215
xarajatlari tuzilishi ham ko`rib chiqilgan. Agar mazkur xarajatlar, ishchilar yuqori
foydalilik darajasiga ega bo`lsa, ular soliq oshishiga kamroq darajada e`tibor
beradi. Agarda, davlat xarajatlari aholini qondirmasa, soliq darajasi bo`yicha
mehnatning elastik takliflari oshib boradi.
Iqtisodiy faollikga ta`sir.
M. Fel`tstayn o`z asarlarida soliqni o`sishi, ayniqsa
kapitaldan olingan daromad tortiladigan soliqqa o`sishi, itqtisodiyotda zahira
mablag`lari o`sishiga olib kelib, bu holat insvestitsiyalar darajasiga salbiy ta`sir
ko`rsatishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish kengayishi uchun imkoniyatlarni
qisqartiradi, hamda Yangi texnologiyalar tadbiq etilishini sekinlashtiradi. A. Laffer
fikricha yuqori darajadagi soliqlar, ishbilarmonlik faolligini pasaytiradi, zero
zahira mablag`lari ulushi miqdori tushadi. Ular, korxonalar daromadlilik darajasini
pasaytirib, kapitalga foiz miqdorini tushiradi, va zahira mablag`larini foydjasiz
qilib qo`yadi. Bunday sharoitlarda, tadbirkorlar bozordan chiqib ketishadi, yoki o`z
kapitallarini chet elga chiqarishga majbur bo`lishadi. Eng achinarlisi soliqlardan
qochish holatlari ham kuzatiladi. Bundan tashqari soliqlar aholi daromad
darajasini tushirib, oqibatda zahira mablag`lari holatiga salbiy ta`sir etadi, hamda
ishlash istagini emiradi. Natijada yuqori darajadagi soliqlar almashinuv ikki
tomonlama samarani keltirib chiqaradi. YA`ni odamlarda ishlash istagi yo`qoladi,
iste`mol darajasi esa investitsiyalarga nisbatan ko`proq bo`ladi.
Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalarining fikricha yana ham salbiy ta`sir,
davlatning to`g`ridan - to`g`ri iqtisodiy faoliyati tomonidan amalga oshiriladi. Bu
holat bozor signallarini emirib, xususiy iqtisodiy agentlar prognozlariga noaniqlik
kiritadi, va muvozanat mexanizmini buzadi. Bundan tashqari, taklif nazariyasi
iqtisodchilari siqib chiqarish samarasi mavjudligi haqida ham gapirishgan
(Kroudig Aut samara). Bozorda davlatning paydo bo`lishi, resurslarning xususiy
sektordan davlat sektoriga o`tib ketishiga olib keladi, zero bu holat ham
tavakkaldir. Bunda, davlat sektori samaradorligi iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari
tomonidan Shubha ostiga olingan. Mablag`larning yirik qismi iqtisodiy emas,
ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishiga yo`naltiriladi. Shu bilan birgalikda, davlat
qaror qabul qilish o`ziga xos mexanizmlariga ega bo`lib, iqtisodiy harakat
rayonalligi modeliga mos tushmaydi. Davlat strategiyasini siyosatchilar belgilab,
ularni siyosiy kon`yunkturaga bog`liqligi sababli, iqtisodiy emas, siyosiy
maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilishadi. bu borada qabul qilinayotgan
qarorlar mantiqsiz va qisqa muddatli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: