Empirik sotsiologiya birinchi bo’lib qaerda vujudga kelgan?
Garbiy Evropada
Rossiyada
AQSHda
SHarqda
Gellap jamoatchilik fikrini o’rganish instituti qaysi mamlakatda faoliyat ko’rsatadi?
Germaniya
Frantsiya
AQSH
Norvegiya
MAVZU 6. DEVIANT HULQ-ATVOR SOTSIOLOGIYASI
Reja:
Deviant hulq – atvorning sotsiologik nazariyalari
Deviant hulq – atvor shakllari
Deviant hulq – atvor turlari.
Sotsial nazorat.
1.Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma`noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me`yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Madaniy me`yorlarni buzuvchi har qanday hulq-atvor deviantlikdir. Deviantlik odatda ikki turga ajraladi. Birinchidan, jinoyat rasmiy qabul qilingan qonunlarni buzish bo’lib, u formal deviantlik deb ataladi. Bunga misol sifatida qaroqchilik, o’g’rilik, zo’rlash, qotillik, taxdid qilish va hokazolarni keltirish mumkin.
Ikkinchi turdagi deviantlik qonunlarda rasman ko’zda tutlmagan noformal sotsial me`yorlarni buzish bo’lib, u norasmiy deviantlik deb ataladi. Masalan, jamoat joylarida burnini kovlash, qattiq tovushda o’qchish va kekirish, begonalarga besabab keskin tarzda yaqin turishga harakat qilish (to’g’ri ayrim madaniyatlarda)ni misol tariqasida ilgari surish mumkin. 21
Ma`lumki, zamonaviy G’arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy me`yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi ta`limotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr CH.Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi e.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu ta`limotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb sotsiologiyasining ba`zi namoyondalari ushbu ta`limotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta`limotlariga ko’ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta`sir qiladi
Ushbu ta`limotlarga qarama-qarshi o’laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me`yor buzish jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta`limot e.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me`yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat`iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tiriak’yan, T.SHibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta`limotiga ko’ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me`yor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika sotsiologiyasida e.Saterlendning differentsial, katta o’rin tutuvchi ta`limotlardan biri aloqalar ta`limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me`yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o’rganiladi, ya`ni mavjud jamiyat a`zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me`yorlari boshqalarga o’rgatiladi.
Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e`tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me`yor buzish sotsial baho va sanktsiya qo’llash natijasidir.
Interaktsionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo’lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. SHafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag’bat-libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag’bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o’lim instinkti-tanatos o’rtasidagi kurash natijasi bo’lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto’g’ri xulq-atvor ham, jinsiy rag’bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta`limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi. e.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta`rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e`lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funktsional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
Deviantlik muammosiga sotsiologik jihatda qiziqish o’zida formal deviatsiyani o’lchash (jinoiy hulq-atvor statistikasi), shuningdek, jamiyatda deviantlikni vujudga kelishi va uni rolini tushuntirishga intiladigan turli xil nazariyalarni mujassamlashtiradi.22
Do'stlaringiz bilan baham: |