18.1.3-Rasm.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, jamiyat ravnaqi kontseptsiyasi ancha ilgariroq
Stokgol`m maktabi namoyandasi Erik Lindal` tomonidan ham (1891-1960)
«Adolatli soliq - pozitiv nazariya» (1919) ocherkida tilga olingan. O`z ustozi Knut
Viksel` g`oyalariga tayangan holda (1851-1926) u mazkur tovar turining qator
xususiyatlarini ko`rsatib, bu xususiyatlar bozorga to`laqonli daromad va jamiyat
ravnaqi ishlab chiqarilish xarajatlarini baholash imkoniyatini bermayotganligini
aytib o`tgan. Aynan mana Shu kontseptsiya A. Pigu tomonidan o`z nazariyasini
ishlab chiqarishda qo`llanilgan edi.
Jamiyat ravnaqining birinchi istisno xususiyati bo`linmasligidir. Bu holat
jamiyat tovarlari bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning taklif etilishida
namoyon bo`ladi. Uning iste`mol qilinishi esa individual tartibga ega emas.
Masalan, agar bir tadbirkor o`z kemalari uchun mayoq o`rnatadigan bo`lsa, bu
mayoq nuridan suzib o`tib ketayotgan barcha kemalar foydalanishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat e`tiyoj cheklanmaganligidir. Agar bozor ishtirokchilaridan biri,
mo„ayyan tovarni iste`mol qilgan bo`lsa, bu holat bozordagi tovar miqdoriga ta`sir
o`tkazmaydi.
Demakki
bozorning
boshqa
ishtirokchilari
imkoniyatlarini
kamaytirmaydi. Jamiyat tovarining E. Lindal` tomonidan ajratilgan jamiyat
tovarining uchinchi xususiyati, uning iste`mol doirasidan chiqarib bo`lmasligidir.
Agar, jamiyat tovari ishlab chiqarilib, bozorda mavjud bo`lsa, mazkur tovardan
uning ishlab chiqarilishiga xarajat qilgan boshqa shaxslar bu tovardan foydalanish
imkoniyatidan maxrum bo`lmaydi. Masalan, agar bir uyning bir oila a`zolari,
ularning uylariga tegishli bo`lgan ko`chani yoritish maqsadida fonar` o`rnatadigan
155
bo`lishsa, ular tasodifiy yo`lovchilarga fonar yorug`idan foydalanishni ta`qiqlay
olishmaydi.
Jamiyat tovarining yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlari bilan bog`liq
muammo Shundaki, iste`molchilardan bir qismi mazkur tovar ishlab chiqarilishida
o`z manfaatlarini bu tovar ishlab chiqarilishi uchun to`lov to`lamaslik maqsadida
yashirishga harakat qilishadi. Kelajakda tovardan foydalanishni ta`qiqlay olmaslik,
va ravnaq natijalari bilan barcha istovchilar foydalana olishligi, uning mavjudligiga
iste`molchilar manfaatlarini oshirish imkoniyatini pasaytiradi. Demakki, bozor,
zarur hajmda jamiyat tovarlarini ishlab chiqarish uchun etarli vositalarni
akkumulyatsiya eta olmaydi.
Shved maktabi namoyandalari fikricha, mazkur muammoning yagona, ammo
nomukammal echimi, hukumatning jamiyat tovarlari ishlab chiqarilishiga
aralashuvi bo`lib, bu holat muvofiq soliqlarni kiritish, hamda to`g`ri taqsimlanishi
orqali mazkur ishlab chiqarish jarayonining moliyalashtirilishiga imkon berar edi.
A.Pigu jamiyat ravnaqlari muammosining o`zgacha interpretatsiyasini ilgari
suradi. U istalgan ravnaq ishlab chiqarish xarajatlari va jamiyat daromadlari
mavjudligi haqidagi tezisni ilgari surib, unga muvofiq, bu holatlar ishlab
chiqaruvchi
tomonidan
inobatga
olinmaydi,
ammo
bozorning
boshqa
ishtirokchilari holatiga ijobiy ta`sir o`tkazadi. Ular, Lindal` nazariyasidagi jamiyat
ravnaqlarining etarli darajada ishlab chiqarilmasligi sabablariga ko`ra yuzaga
keladi. A. Pigu ularni tashqi effektlar (eksternaliyalar) deb atagan, zero jamiyat
ravnaqlari ijobiy tashqi effektlarni shakllantirib, bunga misol sifatida fermerlar
o`zlarining qo`shni asalarichi yordamida daromad olishlarini keltirish mumkin,
Chunki asalarilar, ularning ham o`simliklarini changlantiradi. Jamiyat
xarajatlarini, A. Pigu salbiy tashqi effektlar deb ataydi. Salbiy eksternaliyalarning
dolzarb misoli tariqasida, muallif tashqi muhitni ifloslantiruvchi zavod faoliyatini
keltiradi. Buning natijasida qo`shni xo`jaliklar daromad darajasi pasayib ketadi,
zero ularning faoliyati, mazkur hududdagi tabiiy sharoitlar bilan bog`liq bo`ladi
(daryodagi baliqlar miqdori, tuproq unumdorligi darajasi).
Tashqi effektlar mavjudligi, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovar ishlab
chiqarish hajmi zaruridan ortiq darajada, ijobiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar
ishlab chiqarilishi esa, jamiyat uchun zarur bo`lgan darajadan past darajada ishlab
chiqarilishiga olib keladi. Ijobiy eksternaliyalar sharoitida, talab va taklif
o`rtasidagi nomutanosiblik, xususiy ishlab chiqaruvchi bozor narxiga tayanib, bu
narx mazkur tovar uchun xaq to`lovchi bozor ishtirokchilari uchun ishlab
chiqarilgan tovar foydalilik darajasi bilan belgilanadi. Bozor, mazkur ishlab
chiqarish foydalilik darajasini mazkur daromadni bepul oladiganlar uchun aks
ettirmaydi. Masalan, fermerlar, asalarichiga uning asalarilari maydonlari bo`ylab
uchayotganligi qo`shimcha haq to`lashmaydi. Buning natijasida asalarichi tovariga
156
nisbatan bozorr talab darajasi yoki uning ishlab chiqarilishi, real mavjud bo`lgan
jamiyat daromadidan past bo`ladi. Demakki, narx ham bundan past darajada
belgilanadi. Bozor, taklifning nisbatan past darajadagi hajmini belgilaydi.
Shunga o`xshash holat, salbiy tashqi effektga ega bo`lgan tovarlar ishlab
chiqarilishi bilan ham bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqaruvchi, bozor mexanizmiga
tayanib, bu mexanizm tovar xususiy foydaligini, xususiy xarajatlari bilan
bog`laydi, va bunday holatda ishlab chiqaruvchi xarajatlaridan kelib chiqib narx
belgilaydi. Demakki, bozor ishtirokchilari mavjud salbiy tashqi effekt oqibatida
ko`rayotgan zararlari hisobga olinmaydi. Buning natijasida talab va taklif orasidagi
muvozanat, mazkur tovarga nisbatan jamiyat real talabiga qaraganda, ishlab
chiqarish yuqori mavjud hajmlari doirasida belgilanadi.
Shu tarzda, xususiy va jamoatchilik daromadlari va xususiy va jamoatchilik
xarajatlari orasidagi farq shakllanadi. A. Pigu, bu hodisalarni bozordan tashqari
bog`liqliklar deb atagan, zero bozor, tovar jamoatchilik tomonini hisobga olgan
holda, tovar jamoatchilik uchun foydaliligiga muvofiq ravishda uning ishlab
chiqarish hajmlarini nazorat eta olmaydi.
O`zining tashqi effektlar nazariyasi asosida A.Pigu, qator makroiqtisodiy
xulosalarni chiqargan. Birinchidan, u resurslar optimal taqsimlanishi baholanishi
borasida o`z usulini taklif etdi. Uning nazariyasiga muvofiq, har - bir tovar uchun
ijtimoiy optimum, mazkur tovar ishlab chiqarilishidan jamoatchilik maksimal
daromadlari, jamoatchilik maksimal xarajatlariga teng bo`lgandagina yuz berishi
mumkin. Ikkinchidan bozor bunday mutanosiblikka erisha olmasligi sababli,
tashqaridan ta`sir zarur. Buning uchun A. Pigu, bozor harakatlarini nazorat etish
bo`yicha hukumat choralari tizimini kiritishni taklif etgan. Agarda mo„ayyan
tovarga nisbatan jamoatchilik foydasi xususiy foydadan ustun keladigan bo`lsa,
hukumat ishlab chiqaruvchiga subsidiyalar taqdim etishi zarur, zero ishlab
chiqaruvchi mazkur tovar taklifini oshirishi kerak. Shu bilan birgalikda,
subsidiyalar, mazkur tovarni sotib olish uchun, iste`molchiga ham taqdim etishi
shart. Tashqi salbiy effektlar mavjudligi holatida esa, tovarning o`ziga, yoki
mazkur tovar ishlab chiqarilishi borasida iqtisodiy faoliyatga nisbatan soliqlar
belgilanishi zarur.
Ravnaq nazariyasi keyingi rivojlanishi. Keyingi ravnaq nazariyalari nisbatan
liberal tavsifga ega bo`ldi. Ular, bozor mexanizmi mustaqil ravishda Pareto
optimumi yoki Pigu optimumiga erishish imkoniyatiga ega ekanligini isbotlashga
qaratildi. 1930 yillarda, amerikalik iqtisodchi Abba R. Lerner (1903-1983)
nazariyasi paydo bo`ldi. Shu bilan birgalikda polyak iqtisodchisi Oskar lange
(1904-1965) nazariyasi ham Shu davrlarda paydo bo`ldi. Ular tomonidan ravnaq
fundamental teoremasi shakllantirildi. Mazkur teoremaga muvofiq barcha tovarlar
157
bozor narxiga ega bo`lishsa, raqobatchilik bozoridagi muvozanat Pareto
optimumiga teng bo`ladi.
Mazkur iqtisodchilar tomonidan ilgari surilgan optimallik printsipi Pigu
optimumi modifikatsiyasi bo`lib, bozorda aks etgan va narx ko`rinishiga ega
bo`lgan tashqi effektlar holatiga mosdir.
Pareto optimumi va bozor muvozanati holatlari teng kelishi g`oyasini keyingi
davrlarda amerikalik iqtisodchi Kennet Dj. Errou (1921 yilda tug`ilgan) isbotlab,
bu holatni «Ravnaq mumtoz iqtisodiyoti bazaviy nazariyasini kengaytirish» asarida
yoritgan (1951).
Do'stlaringiz bilan baham: |