Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-kurs magistranti Shermatova Gulruhning «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda himoyachi (advokat)ning roli» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan taqriz



Download 35 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi35 Kb.
#687227
Bog'liq
Илмий рахбар


Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-kurs magistranti Shermatova Gulruhning «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda himoyachi (advokat)ning roli» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan
TAQRIZ

Ma’lumki, jinoyat protsessida alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish sub’ektga nisbatan olingan bo`lib, qonun jinoyat protsessining ushbu ishtirokchilarini, ya’ni voyaga yetmaganlar, aqli norasoligi sabab tibbiy yo`sindagi majburlov choralari qo`llanilgan shaxslar yoki aybiga iqrorlik bildirib kelishuv tuzmoqchi bo`lgan shaxslar, tomonlarning yarashganligi «alohida toifadagi jinoyat ishlari» qatoriga kiritiladi. Buning asosiy sababi, bu kategoriyadagi shaxslar garchi jinoyat sodir etgan bo`lsalar-da, alohida himoyaga muhtoj shaxslardir. Ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokat ishtiroki o`ziga xosligi, alohida ahamiyatliligi bilan xarakterlanadi.


Shermatova Gulruh tomonidan bajarilgan «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda advokatning roli» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi yuqoridagi muhim va ayni kunda, ya’ni advokatura institutini takomillashtirishga doir sud-huquq islohotlari davrida tadqiq qilinganligi, uning dolzarbligini belgilaydi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu mavzuning ayrim jihatlari tadqiqotchilar tomonidan yetarlicha o`rganilgan bo`lsa-da, ammo hozirgacha amaldagi Jinoyat-protsessual qonunchiligi nuqtai nazardan ushbu mavzu komlpeks ravishda tadqiq etilmagan.
Dissertatsiya ishi kirish, 9 paragrafdan iborat uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishda 150 dan ortiq adabiyotlardan foydalanilgan. Bu borada normativ-huquqiy hujjatlar, chet mamlakatlar qonunchiligi, adabiyotlari shular jumlasidandir.
Ishning birinchi bobida «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda advokat ishtrokining protsessual asoslari» tadqiq qilingan bo`lib, advokat ishtirokining huquqiy asoslari va faoliyatning yo`nalishlari o`rganilgan.
Ishning ikkinchi bobida «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda advokatning roli» tahlil qilingan, ushbu bobda voyaga yetmaganlarining jinoyat ishlari, tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llash, yarashuv, aybga iqrorlik bo`yicha kelishuv tuzilgan ishlar bo`yicha, shuningdek, ishni sudga qadar yuritish chog‘ida advokat ishtirokining ahamiyati masalalari o`rganilgan, bu boradagi muammolar tahlil qilinib, ilmiy va amaliy xulosalar qilingan.
Ishning uchinchi bobida «Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda advokatning roli» to`g‘risidagi normalarni takomillashtirish masalalari tadqiq qilingan.
Magistrlik dissertatsiyasining yangiligi alohida toifadagi ishlarni yuritishda advokatning roli kompleks tarzda ilmiy tahlil qilinganligi bilan xarakterlanadi.
Dissertatsiya natijalaridan Jinoyat protsessual qonunchiligining bu boradagi normalarini takomillashtirishda, «Jinoyat protsessual huquqi» fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida, shuningdek, advokatura institutini takomillashtirishda foydalanish mumkin deb hisoblayman.
Yuqoridagilarga ko`ra, Shermatova Gulruh tomonidan yozilgan magistrlik dissertatsiyasi tugallangan tadqiqot ishi bo`lib, u 70420101- «Advokatlik faoliyati» mutaxassisligiga mos keladi, ishni rasmiy himoyaga tavsiya etish mumkin, deb hisoblayman.

Ilmiy rahbar:


SamDU «Huquqshunoslik va
huquq ta’limi» kafedrasining
o`qituvchisi dotsent Muqumova M.Z.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish