Guruhdagi qolgan o`quvchilar o`z uylaridan qatnaydilar. Guruh rahbari sifatida men barcha o`quvchilarning sharoitlari bilan tanishish maqsadida ularning turar joylariga borib turaman. Yotoqxonada turuvchi o’quvchilarning xonalarining tozaligini nazorat qilib turaman. Barcha o’quvchilarning yashash sharoitlari yaxshi. Ularni dars qilish uchun hamma qulayliklar aratilgan.
MA’NAVIY-TARBIYAVIY ISHLAR O`QUVCHI KAMOLOTINING NEGIZIDIR Ma`naviyat soatidan lavhalar Haftaning har juma kunlarida ma`naviyat soatlari o`tkaziladi Ma`naviyat soatlarida o`tishga mo`ljallangan mavzulardan tashqari turli videofilmlar namoyish qilinadi va ulardan olingan taassurotlar haqida suhbatlar o’tkaziladi.
205-GURUH O`QUVCHILARI BILAN “SOʼZ MULKINING SULTONI”, “SHOH VA SHOIR” NOMLI MAʼNAVIYAT SOATI OʻTKAZILDI
SamISI akademik litseyi 205-guruh o`quvchilari o`rtasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” shiori ostida “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida o`tkazilgan maʼnaviyat soati Bunda millat genofondini asrash, uni turli zararli illatlardan himoya qilish – dolzarb masala. Ijtimoiy va milliy xavfsizlikning asosiy tahdidlaridan, umuminsoniy muammolardan biri bo‘lgan narkobiznes va narkomaniya illatlarining tomir otishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yurtimizda giyohvandlikka qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqilgan. 1999-yildagi O‘zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi qonuni narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhlarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish va mamlakatimiz ta’lim muassasalarida muntazam tarzda aholi o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida turli xil tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligi haqida ma’lumot berildi.
– Yoshlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish giyohvandlikning oldini olishda yaxshi samara beradi, – deydi Ekoharakat Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi koordinatori Gulsanam Alixonova. – Bugungi tadbirda ham o‘quvchilarga mutaxassislar ma’lumotlari asosida batafsil tushunchalar berildi.