Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana28.06.2021
Hajmi0,6 Mb.
#103935
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi iqtisodiy aloqalar tarixidan.

Birinchi  guruhga  Xitoy,  Rossiya  va  Hindiston  kiradi,  ularning  YaIM 

(rasmiy ma'lumotlarga ko'ra) mos ravishda $2 trln, 740 mlrd va 735 mlrd.ni tashkil 

etadi. Bu davlatlarda YalM o'sishining real darajasi mos ravishda 9,2; 6 va 7%. 



63 

 

Ikkinchi  guruhga  Eron,  Pokiston  va  Qozog'iston  kiradi,  ularning  YalM 

$128 mlrd, 92 mlrd va 43 mlrd.ni mos ravishda tashkil etadi. Bu davlatlarda YalM 

o'sishining real darajasi mos ravishda 4,8; 8,4 va 9%. 



Qolgan  davlatlar  -  O'zbekiston,  Qirg'iziston,  Tojikiston  va  Mo'g'uliston  -

uchinchi  guruh  davlatlari  bo'lib, ularning YaIM  mos  ravishda  $10  mlrd, 2,1  mlrd 

va 1,9 mlrd. Bu davlatlarda YalM o'sishining real darajasi mos ravishda 5,4; 2,8 va 

5%

62



Bu  tashkilotning  barcha  davlatlari  turli  xil  rivojlanish  darajasiga,  iqtisodiy 

bazaga,  uslub  va  yo'nalishlarga  ega.  Bu  holatda  siyosat  va  iqtisodda  kelishilgan 

hamkorlikka erishish uchun kuchli siyosiy iroda, majburiyatlarni bajarish hududiy 

hamkorlikni  amalga  oshirish  kerak  bo'ladi

63

.  Shu  bilan  bog'liq  holda  hamkorlikni 



kengaytirishga  qaratilgan  uzoq  muddatli  va  qisqa  siyosatni  aniqlashga  muhtojligi 

vujudga keldi. 

ShHT ishtrokchi - davlatlarining farqlanishini hisobga olsak, hududda ikkita 

muammo vujudga kelishi mumkin: iqtisodiy hamkorlik bilan bog'liq muammolar. 

Birinchisi  mohiyati  jihatdan  siyosat  bilan,  davlatlarning  hamkorlikka  bo'lgan 

irodasi bilan, ishonch darajasi bilan va boshqalar bilan bog'liq. Ikkinchi muammo 

dastlab 

iqtisodiy 

tuzilmalardagi 

notenglikka, 

resurslardan 

foydalanish, 

infrastrukturani  mos  emasligiga  va  iqtisodiy  hamkorlikni  yengillashtirishga  olib 

keluvchi iqtisodiy o'sishning yo'qligiga asoslanadi. 

ShHT doirasida a'zo-davlatlarning iqtisodiy hamkorligini kuchaytirish uchun 

bir qator chora va tadbirlar qabul qilingan. Lekin shuni takidlab o'tish joizki qabul 

qilingan  choralar  bir  vaqtning  o'zida  barcha  a'zo-davlatlarga  qo'Uanila  olmaydi, 

chunki  hamkorlik  muammolari  bir  davlatdan  ikkinchisiga  o'tishda  o'zgaradi.  Ular 

faqat qo'llash imkoniyati bo'lgan joylarda qo'llanishi mumkin. 

                                                           

62

 Центральная Азия и Кавказ. 2009. №9. 



63

 Фазал – ул Рехман. «Проблемы экономического и финансового сотрудничества в рамках ШОС»Алматы.31 

мая 2006. VneshMarket.ru Внешнеэкономическая деятельность. 

 



64 

 

A'zo-davlatlarning  siyosiy  barqarorligi  xavfsizligini  kuchaytirish.  Ichki 



siyosiy  barqarorlik  iqtisodiy  o'sish  va  progress  uchun  asos  bo'ladi.  O'z  navbatida 

iqtisodiy rivojlanish yanada ko'proq xavfsizlik va siyosiy barqarorlikka erishishga 

sabab bo'ladi, bunday holat kambag'allik va ishsizlik darajasi sezilarli kamayganda, 

insonlar  turmushi  esa  yaxshilanganda  vujudga  keladi.  Iqtisodiy  barqarorlik 

nabarqarorlikning  ayrim  omillarining  vujudga  kelishiga  yo'l  qo'ymaydi.  Hozirgi 

kunda transnatsional tabiatning ayrim xavflari bilan kurashish uchun davlatlar ko'p 

tomonlama tuzulmalarda hamkorlik qilishlari kerak. 

Davlatlararo  munosabatlarda  yanada  yuqoriroq  o'zaro  ishonch  darajasiga 

erishish.  A'zo-davlatlarning  davlatlararo  munosabatlari  o'zaro  ishonch  tamoyiliga 

asoslangan bo'lishi kerak, ya'ni bir-birovini  ichki  ishlariga qo'shilmaslik  va o'zaro 

tenglik.  Iqtisodiy  hamkorlikning  kengayishi  mohiyati  jihatdan  siyosiy  qaror 

hisoblanadi  va  bunday  qarorlarni  o'zaro  ishonchsizlik  va  to'liq  ishonchsizlik 

holatida  amalga  oshishining  iloji  yo'q.  iqtisodiy  hamkorlik  yuqori  ishonch 

darajasisiz  amalga  oshirila  olmaydi.  Kuchli  hududiy  hamkorlik,  aholi  va 

davlatlarning  rahabarlari  birlashishda  o'zaro  foydani  ko'rmaguncha  hech  qachon 

samarali  bo'lmaydi.  Iqtisodiy  hamkorlik  bilan  bog'liq  mustaqil  tashabbus 

yetakchilar  tomonidan  hududlararo  munosabatlarning  iqtisodiy  ustunligi  hisobga 

olinmaguncha  to'liq  o'zini  oqlamaydi.  O'z-o'zidan  a'zo-davlatlar  o'rtasidagi  ishon 

iqtisodiy hamkorlikning darajasini belgilab beradi. 

Hamkorlik  uchun  siyosiy  iroda  va  uni  keyin  mustahkamlanishi. 

Davlatlarning  birlashishga  bo'lgan  siysiy  irodalari  keyinchalik  kuchayishi  kerak, 

hududlar  mashtabining  farqalnishiga,  rivojlanishning  turli  darajada  ekanligiga  va 

turli  xil  dunyo  qarashga  qaramasdan.  Bu  narsa  hududiy  iqtisodiy  hamkorlikning 

kengayishi  uchun  juda  katta  hissa  bo'ladi.  Bu  holatda  YI  va  ASEAN  tuzilmalari 

misol bo'lishi  mumkin, ko'plab  qirralarda farqlanishga  qaramay, hamkorlik uchun 

siyosiy  iroda  ustun  va  u  hududiy  hamkorlik  tuzilmasida  muvaffaqiyatli  amalga 

oshmoqda.  Janubiy  Osiyo  hududiy  hamkorlik  assotsiatsiyasi  (SAARC)  va 

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) holatida, siyosiy iroda ko'p muddatga saqlanib 




65 

 

qolmadi  va  oqibatda  hududiy  hamkorlik  ko'zlangan  darajaga  erishmadi. 



Geostrategik hamkorlik geoiqtisodiy hamkorlikka negative ta'sir qilmasligi kerak. 

Xususiy  sektor  rolini  kengayishi.  Xususiy  sector  odatda  davlat  sektoridan 

ko'ra,  biznes  harakati  nuqtai  nazaridan  ko'proq  faol  hisoblanadi.  Ma'lum  bir 

muhitni  shakllantira  turib, ShHT  faoliyatida  xususiy  sektorning o'rin olishi  uchun 

ko'makdosh bo'luvchi shart-sharoitni yaratish kerak. Tuzilmali iqtisodiy islohotlar 

ayrim  a'zo-davlatlarga  xususiy  sektor  bazasini  kengaytirish  uchun  kerak.  Bozor 

kuchlari o'zaro foydali korxonalarning rivojlanishida o'zining shaxsiy dinamikasiga 

ega,  Savdo  palatasi  va  davlatlarning  industriyasi  iqtisodiy  hamkorlikning 

kuchayishiga muhim rolni o'yanshi mumkin. 

Hamkorlikda  iqtisodiy  asoslangan  qarorlarni  ishlab  chiqilishi.  Tashkilot 

doirasida  hamkorlik  qilinadigan  sohlarni  chuqur  o'rganish  va  tahlil  qilish  kerak. 

Hamkorlikda  iqtisodiy  aloqa  uchun  shart-sharoti  yaratadigan  sohalarni  aniqlash, 

potensial  hamkorlarning  qizqishini  uyg'otishi  kerak  va  ular  orasidagi 

ishonchsizlikni bartaraf etishi kerak. 

Axborot  texnologiyalaridan  samarali  va  maqsadga  muvofiq  tarzda 

foydalanish.  Iqtisodiy  hamkorlik  uchun  qulay  muhitni  tashkil  etish  va  uni 

yaxshilash  maqsadida  axborot  taminlovdan  foydalanish  kerak.  Ma'lumotlar 

bazasini  tuzilishi,  axborot  oqimini  ko'rib  chiqish  yengillashtirishi  va  muhim 

aloqalarni  o'rnatilishiga  sabab  bo'lishi  mumkin.  Axborot  tarmoqlar  axborotga  yo'l 

topish uchun va xususiy sektorda aloqalarni o'rnatilishida asosiy rolni o'ynaydi. 

Standartizatsiya  jarayoni.  Investitsiyalarni  ximoya  qiluvchi  ishonchli 

normativ-huquqiy  baza,  ayniqsa  neft  loyihalarida  va  rivojlanish  loyihalarida 

iqtisodiy  hamkorlikni  kuchayishida  muhim  omil  bo'ladi.  Moliyaviy  va  qonun 

chiqaruvchi  jarayonlarni  standartizatsiyalash  sezilarli  darajada  ko'p  tomonlama 

tuzilmalarda hamkorlikni yengillashtiradi va o'zaro ishonchni oshiradi. 

Iqtisodiy 

hamkorlikni 

qo'llab 


turish 

uchun 


iqtisodiy 

kursning 

koordinatsiyalashuvi.  Iqtisodiy  raqobat  barcha  a'zo-davlatlarning  rivojlanishiga 

ta'sir  o'tkazishi  kerak.  Kichik  va  kuchsiz  iqtisodlarni  ShHT  doirasida  moslashuvi 




66 

 

butun  hududning  uzoq  muddatli  gullab-yashnashini  ta'minlashi  mumkin. 



Hududning  asosiy  koordinatsiyalashuvi  -  rivojlanish  strategiyasi,  qaysiki  a'zo-

davlatlarning  vujudga  kelgan  muammolarni,  ayniqsa  iqtisodiy  globalizatsiya 

nazarida  samarali  hal  qilishiga  yordam  beradi.  Turli  xil  qiziqishlarni  birlashtirish 

va  tuzatish  ishlarini  olib  borishga  muhtojlik  mavjud.  Koordinatsiyalashgan 

iqtisodiy kurs hududiy integratsiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. 

Imkoniyati bor ishni qilish. ShHT ishtrokchilari va kuzatuvchilari . turli xil 

guruhdagi  davlatlarni  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  ShHT  faoliyati 

tamoyillarini  buzmasdan  turib,  ikkitomonlama  va  ko'ptomonlama  hamkorlik 

doirasida  aniq  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  ular  har  bir  davlatning 

imkoniyatidan  kelib chiqishlari lozim. Bu  borada  ASEANning  tajribasini  hisobga 

olish kerak, uo'sish uchburchagini  "  shakllantirgan. Bu borada  ShHTning  intilishi 

energetic  va  infrastruktura  loyihalariga  qaratilgan.  XXI  asrda  tezlik  bilan  rivoj 

lanayotgan  Xltoy,  HIndiston  va  Pokiston  iqtisodi  uchun  energetic  xavfsizlikni 

ta'minlash  dolzarb  masalalardan  biriga  aylangan.  Yaqin  Sharq  davlatlaridan, 

Rossiyadan  tashqari  Markaziy  Osiyo  davlatlari  va  Eron  ham  neft  va  gaz  ishlab 

chiqarishda katta qudratga egalar va ular bir vaqtning o'zida ShHTda ham a'zo ham 

kuzatuvchidurlar. Shuning uchun ham ShHT o'z ishtrokchilariga energetic sektorda 

hamkorlik  qilish  istiqbollarini  taqdim  etadi.  Energetik  hamkorlik  hududiy 

muammolarni hal qilishi kerak. 

Aloqa  infrastrukturasini  kengaytirish.  Hozirgi  kunda  hamkorlikning  boshqa 

sohasi  vujudga  kelmoqda,  aynan  infrastruktura  loyihalarini  ishlab  chiqishda. 

Barcha  a'zo-davlatlarni  bog'lovchi  kommunikatison  infrastrukturani  kengayishi 

savdo,  turizm  va  madaniy  almashinuvlar  uchun  qulay  shart-sharoit  yaratishni 

ta'minlaydi.  Bu  borada  ShHT  a'zo-davlatlari  ko'p  tomonli  kelishuvni  ishlab 

chiqishmoqda, 

bu 


kelishuv 

xalqaro 


transportlar 

koridori 

rivojlanishini 

yengillashtirishi  kerak.  BMT  ning  Osiyo  va  Tinch  okeani  davlatlari  uchun 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  komissiyasi  va  Osiyo  rivojlanish  banki  bu  maqsadni  amalga 

oshirish uchun hamkorlikni boshlab yuborishgan. Ichki transport-kommunikatsion 




67 

 

infratuzilmani  ishlab  chiqilishi,  samarali  hamkorlik  uchun  muhim  omil 



hisoblanadi.  Bu  muammoga,  ayniqsa  transport  infratuzilmasi  rivojlanmagan 

davlatlarga e'tibor qaratish kerak. 

1. Boshqa hududiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish, misol uchun Markaziy 

Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi (CAREC), SAARC, MDH va boshqalar bilan, 

buning  uchun  ko'ptomonlama  aloqalar  uchun  standart  uslublarni  ishlab  chiqish 

kerak.  A'zo  -  davlatlarning  ko'pchiligi  bir  yoki  bir  nechta  tashkilotlarning  a'zosi 

hamdir.  

Agar  hamkorlik  mexanizmlari  biri-biriga  mos  kelsa  bu  ShHT  uchun  juda 

foydali.  Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  doirasida  ko'p  tomonlama  iqtisodiy 

hamkorlik uchun istiqbollar mavjud bo'lishiga qaramay, ular faqatgina samarali va 

o'z  vaqtida  qilingan  harakatlar,  qarorlar  bilan  amlaga  oshishi  mumkin,  ushbu 

harakatlar  va  qarorlar  ShHT  ning  barcha  vakillari  tomonidan  qilinishi  kerak. 

Ishtrokchi  davlatlarning  barchasi  jarayondagi  ishtrokini  his  etishi  kerak  va 

shundagi o'zaro samara vujudga keladi. 

ShHT  (Shanxay  hamkorlik  tashkiloti)  vakil  davlatlarining  iqtisodiy 

hamkorligining rivojlanish istiqbollar va zamonaviy holati. 

Dunyoda ko'plab hududiy tashkilotlar va turli xil turdagi kelishuvlar mavjud. 

Ularning  soni  doimiy  tarzda  ko'payadi,  chunki  jahon  iqtisodining  hududiylashuvi 

jarayoni  parallel  tarzda  uning  globallashuvi  bilan  rivojlanmoqda.  Hududiylashuv 

jarayoniga  post  sovet  hududlari  ham  qo'shilgan.  Hududiy  hamkorlik  tashkilotlari 

qatorida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) o'ziga hos o'rinni egallaydi

64



Agar  dastiab  ShHT  doirasida  asosiy  urg'u  terrorizm,  narkobiznes  va 

boshqalarga  qarshi  kurashga  berilgan  bo'lsa,  keying  davrlarda  ShHT  vakil 

davlatlarining e'tiborlari iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. 

ShHTning  faoliyati  siyosatshunoslarni,  iqtisodchilarni,  diplomatik  va 

moliyaviy  doiralarni  o'ziga  jalb  qilmoqda.  Ayrim  ekspertlar  ShHTni  Shimoliy 

                                                           

64

 

Центральная азия. Стратегическое партнерство Казахстана и Китая в энергетической сфере. Интернет 



ресурс. Режим доступа: www.easttime.ru/analitic/l/3/557p.html.  


68 

 

atlantika  ittifoqiga  (NATO)  va  Kollektiv  xavfsizlig  to'g'risidagi  kelishuv 



tashkilotiga (KXTKT) qarama-qarshi tuzilgan tashkilot sifatida baholashadi. Biroq, 

ShHTning  ishtrokchi  davlatlari  (Rossiya,  Xitoy,  Qozog'iston,  Tojikiston, 

Qirg'iziston  va  O'zbekiston)  bu  tashkilot  biror-kimga  qarshi  yo'naltirilgan  harbiy 

blok  emasligini,  balki  u  keng  hamkorlikka  yo'naltirilgan  ochiq  xalqaro  tuzilma 

ekanligini doimiy tarzda takidlashadi

65



ShHT  a'zo-davlatlarining  katta  qismi  bir  vaqtning  o'zida  boshqa  hududiy 

tashkilotlarning  ishtrokchilari  hamdir:  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo'stligi  (MDH), 

KXTKT,  Yevroosiyo  iqtisodiy  hamjamiyati  (YevroOsIH),  Iqtisodiy  hamkorlik 

tashkiloti  (IHT),  shuningdek  ular  bir  qator  xalqaro  dasturlar  ishtrokchisi  ham 

hisoblanadi: Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi (MOHIH) va Markaziy 

Osiyo  iqtisodlari  uchun  maxsus  dastur  (BRESA).  Shu  bilan  bog'liq  tarzda  ShHT 

vazifalari,  bu  tashkilotning  Yevroosiyodagi  va  jahon  arenasidagi  vazifalari,  a'zo-

davlatlar uchun ahamiyati to'g'risida savol vujudga keladi. "Gigant" davlatlar Xitoy 

va Rossiya ShHT a'zolari ekanligini va ular BMTning Xavfsizlik kengashi a'zolari 

ekanligini  hisobga  olsak  G'arbning  ShHTga  nisbatan  bezovta  bo'lib  qiziqishlari 

to'liq  tushunarli.  Bundan  tashqari  ShHTda  kuzatuvchilar  sifatida  Pokiston,  Eron, 

Hindiston va Mo'g'iliston hisoblanadi. Shunday qilib ShHT a'zolari va kuzatuvchi 

davlatlari aholisining soni insoniyatning deyarli yarmini tashkil etadi. 

ShHTning  zamonaviy  rivojlanish  jarayonlarining  tahlili,  tinchlik  va 

xavfsizlik  sohalaridan  hamkorlikda  harakat  qilishdan  tashqari  ko'plab  boshqa 

sohlarda  (savdo,  transport,  energetika,  texnologiya  va  boshqalar)  hamkorlikda 

harakat  qilishga  o'tish,  boshqa  hududiy  tashkilotlar  va  dasturlar  bilan  hamkorlik 

qilish,  shuningdek  ShHT  a'zo-davlatlari  o'rtasidagi  aloqalar  istiqbollarini 

kengaytirish - uchbu izlanishning asosiy mavzusi. 

ShHTga  nisbatan  qiziqishni  kuchayishiga  olib  kelayotgan  yana  bir  sabab, 

ushbu  tashkilotning  jahon  energetikasi  va  transporti  nuqtai  nazarida  katta 

                                                           

65

 Евразийская экономическая интеграция. 2010. №2.с 41  



 


69 

 

ahamiyatga  egaligidir,  hududda  yangi  energetic  va  transport  kommunikatsiyalari 



tashkil  etilishi,  Tashkilot  davlatlarida  kutilayotgan  energo  iste'molning  o'sishiga 

olib kelishi mumkin. 

Rossiya qiziqishlari asosida ShHT doirasida davlatlarning iqtisodiy aloqalari 

istiqbollari  va  holatlarini  o'rganish,  uning  xalqaro  tashkilot  sifatida  jahon 

hududiylashuvi jarayonidagi va Markaziy Osiyodagi hududiy hamkorlik tizimidagi 

o'rni ahamiyatli.  

- Tashkilot faoliyatining u yoki bu sohasini rivojlanishiga ShHT a'zolarining, 

birinchi  navbatda  Rossiyaning  qiziqishlariga  sabab  bo'lgan  omillarni  o'rganish; 

shakllangan hamkorlik mexanizmining keyingi rivojlanishini va mukammallashuv 

imkoniyatlarini  aniqlash;  parallel  hududiy  birlashmalar  shart-sharoitida  ShHT 

a'zolarining  iqtisodiy  hamkorlikdagi  istiqbollarini  va  kelajagini  aniqlash, 

shuningdek  ASEAN  va  ATES  bilan  hamkorlikni  rivojlantirish  istiqbollarini 

aniqlash. 

Alohida  geografik  hududda  bir  nechta  hududiy  tashkilotlarning  faoliyati  -

zamonaviy  hududiylashuv  jarayonlarining  istiqbollari  biri.  Bu  narsa  Markaziy 

Osiyo hududida hududiylashuv jarayonini tasdiqlaydi. 

ShHT  hududiy  tashkilotlarning  loyihaviy  turiga  kiradi,  qaysiki  YevroOsIH 

funksiyalarini to'ldiradi. 

ShHT  a'zo-davlatlarining  o'zaro  iqtisodiy  munosabatlarining  keyingi 

rivojlanish  istiqbollari  katta  ahamiyatga  ega.  Barcha  ishtrokchi  davlatlarning 

qiziqishlari  ShHT  ni  to'liq  ishga  tushishiga  va  kengayishiga,  ko'p  tomonlama 

hamkorlikning rivojlanishiga qaratilgan. 

Rossiya va Xitoy tomonlarining Markaziy Osiyoda o'z qiziqishlarini kelishib 

olishlari  kerak,  xalqaro  dasturlarni  amalga  oshirishda  vujudga  keladigan  qarama-

qarshiliklarni hal qila oladigan mexanizm yaratish kerak

66



ShHT  istiqbollari  uning  hududiy  kengayishi  bilan,  Tashkilot  ichidagi 

hamkorlikning  rivojlanishi  bilan  bog'liq.  U  yoki  bu  yo'nalishni  tanlash  ishtrokchi 

                                                           

66

 www.sectsco.org. 




70 

 

davlatlar  qiziqishidan,  shuningdek  hududda  mavjud  bo'lgan  birinchi  navbatad 



YevroOsIH va boshqa tashkilotlar funksiyalarining rivojlanishdan kelib chiqadi. 

Rossiyaning  qiziqishlariga  ko'ra  ShHT  hududda  va  dunyoda  o'z  o'rnini 

mustahkamlashi  kerak  va  shu  bilan  birga  iqtisod  rivoji  uchun  qulay  sharoitni 

yaratishi kerak. 

 

 

 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish