Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


– kredit oluvchi oʻz vaqtida kredit summasini qaytara olmasligi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 

kredit oluvchi oʻz vaqtida kredit summasini qaytara olmasligi;
 

depozit sohibi muddatidan ilgari depozitni talab qilishi;
 

boshqa koʻzda tutilmagan ziddiyatli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
 
TBAPBning gep-tahlili usulini qoʻllaganda moliya bozorida foiz stavkalari 
5-10 yillik davrga tahlil etilib, foiz stavkalarining eng past, eng yuqori, barqaror 
yoki tez oʻsib boradigan, yoki pasayadigan stavkalarida bir necha (odatda, 10 
tagacha) ssenariylar ishlab chiqiladi. 
 
TBAPBning gep-tahlili boʻyicha ishlab chiqilgan har bir ssenariy bank 
balansi barqarorligi va likvidligiga taʻsir darajasi aniqlanadi. TBAPB boʻyicha 


31 
ishlab chiqilgan ssenariylarning ichida bank foyda darajasi past, risk darajasi va 
zarar koʻrish xavfi yuqori boʻlganlari boʻyicha bank balansi korrektirovka qilinadi, 
shundan soʻng eng maʻqul ssenariy tanlanib, riskli operatsiyalarni amalga oshirish 
yuzasidan qaror qabul qilinadi. 
 
TBAPBning fond va gep-tahlili usullaridan likvidlilik riskini baholashning 
ayrim instrumenti sifatida foydalanish mumkin. Biroq ushbu usullar likvidlilik 
riskini samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, 
TBAPBning usullari va yoʻllari hozirgi kunga kelib jiddiy oʻzgarishlarga yuz tutdi. 
Ayniqsa, 1980-yillarda bank muassasalari TBAPBda asosan aktivlar va 
passivlarning bozor qiymatiga eʻtibor qaratadigan boʻlsa, 1990-yillardan keyin 
aktiv va passivlarni bozor riski orqali boshqarishning asosiy obyektiga aylandi.
 
Zamonaviy sharoitda TBAPBning anʻanaviy (fond usuli, aktivlarni 
taqsimlash usuli) usullari asosida banklarning quyidagi operatsiyalari boshqariladi:
1-chizma 
 
TBAPBning noanʻanviy usullari sifatida xedjerlash va sekyuritizatsiyalashni 
taʻkidlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida TBAPBning ushbu usullari juda 
keng va samarali qoʻllanilmoqda.
Xedjirlash – bu kelgusida bozor riski va foizlarining oʻzgarish ehtimolini 
aniqlash va undan himoyalanish maqsadida muddatli sugʻurta kontraktlarni tuzish 
tizimidir. Bir soʻz bilan aytganda, TBAPBda vujudga kelish ehtimoli boʻlgan 
risklarni kamaytirish va bartaraf etish hamda moliyaviy yoʻqotishlarning oldini 
olish maqsadida xedjerlash qoʻllaniladi. 
Kurslar (baho)ning oʻzgarishi natijasida vujudga keladigan risklarni 
sugʻurtalash maqsadida tuzilgan shartnoma ―xedjv‖ boʻlib, xedjerlashni amalga 


32 
oshirayotgan xoʻjalik subyekti ―xedjer‖ hisoblanadi. Ushbu usul moʻtadil bahoni 
belgilash va daromad olish yoki moʻljaldagi xarajatni qilish imkoniyatini beradi. 
Albatta, riskli operatsiyalarni xedjerlash ular bilan bogʻliq risklarni batomam 
yoʻqotib yuborish imkoniyatini bermaydi, balki ushbu xedjerlashda risk 
transformatsiyasi yuz berib, vujudga kelishi mumkin boʻlgan riskni vositachi oʻz 
zimmasiga oladi. Xedjerlashda operatsiyalarning ikkita holati inobatga olinadi: 1) 
kurs (baho)larning oshishini xedjerlash; 2) kurs (baho)larning pasayishini 
xedjerlash. 
Aktivlarni boshqarishda qoʻllaniladigan sekyuritizatsiyalash mexanizmi 
1990-yillarda AQShda vujudga keldi. Sekyuritizatsiyalash juda tez muddatda bank 
aktivlarini boshqarishda va moliya bozorlarida risklarni pasaytirishda olamshumul 
ahamiyatga ega boʻldi. Mohiyatiga koʻra sekyuritizatsiyalash, bankka daromad 
keltiruvchi aktivlarni zudlik bilan sotish imkoniyatini beruvchi obligatsiya yoki 
boshqa qimmatli qogʻozlarning emissiyasi orqali likvid mablagʻlarga aylantirish 
tartibidir. 
Biroq, sekyuritizatsiyalash aktivlarni boshqarishning bevosita risk bilan 
bogʻliq usullaridan biri boʻlib, risk darajasining yuqori yoki past boʻlishi 
emitentning mahalliy va xalqaro moliya bozorlardagi moliyaviy holati va nufuziga 
bogʻliqdir.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish