Katta sotsial guruhlarning xususiyatlari:
-a`zolar sonining ko’pligi;
-yagona xududning mavjud emasligi;
-a`zolar o’rtasidagi aloqa,ta`sir bilvosita bo’ladi;
-a`zolar o’rtasidagi hatti-xarakat rasman boshqariladi va tartibga solinadi.
Katta sotsial guruhlarga partiya, yirik korxonalar, kontsernlar, firmalar, hatto davlat ham misol bo’la oladi.
Kichik sotsial guruhlarga xos bo’lgan xususiyatlar:
-a`zolar sonining kamligi;
-yagona xududning mavjudligi;
- a`zolar o’rtasidagi aloqa,ta`sir bevosita,yuzma-yuz bo’ladi;
-a`zolarning hatta-harakatlari ko’proq norasmiy tarzda boshvariladi va tartibga solinadi.
Kichik sotsial guruhlarga oila, psixologiya bo’limi talabalari, kichik korxonalar, kichik qishlohlar, do’stlar guruhini misol qilish mumkin.
A`zolar o’rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ko’ra sotsial guruhlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo’linadi. Sotsial guruhlarni bu turlarga ajratish birinchi bo’lib CH.Kuli tomonidan amalga oshirilgan.Birlamchi guruhlar deganda munosabatning yaqinligiga qarab, ya`ni qon-qarindoshlik,sevgi,simpatiya,asosida tuzilgan sotsial guruhlar nazarda tutiladi. Bunday guruhlarga oila, do’stlar, qorindosh-urug’lar, sinfdoshlar misol bo’la oladi. Birlamchi guruhlarda kishilarning dastlabki sotsializatsiyasi amalga oshadi. Mana shu jihatdan birlamchi sotsial guruhlar inson uchun muhim ahamiyatga ega.
Ikkilamchi sotsial guruh deyilganda manfaat yuzasidan tuziladigan guruh nazarda tutiladi. Bularga muayyan bir tashkilot, korxona, partiya idorasi misol bo’la oladi.
Sotsial guruhlarning tasnifida rasmiy va norasmiy sotsial guruhlarni, inguruh, autguruh, kvazi guruh, referent guruh kabilarni ko’rsatish mumkin.
Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, gaho majburiylikdan, ba`zan o’zi xohlamagan holatda yuqorida ta`kidlangan guruhlarga a`zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi,xususiyat) bilan nisbatan ma`lum guruhlarga ajratish - sotsiologik tahlilning g’oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o’tish lozimki, garchi «sotsial guruh» atamasi sotsial tadqiqotlarda keng ko’lamda qo’llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategoriyali xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o’ziga xos sub`ektni aniqlash uchun ishlatiladi. «Guruh» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma`noga ega. Bir tomondan, u biror umumiy belgiga qarab kishilarni ma`lum toifalarga ajratilganda qo’llaniladi (ko’pincha statistikada, demografiyada). Ba`zan bu ma`noda «guruh» atamasi «Psixologiya» fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin.
Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma`lum ma`noda o’zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o’zini talabalar guruhining a`zosi sifatida his qiladi.
Ilmiy adabiyot bilan tanishish «sotsial guruh» atamasini, birinchidan, juda keng qo’llanilayotganligini, ikkinchidan turli hodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko’rsatayapti, qaysi nuqtai nazar qarashlaridan qat`iy nazar, konkret ijtimoiy fan vakillari guruhlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-demografik, sotsial-psixologik va boshqa guruhlarga ajratadilar.
Guruh – bu, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma`lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardan o’z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.
Guruhga xos xarakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya`ni institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a`zolar yig’indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsialogiyada a`zolar soni qancha bo’lishi kerakligi haqida aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. Bu to’g’risida guruh turlari haqida so’z ketganda gapirib o’tiladi.
Guruh o’z soni va a`zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin. Mana shu asosga ko’ra, guruhlarni «berk» guruhlar, ya’ni yangi a`zolarni qabul qilishda aniq mezon qo’yadigan guruhlar; chegaralangan guruhlar, ya`ni guruh a`zoligiga qabul qilish mezoni kam talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar. SHuningdek, nihoyat xohlagan kishi kirishi mumkin bo’lgan ochiq guruhlar va bu guruhlarda a`zolarga nisbatan aniq talablar ko’yilmaydi, ko’pincha guruhlar a`zo qabul qilish va a`zolarning guruhdan chiqishi uchun aniq talab qo’yadi. Buning natijasida guruhning bir xilligi va uning ta`sir doirasi ta’minlanadi.
Guruhning paydo bo’lishi uchun ichki tashkilot, ya`ni institutlar, nazorat shakllari, faoliyat namunalari bo’lishi kerak. SHuning uchun ham o’z shaxsiy tashkilotiga ega bo’lmagan, faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar guruh deb atalmaydi.
Guruh o’zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya`ni birlashish markaziga ega bo’lishi kerak. Bularga g’oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga mansublik va birlashish hissini uyg’otish va rivojlantirish uchun zarur.
Bu qadriyatlar asosida guruhda «biz» so’zi bilan ifodalanadigan birlik hissi paydo bo’ladi. Bu his kishilarni birlashtiradigan psixik (ruhiy) aloqa hisoblanadi.
Nihoyat, guruh o’zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo’lishi kerak. Bular yordamida guruh boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar avvalo, bir hududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar hisoblanadi.
3. Bu 4 shart juda ko’p guruhlarni ta`riflash uchun qo’l keladi. Bu haqda guruhlarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) jarayonida to’xtalib o’tamiz. CHunki bu shartlar nisbiy xarakterga ega. Bular ko’pgina guruhlarni qanoatlantirsa ham, ba`zi guruhlarni tahlil qilish vaqtida to’g’ri kelmasligi mumkin.
Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo’linadi. Sotsiologiya va «Sotsial psixologiya» fanlari katta sotsial guruhlar o’zining aniq ta`rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, a`zolar soni ko’p bo’lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
A`zolar sonining ko’pligi;
YAgona hududning mavjud emasligi;
A`zolar o’rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o’rnatilishi;
Guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi.
Katta guruhlar ikki turga bo’linadi.
1. Tasodifiy, stixiyali paydo bo’ladigan va qisqa vaqt mavjud bo’ladigan guruhlar. Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari tizimida ma`lum o’ringa ega bo’lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik guruhlar (ellat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Katta sotsial guruhlarda kichik guruhlarda yo’q bo’lgan xatti-harakatni boshqarib turadigan o’ziga xos kuch mavjud. Bu huquqlar, urf-odatlar va an`analardir.
Katta guruh bilan kichik guruh o’rtasida o’rta guruh ham bor. Ammo guruh muammosi bilan shug’ullanayotgan sotsiologlar fikricha, o’rta guruhlar, ularning strukturasi, aloqasi, unda bo’ladigan hodisa va jarayonlar mohiyat jihatdan kattaroq guruhlarga xosdir. Kichik va katta guruhlar o’rtasidagi farqni kichik guruhning yiriklashuvi va uning katta guruhga aylanishi jarayonida ko’rish mumkin. Masalan, bir yoki bir nechta taniqli kishilar atrofida birlashgan 40-45 kishidan iborat partiya kichik guruhdir, chunki bu guruh vakillarining shaxsan bir-birlarini tanishlari (bilishlari) kichik guruhga xos bo’lgan xususiyatni beradi.
Kichik guruhlar deganda, ko’pi bilan bir necha o’nlab a`zolardan iborat bo’lgan kam sonli guruhlar tushuniladi. Bu guruhlar ko’pincha samimiy do’stona munosabatlarda bo’ladi, guruh a`zolari o’rtasidagi bevosita o’zaro aloqalar ustun turadi, guruh a`zolari o’rtasidagi munosabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo’ljallagan, yuqori darajada shakllagan kichik maqsadli guruhlar ham mavjud. Bu guruhlarda a`zolar o’rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko’rsatmalari bilan tartibga solinadi. YAshirin ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bo’la oladi. Kichik guruhlarga oilani, do’stlarni, qo’shnilarni, ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Kichik sotsial guruhlarning turlari juda ko’p. Ular turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Guruh munosabatlari tuzilmasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga, a`zolar o’rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab esa birlamchi va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a`zo bo’lish va bo’lmasligiga qarab a`zoli va referent guruhlarga bo’linadi. Sanab o’tilgan guruhlarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |