
bankning depozit bazasini barqarorligini taʻminlashga
qaratilishi kerak va bunda
tijorat banklari resurslarini eng barqaror qismi boʻlib muddatli depozitlar va
jamgʻarma omonatlari hisoblanadi va ular quyidagi muhim xususiyatlarga egadir:
–
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi va ularga toʻlov
hujjatlari yozilmaydi;
–
muddatli va jamgʻarma depozit hisobraqamlaridagi mablagʻlarni aylanish
tezligi past;
–
qatʻi belgilangan foiz toʻlanadi, Markaziy bank zarur hollarda foiz
stavkalarini yuqori chegarasini tartibga solishi mumkin;
–
tijorat bankini depozitni olish toʻgʻrisida oldindan
ogohlantirish tartibi
mavjud;
–
nisbatan past majburiy zahira stavkalari qoʻllaniladi.
Transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarini
likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu sababli, Glass-Stigoll qonuniga asosan
1933 yilda transaksion depozitlarga foiz toʻlashni taʻqiqlanishi
oqilona tadbir
hisoblanadi. Lekin muddatli va jamgʻarma depozit hisobraqamlariga tijorat
banklari tomonidan toʻlanadigan foiz stavkalarini yuqori chegarasini belgilanishi
tijorat banklarini depozit bazasiga salbiy taʻsir qiladi.
Bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish kamida 2–10 yilga
moʻljallanib
ishlab chiqiladi, bunda asosiy eʻtibor resurslarni jalb etish va
joylashtirishni muddatlar boʻyicha muvozanatlashtirish, mijozlarni tarkibini
shakllantirish, resurslarni jalb etishni omonatchilar va mijozlar boʻyicha
diversifikatsiyalash kabilarga eʻtibor qaratiladi.
115
Iqtisodiy oʻtish sharoitida tijorat banklari resurslarini boshqarishni strategik
rejalashtirish usuli iqtisodiy va siyosiy
risklarni minimallashtirishda, bankni
oʻzgaruvchan bozor sharoitiga moslashuvchanligida muhim rol oʻynaydi.
Sberbankning 2014-2018-yillarga moʻljallangan rivojlantirish strategiyasida
moliyaviy natijalar boʻyicha quyidagi 6 ta koʻrsatkich boʻyicha strategik
rejalashtirish amalga oshirilgan:
1. Kapitalning rentabelligi.
2. Birinchi darajali kapitalni yetarliligi.
3. Xarajatlarni daromadlarga nisbati.
4. Xarajatlarni aktivlarga nisbati.
5. Sof foydani oʻsishi.
6. Aktivlarni oʻsishi.
10.2.1-jadvalda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, Sberbank tomonidan
2018-yilda kapitalni rentabelligini 18% darajasiga yetkazish rejalashtirilgan edi.
Ushbu reja koʻrsatkichi 2016-yilning yakuni boʻyicha bajarildi (21%).
Birinchi darajali kapitalni yetarlilik darajasini 2018-yilda kamida 10 %
boʻlishi rejalashtirilgan edi. 2016-yil yakuni boʻyicha ushbu reja koʻrsatkichi
bajarildi va u 12,3 foizni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: