Sotsial struktura bizni boshqalar bilan o’zaro harakatlarimizni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Bu struktura tartiblangan mustahkam tizim bo’lib gavdalanadi. 55
Sotsiologlar sotsial o’zaro harakatni o’rganishda ushbu jarayonlar kechayotgan sotsial strukturani tushunishga intiladilar.
Sotsial struktura bevositastatuslar, rollar guruhlar va muassalalardan tashkil topadi.
Sotsial struktura kishilar tegishli ‘o’lgan guruhlar: insayderlar va autsayderlarni belgilab bberadigan chegarani chizib beradi. Sotsiolog Robert Park (1928) bu terminni kishilar shaxsini aniqlash uchun joriy qilgan, masalan immigrantlar uchun.
Jamiyatning sotsial strukturasi sotsial pozitsiyalar, bu pozitsiyalar o’rtasidagi munosabatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Smelzerning fikricha, shuningdek, sotsial struktura jamiyatni tashkil qiladigan barcha guruhlarni va bu guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Biz sotsial pozitsiyani o’rganishni insonga yaqin bo’lganidan boshlaymiz.
Status guruh ichidagi ma`lum bir ijtimoiy pozitsiya bo’lib, u muayyan kutish, huquq va majburiyatlarni ifodalaydi. Status konkret kishilarga bog’liq bo’lmaydi. Status professional sportchi, rok-muzikachi, professor, student, daydi kishi va hakazolar eksklyuziv tarzda mavjud bo’ladi. Masalan, kolledjlarga har yili minglab yoshlar kelib, birinchi kurs studentlari statusiga ega bo’lganlari bilan baribir kolledj stutenti statusi o’tgan asrdan beri o’zgarmay keladi. 56
Rol ma`lum bir status bilan bog’liq bo’lgan hulq-atvorni kutish yig’indisidir. Masalan, oshxonani qayta jixozlashga taklif etilgan duradgorni ish beruvchining oilasi bilan tushlik qilishi uning roliga muvofiq kelmaydi. Biz vaqapt o’zimiz egallagan status bo’yichagina rol bajarishimiz mumkin bo’ladi. Bizning rollarimiz nisbiy bo’lishi mumkin. Ayrim rollar o’ziga xos tarzda kechishi mumkin. Masalan, biz student rolini o’ynashimiz vaqtida kimdir professor rolini bajarishi mumkin.
Aksariyat kishilar bir vaqtning o’zida bir necha rolni bajarishadi. Masalan,CHarl’z ham talaba, ham kafe hodimi rolini bajarmoqda. Rollarni bajarishda konfliktlar ulardagi o’zaro nomutanosiblik paydo bo’lganda vujudga keladi. Vaziyatdan chiqish uchun bir prioritetlarni aniqlab olishimiz lozim. YA`ni, avvalambor eng muhimini, keyin esa boshqalarni bajarishga kirishishi darkor.57
Rolni bajarishdan chiqish uchun kishilar sotsial rolni ijro etishdan to’xtashlari talab qilinadi. Sotsiolog Helen Rose Fuchs Ebaugh ushbu jarayonni so’rov o’tkashi asosida o’rganib, unda sobiq maxbuslar, monaxlar, pensionerlar ajrashgan erkaklar va ayollar va sotsial rolardan voz kechgan boshqa kishilarning fikrini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |