Nazorat uchun savollar.
1.AQSH dagi fuqarolar urushi (1861-1865-yy) Buxoro iqtisodiyotiga taʼsiri
qanday boʻladi?
2. 1858 yilda N.Ignat‘ev boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan missiyaning
asosiy maqsadi nimada edi?
3. 1848 yilda Rossiyaga yuborilgan Buxoro elchisi Mirza Xayrullaga berilgan
yorliqda nimalar aks etgan
4. N. Zalesovning asarida
berilgan
ma‘lumotlar nimalar haqida bayon
etilgan?
5-MАVZU. XIX АSRNING 30—40-YILLАRIDА XIVА XONLIGI BILАN
ROSSIYA O‘RTАSIDАGI SАVDO АLOQАLАRI HАQIDА
Reja
1.Xiva xonlngi bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va savdo
aloqalari
2.Rossiya bozoriga bog‘lanib borishi va mamlakatda rus sanoat mollariga
bo‘lgan ehtiyojning oshishi
XIX asrning ikkinchi choragn Xiva xonlngi bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar tarixida, birinchidan, ikki o‘rtadagi iqtisodiy aloqalarning avvalgiga
nnsbatan yanada rivojlanishi, Xiva xonligi ekonomikasining Rossiya bozoriga
bog‘lanib borishi va mamlakatda rus sanoat mollariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi
bilan, ikkinchidan, O‘rta Osiyoda Rossiya nufuzining o‘sishi va bunga qarshi
Аngliyaning O‘rta Osiyoda, shu jumladan Xiva xonligida agressiv qarakatlarining
kuchayishi hamda bunga javoban O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiya bilan yanada
yaqinlashishlari bilan xarakterlanadi.
XIX asrning ikkinchi choragida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
munosabatlar haqida so‘zlar ekanmiz, avvalo bu munosabatlar asosini tashkil etgan
iqtisodiy aloqalar va bu aloqalarning manbalari ustida bir oz to‘xtab o‘tamiz.
XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida Rossiya O‘rta Osiyodan asosan ip
kiritgan bo‘lsa, XIX asrning ikkinchi choragida Rossiyaning ipga muhtojligi
kamayadi va ipning o‘rniga ham ko‘proq paxta ola boshlaydi. Rossiya sanoatining
taraqqiy etib, uning xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan talabining oshib borishi
bilan o‘sib kelayotgan Rossiya sanoatini paxta, marena va shunga o‘xshash boshqa
xil xomashyo mahsulotlari bilan ta‘minlashda O‘rta Osiyoning ahamiyati
kuchayadi. Qoloq feodal davlatlar hisoblangan O‘rta Osiyo xonliklariga, shu
jumladan, Xiva xonligiga ham o‘zining xomashyo mahsulotlarini, qo‘proq to‘qima
mollarini sotish uchun Rossiya bozorining ahamiyati ortdi.
Rossiya bilan bo‘ladigan savdo O‘rta Osiyo xonliklardning xalq xo‘jaliklari
uchun katta ahamiyatga ega edi. Rossiyadan olinadigan metall buyumlaridan xalq
xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asboblar ishlanar edi. Bu esa O‘rta Osiyo
xonliklarida aishloq xo‘jaligining rivojlanishiga zo‘r ta‘sir etadi
X[X asrning ikkinchi choragi davomida Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari, shu
jumladan, Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo aloqasining xarakterlik belgilaridan biri
shuki, O‘rta Osiyodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlar ichida kalavaga
nisbagan paxta va Rossiyadan O‘rta Osiyoga olib kelinadigan mollar orasida
tayyor sanoat mollarning chiharilishi orta boradi.
1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga kiritilgan mahsulotlarning
50-60 protsentini tayyor mahsulot tashkil etgan.
Rossiya bilan O‘rta Osiyo savdosidagi bu ahvol XIX asrning 40-50-yillariga
kelganda yanada kuchayadi. Bu vaqtlarda Rossiyadan O‘rta Osiyoga
chiqariladigan mahsulotlarning 60-80 protsenti tayyor mahsulotdan iborat bo‘lgan.
Masalan: Rossiya umumiy eksportining 15 protsentini metall va metall
asboblar, 30 protsentini to‘qima ip-gazlama, 12 protsentini charm, 22 protsentini
oltin, kumush pullar tashkil etgan. Bu davrlarda Rossiyadan O‘rta Osiyoga ip-
gazlama, sherst kabi to‘qima mollarni chiqarish kuchayadi va Rossiyaning
eksportida bu mollar birinchi o‘rinni oladi. Shuningdek, metall asboblar chiqarish
ham ortib boradi. Ko‘rsatilgan davr ichida O‘rta Osiyodan Rossiyaga
chiqariladigan mahsulotlarning 30 protsentini paxta va kalava, 45 protsentini
mahalliy to‘qima mollar, 12 protsentini turli mo‘ynalar tashkil etadi.
Mana shu faktik dalillarga asosan Rossiya bilan bo‘ladigan savdo Xiva
xonligining ehtiyojini qoplashda juda katta ahamiyatga ega edi.
Bu davrda O‘rta Osiyo xonliklari uchun Аngliya bilan savdo qilishdan ko‘ra
Rossiya bilan savdo qilish manfaatliroq edi. Chunki, Rossiya savdogarlari O‘rta
Osiyo xonliklariga kiritilgan mollarinnng evaziga O‘rta Osiyo xonliklarida
yetishtiriladigan mahsulotlarning ichida eng asosiysi hisoblangan paxtani
Rossiyaga tortar edilar. Ingliz savdogarlari esa, O‘rta Osiyo xonliklari bilan
bevosita savdo aloqalarini olib bormas edilar. Ularning mollari O‘rta Osiyoga
Rossiya, Аfg‘oniston va Eron orqali o‘tar edi. Shuningdek, ular o‘z to‘qimachilik.
sanoatlarini, asosan, Аmerika va Hindiston paxtasi bilan ta‘min etardilar.
O‘rta Osiyo bilan Rossiya o‘rtasidagi savdoning taraqqiyotida ikki davlat
o‘rtasidagi aloqalarning juda qadim davrlardan beri mavjud bo‘lib kelishi va bu
aloqalarning yildan-yilga mustahkamlanib borishi, shuningdek, Rossiyaning O‘rta
Osiyoga. nisbatan tutgan geografik mavqii muhim ahamiyatga ega edi.
Rossiya bilan savdo qilish har ikkala mamlakatning savdogarlariga ham juda katta
foyda keltirar edi.
Bu vaqtlarda Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo alohalari Xiva -
Orenburg, qisman Xiva - Manqishloq va Аstraxan‘ yo‘llari orqali olib borilardi.
O‘zbek xonliklarining Rossiya bilan bo‘lgan savdosining ko‘zga tashlanarlik
xususiyatlaridan biri shu ediki, mazkur savdo mahalliy feodallar, xon va uning bir
guruh amaldorlari qo‘llarida bo‘lib, Rossiyaga mol olib kelgan O‘rta Osiyo
savdogarlari esa mazkur feodallarning pullarini ishlatuvchi komissionerlardan
iborat edilar. Bu hol O‘rta Osiyoda savdo qilish uchun rus savdogariga yengilliklar
berish, chunonchi, savdo bojini kamaytirish, rus savdogarlariga O‘rta Osiyo
xonliklarida erkin savdo qilish huquqini berish to‘g‘risidagi masala yuzasidan
Rossiya bilan olib borilgan muzokaralarda O‘rta Osiyo xonlari bu savdoda
mopopoliyani yo‘qotishdan qo‘rqib, Rossiyaning talabini qondirmasliklariga olib
keldi.
O‘rta Osiyo bilan savdo qilayotgan rus savdogarlari esa ko‘p vaqtlardan beri
O‘rta Osiyo bilan bevosita savdo qilish, ikki o‘rtadagi savdoda O‘rta Osiyo
savdogarlarining vositachiliklarini cheklashga harakat qilar edi. Xiva hukumati
esa, ikki o‘rtadagi savdoda ustunlikni va Rossiyaning Buxoro bilan bo‘ladigan
savdosida vositachilikni qo‘ldan berishni istamay, Rossiya bilan bo‘ladigan savdo
aloqalaridan naqadar manfaatdor va rus sanoat mollariga muhtoj bo‘lishligiga
qaramay, ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga, shuningdek Rossiyaning Buxoro
bilan bo‘ladigan savdosiga xalal yetkazib turadi.
Xiva xonlari o‘z emissarlarini mulla niqobi ostida savdo karvonlariga
qo‘shib Qozog‘iston cho‘llariga yuborib, u yerdagi reakitson feodallar homiyligida
qozoq qabilalari orasida bir-birlariga dushmanlik, diniy fanatizm tarqatar va kozoq
sultonlarini Buxoro karvonlarini talashga, rus fuqarolarini asir etib, qul bozorlarida
sotish ishlariga rag‘batlantirdilar
Xiva hukmdorlari qozoq cho‘llarida talovchilarga, isyonchilarga homiylik
qilib, ularga xonlikdan boshpana berardilar, qozoqlarning ichki ishlariga aralashib,
soliq yig‘uvchi amaldorlarini yuborib, ulardan majburiy suratda xiroj yig‘ardilar.
Xiva xonligining qo‘l ostidagi qaroqchilar esa hech qanday sababsiz va asossiz
Orenburg liniyasidan va Qaspiy dengizining atroflaridan tinch yashovchi ruslarni
asir olib, Xiva xonligining Urganch, Hazorasp, Xonqo kabi qul bozorlarida
sotardilar.
Xiva hukumati tomonidan sodir bo‘lgan bunday tartibsizliklar to‘g‘risida rus
harbiy yozuvchilari N.Zalesov va Ivanin o‘z asarlarida ko‘pgina faktik
ma‘lumotlar beradilar. Bu mualliflarning asarlari ustida keyinroq mufassal to‘xtab
o‘tamiz.
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi
Xiva xonligi ekonomikasining Rossiya bozoriga qaram bo‘lishini kuchaytirdi.
Masalan, 1836-1840 yillarda Xiva xonligining Rossiya bnlan aloqasi buziladi va
Perovskiyning Xivaga yurishi natijasida Xiva xonligining Rossiya bilan bo‘lgan
savdosi vaqtincha to‘xtab qoladi. Mamlakatning ehtiyoji uchun kerakli mollarning
Buxoro va Qo‘qon savdogarlari orqali olinishi Xiva savdosiga juda katta zarar
yetkazdi. Xiva xonligida rus mollarining narxi ikki, uch baravar qimmatlashadi,
aksincha, Xiva xonligining o‘zida yetishtiriladigan xomashyo mahsulotlarining
narxi ikki baravar arzonlashadi.
Rossiyadan chiqariladigan mollar o‘zbek xonliklarida juda keng tarqalgan
edi. K.Marks va F.Engel‘s, Rossiya mollari Hind daryosigacha borib tarqaldi, hatto
ba‘zi yerlarda ingliz mollaridan ham ustunlik qildi, deb yozadilar.
1858 yili Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan N.Ignat‘ev missiyasida
qatnashgan N.Zalesov Xiva shahari do‘konlaridagi mollarning asosiy qismini rus
fabrikasida tayyorlangan mollar tashkil etganligini so‘zlab, Eron orqali kiritilgan
ingliz choyi va dokasidan tash qari hech qanday Yevropa mollari yo‘qligini aytadi.
Iqtisodiy aloqaning rivojlanishi bilan ikki o‘rtada dip lomatik aloqalar ham
kuchaydi.
XIX asrning birinchi yarmida Rossiyadan Xiva xonligiga 3 missiya, za
Xivadan Rossiyaga 4 elchi yuboriladi.
Rossiyadan yuborilgan missiyalarning asosiy vazifalari: savdo aloqalarini
rivojlantirish, savdo poshlinalarini kamaytirish, savdo yo‘llari xavfsizligini
ta‘minlash, Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish, xonlik haqida strategik va
harbiy ma‘lumotlar to‘plashdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, bu missiyalarning
yuborilishiga sabab, ingliz kolonizatorlarining bu xonliklarda siyosiy va iqtisodiy
jihatdan o‘rganib olingan, O‘rta Osiyo xonliklarini birlashtirib, Rossiyaga qarshi
koalitsiya tuzish hamda, Rossiya bilan bo‘lajak kurashda O‘rta Osiyoni harbiy
platsdarmga aylantirish uchun olib borayotgan agressiv harakatlariga qarshi
kurashishdan iborat edi.
Xulosa qilib aytganimizda, XIX asrning ikkinchi choragida Rossiyada
to‘qimachilik sanoatining taraqqiy etishi munosabati bilan uning xomashyo
mahsulotlariga bo‘lgan talabi oshdi. Xiva xonligi uchun o‘zining xomashyo
mahsulotlarini sotishda Rossiya bozorining ahamiyati oshdi va ikki o‘rtadagi aloqa
yanada rivojlandi. Shuningdek, XIX asrning ikkinchi choragida Xiva xonligi bilan
Rossiya o‘rtasidagi yahinlashish va Rossiyaning O‘rta Osiyoda, shu jumladan Xiva
xonligida nufuzining oshishi tajovuzkor Аngliyaning g‘azabini keltirdi. Аngliya
mustamlakachilari O‘rta Osiyo xonliklarida o‘z hukmronliklarini o‘rnatish va bu
xonliklarni Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atish sohasida aktiv ish olib bordilar. Biroq,
ingliz mustamlakachilarining bu harakatlari O‘rta Osiyo xonliklarida, shu jumladan
Xiva xonligida to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Xiva xonligi Rossiya bilan yanada
yaqinlashdi, ikki o‘rtadagi savdo va diplomatik aloqalar yanada rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |