210
(taxminan 12-18 oy), ishbilarmonlik faolligi ham oshadi, va aksincha. Mazkur
qonuniyat M. Fridmen tomonidan o`zining ikki asarida: «Mablag` va
ishbilarmonlik sikllari» (1958) va «1867-1960-yillar davomida Qo`shma SHtatlar
monetar tarixi» nomli (1963) asarlarida tasvirlangan. Olingan ma`lumotlarga
asosan, u o`zining nominal daromad sikli nazariyasi
va antisiklik nazorat
nazariyalarini shakllantirgan.
Empirik uslubda M. Fridmen, nominal daromadning mablag` massasi pul
vositalari hajmiga bog`liqlik darajasi formulasini ishlab chiqgan.
Y=VxM
Bunda: Y- nominal daromad darajasi, V – mablag` aylanish tezligi; M-
mablag` miqdoridir.
Bundan Shuni e`tirof
etish mumkinki, mazkur formula, mablag` miqdoriy
nazariyasi g`oyalarini takrorlaydi. M. Fridmen mazkur nazariyaning I. Fisher
tomonidan taklif etilgan mablag`ni aylanish yoki to`lov vositasi sifatida emas.
Dj.M.
Keyns kabi, kapital sifatida ko`rib chiqgan, ya`ni masalan qimmatbaho
qog`ozlarga investitsiya etish uchun zarur bo`lgan mablag`lar sifatidagi mo„ayyan
miqdordagi har bir mablag`ni olgan iste`molchi variantiga murojaat qilgan aktivlar
portfelini shakllantiradi. M. Fridmen, aktivlarning bir - necha turini ajratadi.
Masalan naqd pul, obligatsiyalar,
aktsiyalar, inson kapitaliga investitsiyalar va
boshqalar. Demak, mablag`ga nisbatan talab, mazkur aktivlar daromadlilik
darajasiga (bunda inflyatsiya hisobga olinadi), hamda har - bir iste`molchi
individual istaklariga bog`liq bo`ladi.
Mablag` aylanish tezligi uzoq muddat davomida deyarli o`zgarishsiz qolishini
hisobga olgan holda, M.Fridman tomonidan taklif etilgan formula mablag` massasi
tarkibidagi o`zgarishlar nominal daromaddagi muvofiq o`zgarishlarga olib
kelishini taxmin qiladi. O`zgarishlar mexanizmining o`zini, M.
Fridmen
tasvirlamay, uni qora quti ko`rinishida ko`rsatadi.
«Fridmen - Filips» vertikal egri chizig`i, yoki Filips egri chizig`i atrofidagi
munozaralar.
O`zining «Monetar siyosatning roli» (1968) nomli asarida, M.Fridmen, ingliz
iqtisodchisi Elban Fillips (1914-1975) qalamiga mansub ishsizlik kontseptsiyasini
tahlil qilgan. 1950-yillarda mazkur iqtisodchi tomonidan empirik jihatdan nominal
ish haqi (W) va ishsizlik darajasi (U) darajasi orasidagi bog`liqlik aniqlangan edi.
Buning uchun, A. Filips 1861-1957 yillar davomida Angliya bo`yicha muvofiq
ma`lumotlarni tadqiq qilgan. Mazkur ma`lumotlar asosida, u xulosa qiladiki, ish
haqining barqaror darajasiga ishsizlikning 5.5% darajasi muvofiqdir.
Tadqiqot
natijalari, uning tomonidan egri chiziq ko`rinishida berilib, mazkur egri chiziq
keyinchalik Filips egri chizig`i nomini oldi (25.2.1-rasm).
211
Shuni ham aytib o`tish joizki, Filipsdan oldin, 1920-1930-yillarda mazkur
bog`liqlikni I. Fisher, Y. Timbergen va Dj. Danloplar ham tasvirlashgan edi. nima
bo`lganida ham, aynan Filips egri chizig`i keynschilar
tomonidan inflyatsiya va
ishsizlik nazariyasini asoslab berish uchun qo`llanilgan edi. Nominal ish haqi
ko`rsatkichi, bunda inflyatsiya darajasi ko`rsatkichiga almashtirildi, natijada egri
chiziq inflyatsiya yordamida bandlik
darajasini nazorat etish, demakki ishlab -
chiqarish darajasiga ham ta`sir etish imkoniyatlarini namoyish etdi. O`z siyosatini
amlga oshirish davomida davlat yuqori darajadagi inflyatsiya va yuqori
darajadagi ishsizlik orasida tanlovga egadir. Agar ishsizlik darajasini tushirish
zarur bo`lsa, davlat inflyatsiya o`sishiga tayyor bo`lishi kerak,
demak bu holat,
ishchi o`rinlari o`sishi va ishlab chiqarish faoliyati faolligiga, zahira mablag`lari
ulushiga nisbatan investitsiyalar ulushi oshishiga olib keladi. Agar inflyatsiya
darajasini tushirish lozim bo`lsa, bu albatta zahira mablag`lari o`sishi, sarmoyalar
qulayligini tushishi, demak ish o`rinlari miqdorlarini ham tushishiga olib keladi.
W
5,5%
U
Do'stlaringiz bilan baham: