Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Fakulteti: Tadbirkorlik va boshqarish
Yo’nalish: Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalar bo’yicha
Ikkinchi mutaxassislik bo’yicha 2-kurs 5-guruh talabasi
Nishonov Nomozbekninig Statistika fanidan
Mustaqil ishi
Qabul qildi:Sh.Baratov
Mavzu:Statistik kuzatish turlari
Reja:
1.Statistik kuzatish haqida tushuncha
2. Statistik kuzatish turlari
Fursatli davriy kuzatish - bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.
Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
anketa (savolnoma) orqali kuzatish;
asosiy massivni kuzatish;
monografik tasvirlash;
tanlama kuzatish.
Anketa orqali kuzatish - bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyektlarga tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash. Anketa orqali kuzatishning mohiyati shundaki, unda tegishli savollar yozilgan varaqalar javob yozib yuborishni iltimos qilib respodentlar orasida tarqatiladi. Ammo varaqlarni to‘ldirish ixtiyoriy bo‘lgani uchun odatda tarqatilgan anketalarni faqat bir qismi javobi bilan qayta olinadi, natijada qisman kuzatishga ega bo‘lamiz. Asosiy massivni kuzatish - bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik.
Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash.
Monografik tasvirlash - bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash.
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi. U yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida o‘tkaziladi. Monografik tasvirlash barcha to‘plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to‘plashni ko‘zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi.
Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash.
Tanlama kuzatish - bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib ma’lumot to‘plash.
Tanlama kuzatish qisman kuzatish turlari ichida ilmiy asoslangan bo‘lib, eng yaxshi natija beradi. U to‘g‘ri tashkil etilganda olingan ma’lumotlar umumiy to‘plam haqida to‘la-to‘kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Tanlama kuzatish deganda umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatlikni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U statistika amaliyotida juda keng qo‘llanadi. Masalan, uy ho‘jaliklari budjeti tanlama kuzatish orqali o‘rganiladi. Bozor sharoitida tanlama kuzatishni qo‘llash sohalari beqiyos kengayadi.