Alohidalash, bu usulning mohiyati shundaki, deviant hulq–atvor egasi bilan jamiyatning boshqa a`zolari o’rtasida to’siq qo’yish, uni qayta tarbiyalash va tuzatishga hech qanday urinishlarni amalga oshirimaslik ko’zda tutiladi.
Ajratish – deviantning boshqa jamiyat a`zolari bilan munosabatlarini chegaralash, lekin to’liq xolatda emas, bu ko’rinishdagi yondashuv deviantning qayta tarbiyalanishi va uning tuzalishidan keyin jamiyatga qaytarilishi masalasini qarab chiqadi, ya`ni deviant jamiyatda mavjud me`yorlarga amal qilishga tayyor bo’lgan holatda u jamiyatga qaytariladi.
Reabilitatsiya – bunda deviant me`yoriy hayotga qaytarilishga tayyorlanadi va jamiyatda o’zining rolini to’g’ri holatda bajarishga moslashtirilishi jarayoni ko’zda tutiladi.
Sotsial nazorat o’zi nima? Jamiyat hayoti faqat hulq-atvorni muvofiqlashtiruvchi me`yorlar va qonunlardan tashkil topmaydi.Bundan tashqari jamiyat kishilar hulq-atvorini nazorat qiluvchi turli xil mexanizmlariga egadir. Jumladan, sotsial nazorat tizimli amaliyot hisoblanib, u sotsial guruhlar tomonidan deviatsiyani vujudga kelishi to’siq sifatida ishlab chiqiladi.
Sotsial nazorat mexanizmlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Ichki sotsial nazorat sotsializatsiya jarayoni asosida amalga oshiriladi: kishilar sotsial me`yorlar va qadriyatlarni o’zlashtirib boradilar, ularda esa kishilar o’zlarini qanday tutishlari lozimligi aks etadi va keyin kiishilar o’z kundalik hayotlarida ularga tayanadilar.
Bundan farqli o’laroq, tashqi sotsial nazorat o’zida negativ sanktsiyalarni qo’llashlikni namoyon qiladi va ayrim hulq-atvor turlarini ta`qiqlashni kuzda tutadi. Zamonaviy jamiyatda janoyatga qarshi kurashuvchi adolatli sud, politsiya va turmalar tashqi sotsial nazoratning asosiy mexanizmi bo’lib gavdalanishadi.31
Ijtimoiy nazorat turi tarkibiga asosiy sakkizta komponent kiritiladi:
1. Individual ta`sir, bu holat individning atrof – muhit, ijtimoiy muhit bilan faol munosabatlari davomida shakllanadi – bu ishlab chiqarish, anglash va moslashish ko’rinishidagi xohlagan aktlardan tashkil topgan.
2. Baholashlarning ijtimoiy shkalasi, bu holat ob`ektiv mavjudlikdan kelib chiqqan holatda belgilanib, jamiyatda bu holat atrofdagi ijtimoiy muhit ta`siri reaktsiyalarida aks etadi.
3. Kategoriyalashtirish, bu holat ijtimoiy baholash shkalasining funktsiya bajarishi davomida qaror topadi va ma`lum bir aniqlikdagi baholash kategoriyalarida u yoki bu individual xatti – harakatlarga tegishli hisoblanadi (nisbatan ko’proq umumiy ko’rinishda – ijtimoiy muvofiqlik yoki rad etilish).
4. Ommaviy o’zlikni anglash tavsifi, aynan ushbu holatdan o’z navbatida xohlagan individual harakatlarning kategoriyalanishi kelib chiqadi, jumladan jamoatchilik tomonidan o’z – o’zini baholash va ijtimoiy guruh tomonidan vaziyatning baholanishi ta`sir ko’rsatadi (ijtimoiy pertseptsiya).
5. Ijtimoiy harakatlar tarkibi va tavsifi, bu ijobiy yoki salbiy sanktsiyalar funktsiyasini bajaradi, bevosita jamoatchilikning o’zligini anglash holati bilan bog’liq hisoblanadi.
6. Baholashlarning individual shkalasi, bu holat ichki qadriyatlar, ideallar, hayotiy manfaatlar va individning intilishlari tizimi xosilasi sifatida namoyon bo’ladi.
7. Individning o’z-o’zini kategoriyalashi doirasida harakatlarning ijtimoiy natijalari kelib chiqadi (rolni qabul qilish, o’z – o’zini identifikatsiyalash, ya`ni o’zini ma`lum bir shaxslar guruhiga mansubligini aniqlash), bu individual baholash shkalasining funktsiyasidan kelib chiqadi.
8. Indiviual ong tavsifi, bu holat individning o’z-o’zini kategoriyalashidan kelib chiqadi, bu holat asosida individning navbatdagi faoliyati, ijtimoiy baholash harakatlari reaktsiyalari amalga oshadi.
Ushbu ko’rinishda, ijtimoiy nazoratning mavjudligi muhim vositasi tezkor tarzda amalga oshirilish vositasi sifatida ijtimoiy sanktsiyalar, ijtimoiy rol talablari yuzaga chiqadi. Jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy sanktsiyalar jamiyat a`zolarining ularning ijtimoiy roliga bog’liq holatda qayd qilingan holatlarni bajarishini ta`minlashiga yo’naltiriladi. U yoki bu jamiyat hayoti sohalarini nazorat qiluvchi qoidalar va me`yorlar, tamoyillarga asoslanuvchi xohlagan institutlar odatda o’z tarkibiga ushbu institutlar qamrab oluvchi individlarning qoida va tartiblarga rioya qilishi yoki bajarmasligi bo’yicha tegishli sanktsiyalarni o’z ichiga oladi. Ayrim sotsiologlar ta`kidlashicha, jamiyat internalizatsiya orqali ijtimoiy omillar sanktsiyalarining xususiy hulq – atvorni nazorat qilish natijasida, rag’batlantirish yoki jazolashlar ko’rinishidagi funktsiyasi sababli mavjud hisoblanadi.
Sanktsiyalarning tipologiyasi tanlangan tizim xosil qiluvchi belgilarga bog’liq hisoblanadi. eng avvalo bunda ijobiy sanktsiyalar – jamiyat va guruhlar uchun ma`qul topilgan xatti – harakatlarning qo’llab - quvatlanishi, kengaytirilishini rag’batlantirish va salbiy sanktsiyalar – institutsional bo’lmagan, maqsadga muvofiq topilmagan xatti – harakatlarning, turli xil deviant hulq – atvor holatlarining jazolanishi yoki cheklanishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, santsiyalarni rasmiy – rasmiy shaxslar yoki organlar tomonidan amalga oshiriluvchi, buning uchun ma`xsus jamiyatlar tashkl qilingan va yozma manbalarda qayd qilingan sanktsiyalar, shuningdek rasmiy bo’lmagan – qo’llab–quvatlash yoki rag’batlantiriluvchi, og’zaki (yoki og’zaki bo’lmagan shakllarda) norasmiy shaxslar, odatda atrof muhitdagilar tomonidan qayd qilinishi amalga oshiriluvchi sanktsiyalar ajratib ko’rsatiladi.
Ushbu ko’rinishda, ijtimoiy nazoratning mohiyati shundaki, jamiyat va uning turli xil ommaviy strukturasi o’z a`zolarining konformizm ko’rinishida mustaxkamlanishini ko’zda tutib, «ijtimoiy ma`qullangan» hulq – atvor shakllarini madaniylashtirish, shuningdek ijtimoiy me`yorlar oqimida deviant turdagi hulq – atvorni kuzatish amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |