Informatikani kasbga yoʻnaltirib muammoli oʻqitishni (keys) loyihalashtirish. “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini toppish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qoʻyilgan muammoning yechimini topishga qodir boʻlishlari kerak, aks holda yechimni topaolmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari soʻnishiga, oʻzlariga boʻlgan ishonchlarining yoʻqolishiga olib keladi. ‘Muammoli vaziyat’ metodi qoʻllanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni oʻrganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va yechimlarni topishni oʻrganadilar;
ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni oʻrganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:
ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
qoʻyilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
koʻp vaqt talab etiladi.
Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi;
Muammoli vaziyat tasnifini keltirish;
Guruhlarga boʻlish;
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi;
Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari toʻg’risida fikryuritishi;
Toʻg’ri yechimlarni tanlash;
. Informatika ta’limida oʻquvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish. Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ta`lim-tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta`lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;
- ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;
- zamonaviylik, ya’ni ta`lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish;
- ilmiylik, ya’ni ta`lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
- moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e`tibor berish;
- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta`lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:
- ta`lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash;
- ta`lim innovatsiyalari boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlar yaratish va ularning ommaviy tatbig’iga koʻmaklashish;
- ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar oʻtkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
- istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta`lim uslublari, shakllari, yoʻllarini uzluksiz ta`lim tizimiga kiritishga koʻmaklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish, toʻplash va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari:
- pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar boʻyicha aniq ma`lumotlar bazasini tashkil qilish va ta`lim-tarbiya sohasining me`yoriy hujjatlari boʻyicha ma`lumotlar omborini yaratiladi;
- pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagtlarga e`tibor beriladi: pedagogik innovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilib borish;
- pedagogik innovatsiya boʻyicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish, umumlashtirish. Ommalashtirishlar boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
- pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni jori Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:
- ta`lim-tarbiya sohasidagi davlat me`yoriy hujjatlariga e`tibor berish;
- pedagogik innovatsiya sohasidagi ma`lumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish;
- pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi boʻyicha axborot tizimini yaratish;
- pedagogik innovatsiya boʻyicha kompyuter tarmog’ida saytlar ochish va undan foydalanish koʻlamini kengaytirish va h.k.
Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar:
- talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba oʻzining intellektual qobiliyati hamda muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi orqali erishadi;
- talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi hislati;
- talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish hislati;
- talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or boʻlish xislati;
- talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati;
- yetakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻla olishlik mahorati.
Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta`lim tizimida sezilarli sifat oʻzgarishlariga va yuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma-ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin.
Ta`lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qoʻllash yaqin oʻttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi boʻyicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi” tashkil etilgan.
Uning tarkibida quyidagi boʻlimlar mavjud:
- innovatsion uslublar ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosidagi ilg’or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish, ularni toʻplash va ommalashtirish boʻlimi;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi;
- pedagogik innovatsiyalar asosidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr qildirish boʻlimi va shu kabilar.
Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, koʻp qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat boʻlib, uning yordamida ta`lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi.
*Maqsad: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilaritoʻg’risidagima`lumotlarni tushunish.
*Vazifalar:
- boʻlajak oʻqituvchilarda ta`lim texnologiyalari va uningtashkil etuvchilari haqidagi koʻnikmalarini shakllantirish;
- muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni boʻyichaumumlashtirish;
- bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.
*Mazmun: talabalarning egallashi lozim boʻlgan bilim.
Oʻqituvchi
2. Darsni tashkil etish bosqichi:
Uslub: Og’zaki bayon qilish.
Shakl: ma`ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoadaishlash.
Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.
Usul: tayyor yozma materiallar.
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.
Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.
Oʻqituvchi
3. Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum,mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorattopshiriqlarini yechishga yoʻnaltiriladi.
- talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish toʻg’risidagifikrlarini oʻzaro muhokama qilishadi.
- oʻzi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.
Talaba
4. Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:
- talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ulargaaniqlashtiruvchi savollar beriladi.
- mikroguruhlarning javoblari toʻg’risida talabalar fikrianiqlanadi.
- javoblar tahlil etiladi.
Oʻqituvchi -Talaba
5. Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning berganjavoblaridan koʻpchilik fikriga mos kelgani alohida ajratibolinadi;
- talabalarning nazorat topshiriqlarini yechishdagi faolligi,intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimiorqali baholanadi;
- yakuniy fikr aytiladi;
- mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
Oʻqituvchi
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Zamonaviy ta`lim tizimi, fan-texnika taraqqiyoti, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot bilan muntazam ravishdaboyitib borishni talab etmoqda.
Bugungi kunda ta`lim metodlari, usullari va texnologiyalari zamon bilan hamnafas boʻlib kengayib bormoqda. Bu borada dastlab ta`limni axborotlashtirish va texnologiyalashtirishga oid ba`zi tushunchalarga qisqacha izoh beraylik.
Usul – nazariyada olgan bilimni amaliy ahamiyatga ega boʻlgan muammoni hal qilishdagi ishlatish yoʻli. Oʻrganiladigan fanning xususiyatiga qarab usullar turli xil koʻrinishda boʻladi.
Uslubiyat – oʻquv jarayonini toʻg’ri tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar majmuasidir.
Metod – biror jarayondagi nazariya va amaliy bilimlar sohasini egallashga yoʻnaltirilgan harakatlar, usullar majmuasidan iborat.
Metodologiya – metodlar haqidagi ta`limot. Metodologiya muayyan fan uchun ilmiy bilish nazariyasini ifodalovchi ta`limotdir.
Ta`lim metodikasi – aniq bir oʻquv predmetini oʻqitishga mos qonun, qoida, metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida oʻqituvchi va talaba faoliyati uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir.
“Texnologiya” – yunoncha ikki soʻzdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`atva “logos” (logos) – fan, ta`limot soʻzlaridan tashkil topgan.
Texnologiya soʻzi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir boʻladigan sifat oʻzgarishlari mujassamlashgan boʻladi.
Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berishlozim:
- rejalashtirilgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan iboratligini aniqlash;
- ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan
qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash;
- bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini oʻrganib chiqish;
- ta`lim texnologiyasining maqsadini oʻrganilayotgan oʻquv predmetining maqsadlari bilan mos keltirish.
Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu yoʻsinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natijabir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogik texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi.
Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (oʻquvchi) shaxsini rivojlantirish yoʻli bilan oʻqitishga qoʻyilgan maqsadga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim berish va oʻzlashtirish usullarini yaratish, qoʻllash, ularni yagona tizimga keltirish yoʻli bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar oʻzlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Ta`rifdan koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan iborat boʻlib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur oʻrganish imkonini beradi.
Ta`lim texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir:
- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchunta`limni jadallashtirish zarurligi;
- ta`lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi rolini oʻzgartirish zarurligi;
- fan-texnika taraqqiyotining oʻta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskinkoʻpayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
- kishilik jamiyati oʻz taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega boʻlgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga oʻtib borayotganligi;
- barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.
Oʻzbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha ifodalab bergan:
“Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, oʻz oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qoʻyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli”.
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi oʻqitish va oʻrganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Tizim va tizimiy yondashuv tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Tizim va tizimiy yondashuv toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni: Tizim deb, tartiblangan, oʻzaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar toʻplamiga aytiladi.
Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchilar oʻquv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologiyalarni xuddi shu tartibda oʻtkazishlari shart emas. Har qaysi oʻqituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda oʻzlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan texnologiyalarni toʻliq yoki ularning ba`zibir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin.