Bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini
shakllantirish.
Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari
va xususiyatlari.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni
tubdan isloh qilishga birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
55
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslan-
mog‘i, qonunlarning ustunligi ta’minlanmog‘i lozim.
To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning
har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab
qiladi.
I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida
quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor
munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim
yo‘nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning
qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
56
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy
ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodi-
yotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi
sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi.
Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning
strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor
munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan kelib
chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni
oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng
qo‘llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag‘batlantirish hisobiga
ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo‘lmagan qismning ulushini oshirish ko‘zda
tutiladi.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makro-
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman
davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat. Bu
esa so‘mning konvertatsiyasi, qat’iy valyutalarga erkin sur’atda almashtirish layoqati
demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta’sirchan choralarni qo‘llash, iste’mol
mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan
to‘ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta
zahiralarini mustahkamlash yo‘li bilan erishiladi.
To‘rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom
ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham
siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir»
1
. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi
aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
57
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustivor o‘rin olishiga erishish;
mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |