Ebaugh fikricha, roldan chiqish to’rtta etapdan tashkil topadi:
Kishilarda o’zlari bajarayotgan rollaridan ko’ngli sovushi va ishi o’ngidan kelmasligi tufayli ikkilanish tuyg’usi vujudga keladi.
Al’ternativlikni izlash bilan bog’liq bo’lib, kishilar bunda o’z ishlaridan ta`til oladilar yoki nikoh partnerlaridan vaqtincha alohida yashaydilar.
Bu etap keskin o’zgarish lavri bo’lib, unda kishilar ayrim yakuniy harakatlarni amalga oshirish lozimligini tushunadilar. Buning uchun ishdan bo’shash lozim yoki turmushda ajralish kerak.
YAkuniy etapda yangi identichlikni yaratish taqazo etiladi. Maslan, uysiz kishi holatini tasavvur qiling. Bu jarayon murakkab bo’lib, natijada kishi ko’p muddat ko’chada qolib ketishi natijada unin shaxsiy resurs sifatlari kamayib, kasbiy tajriba va kshnikmalariyaroqsiz holatga kelishi muqarrardir.58
Hozirda eng ustuvor qadriyatlarga muvofiq kishilar o’zlari haqida qayg’urishga qodir bo’lishlari shart. Demak, bunga tayanib, ayrim siyosiy arboblar va insonlar sotsial agentliklar va muassasalar uyi yo’qlarga ozmi-ko’pmi yordam berishga ma`suldirlar. Boshqa kishilarning fikricha, jamiyatning sotsial strukturasi kishilar iqtisodiy statusidan qat`iy nazar xavfsizlik holatini ta`minlab berishlari shart. Lekin, bu savolga hali ham aniq javob topilmadi.59
Adabiyotlar ro’yxati
Richard T.Shatfer. Sosiology in modules.New York. 2013
Margaret Andersen., Hovard F.Taylor. Sosiology.New York. 2013
Diana Kendall, Sociology in Our Times: The Essentials, Tenth Edition. Cengage Learning 2016. USA.
Joan FerranteSociology: A Global Perspective, Ninth Edition. Cengage Learning 2015. USA.
Frolov S.S. Obshaya sotsiologiya. //Uchebnik.Moskva.: «Prospekt».2012
Toshenko J.T. Sotsiologiya. //Uchebnik.Moskva.: «YUNITI». 2012
Mustaqil ta`lim mavzulari
Sotsiologiyada deviant xulq-atvor (og’ma xulq-atvor) tushunchasi.
Deviant xulq-atvorturlari: qonunni buzish, o’z-o’zini o’ldirish, giyohvandlik, alkogolizm va boshqalar.
Sotsial me`yorva anomiya deviant xulq-atvornazariyasining markaziy tushunchasi sifatida.
Deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlar.
Sotsial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida.
Sotsial nazorat elementlari: me`yorlar va sanktsiyalar.
Sotsial me`yor turlari: huquqiy, diniy, an`anaviy va axloqiy
Tayanch atamalar
Alkogolizm – spirtli ichimliklarga patologik holatda ruju qo’yishdan iborat bo’lib, o’z navbatida bu holat shaxsning ijtimoiy – axloqiy jihatdan degradatsiyasiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |