Samarqand davlat unversiteti informatika o”qitish metodikasi(sirtqi)fakulteti 410- guruh talabasi



Download 0,78 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#647515
  1   2   3

SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI INFORMATIKA O”QITISH METODIKASI(SIRTQI)FAKULTETI
410- GURUH TALABASI

NING INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN BAJARGAN


TEKSHIRDI:



Reja:
1) Oʻquv fani dasturi, ishchi dasturi asosida kalendar tematik rejani tayyorlash. Oʻquv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish.
2) . Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish. Hamkorlikda, modulli oʻqitishni loyihalashtirish.
3) . Informatikani kasbga yoʻnaltirib muammoli oʻqitishni (keys) loyihalashtirish.
4) . Informatika ta’limida oʻquvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish.
Oʻquv fani dasturi, ishchi dasturi asosida kalendar tematik rejani tayyorlash. Oʻquv mashg‘uloti darajasida informatika mazmunini loyihalashtirish. I Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT)– oʻsib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta oʻzlashtirishni ta’minlashdan iborat. Oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, oʻz-oʻzini anglash salohiyatini shakllanishi va oʻsishi koʻp jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
Inson oʻz hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yyechimini hal etishi, eng muhimi oʻz sohasi, kasbi boʻyicha raqobatbardosh boʻlishi uchun zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarga ega boʻlishi lozim.
Bundan tashqari, ta’limda har bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi oʻquvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fani oʻrta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim oʻquv fani sifatida uzviy davom etadi.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida oʻrganilgan oʻquv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy oʻrta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni oʻqitishda rivojlangan davlatlarda keng qoʻllanilayotgan STEM(science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muhandislik va matematika) oʻqitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar,algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq. Informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fanini oʻqitishning asosiy maqsadi:
oʻsib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga oʻrgatishdan iborat.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
oʻquvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qoʻllash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar yyechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda toʻg‘ri bajarishga oʻrgatish;
algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatish;
oʻquvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish koʻnikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda oʻquvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oʻrgatib borish;
ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” oʻquv kurslariga bog‘liq boʻlgan masalalar yechilishi lozim.
Oʻqituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga koʻra oʻquvchilarda aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, oʻquvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga oʻxshash topshiriqlarni yechadi va xulosalar chiqaradi. Bunda oʻqituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi. Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari. Talaba (yoki oʻquvchi)larning bilimlarini baholash turlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari.
Baholash – ta`lim jarayonining ma`lum bosqichida, oʻquv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qoʻyilgan mezonlar asosida belgilash, oʻlchash, tahlil qilish jarayonidir.


Kognitiv oʻquv Maqsadlari

Psixomotorik oʻquv maqsadlari

Affektiv oʻquv maqsadlari



Nazariy bilim, aqliy mahorat va koʻnikmalar sohasi

Hatti-xarakatlar bilan bog’liq koʻnikmalar sohasi

Oʻzini tutishi va xulq bilan bog’liq koʻnikmalar sohasi



-nazariy bilimlarni eslash;
-nazariy materialni tushunish;
-nazariy materialni tahlil qilish;
-nazariy bilim natijalarini baholay olish.

-material bilan ishlash;
-asboblarni qoʻllash;
-asbob-uskunalarni ishlata bilish.

-kasbga qiziqtirish;
-mehnat qilishga intilish;
-oʻrganishga tayyorlik;
-mas`uliyatni anglagan holda faoliyat koʻrsatish.

Besh ballik baholash.


Afzalligi
- ta`lim oluvchi rag’batlantiriladi;
- ta`lim oluvchining faoliyatini tezkor nazorat qilish imkoniyatini beradi;
- ta`lim beruvchining vaqti tejaladi;
- ta`lim oluvchining yakuniy bilimi baholarning soniga qarab emas, sifatiga qarab baholanadi;
- baholash qulay boʻladi;
- rasmiylashtirish hujjatlari kam boʻladi.
Kamchiligi
- baholashning nisbiyligi;
- yozma nutqda xatolarni toʻg’rilash imkoniyatining kamayishi;
- baholashning sub`ektivligi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish