Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,22 Mb.
#937754
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

Nazorat savollar: 
1.Qaysi tarixchining asari rus sharqshunoslariga 1876-yilda Parijda nashr 
etilgandan so‘ng ma‘lum bo‘lgan edi? 
2.Miralouddin boshliq elchilik missiyasi qaysi Buxoro hukmdori buyrug‘i bilan 
Rossiyaga yuborilgan edi? 
3.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro va Rossiya uchun o‘zaro elchilik 
munosabatlarini o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qanday bo‘lgan edi? 
4.Qaysi asarda 1820-yilda А.F.Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan 
diplomatik missiya to‘g‘risida ma‘lumotlar keltiriladi? 
5.O‘z asarida ―Bizning sayohatimiz shunchalik ko‘ngilli bo‘ldiki, biz uni eslab 
afsuslanishimiz ham mumkin‖ deb yozib qoldirgan rus missiyasi boshlig‘i kim 
edi? 
6.Amir Haydar tomonidan qaysi asar rus missiyasining boshlig‘iga hadya qilingan 
edi? 
7.XIX asrning boshlarida Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchilarning asosiy 
vazifalarini sanab bering? 
8.1840-yilda Buxorodan Peterburgga elchi bo‘lib brogan shaxsni aniqlang? 
9.XIX asrning birinchi choragida Buxorodan Rossiyaga necha marta diplomatik va 
savdo saforatlari yuborilgan edi? 
 
6-MАVZU. XIX-АSRNING 30—50-YILLАRIDА BUXORO XONLIGI 
BILАN ROSSIYA O‘RTАSIDАGI SАVDO VА DIPLOMАTIK АLOQАLАR 
 
Reja: 
1. XIX asr 30-50 yillarda Buxoro-Rossiya iqtisodiy munosabatlarining 
rivojlanishi. 
2. Rossiya-Buxoro munosabatlarining mustahkamlash yo'lidagi elchilik 
aloqalari. 
3. XIX asrning 30-50 yillarida Angiliyaning agressib siyosati bunga Buxoro va 
Rossiya munosabati. 
Tayanch iboralar.
XIX asr 30-50 yillar, 1837-1839 yillar, N Hanikov, XIX 
asr ikkinchi choragi, << Rossiy va Osiyo savdo uyi >>, 1834 yil Demizon, 1836 
yilgi elchilik aloqalari. 


XIX asrning 30-50-yillarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi 
munosabatlar qayd qilinar ekan, avvalo, bu munosabatlarning asosini tashkil etgan 
iqtisodiy aloqalar va ularning umumiy holati ustida biroz to‘xtab o‘tish lozim. 
Bu vaqtlarda Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning asosi: 
paxta, yigirilgan ip va mahalliy to‘qima ip gazlamalardan iborat bo‘lib, paxta bilan 
yigirilgan ip Buxoro eksportining 25 protsentini, ip gazlamalar ham 25 protsentini 
tashkil qilardi. Bulardan tashqari, Buxorodan gilam, har xil mo‘ynalar va quruq 
mevalar chiqarilar edi. Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning 
umumiy hajmi 1837-1839 yillar uchun berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha, yiliga, o‘rta 
hisob bilan, 264 ming so‘mdan to 3.550 ming so‘m orasida tebranib turgan bo‘lsa, 
Rossiyadan Buxoroga keltirilgan mahsulotlarning umumiy hajmi yiliga, o‘rta hisob 
bilan olinganda, 1.180 ming so‘mdan to 1 600 mnng so‘mgacha yetib borgan edi. 
Xuddi shu vaqtlarda Rossiyadan Buxoroga chiqariladigan mahsulotlar, 
asosan, to‘qima ip-gazlamlar, movut, charm; metallardan: mis, temir, cho‘yan, 
metall buyumlar, oltin va bo‘yoqdan iborat edi. 
N.Xanikovning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, Rossiyadan Buxoroga 
1830 yilda 1 million 834 ming 571 so‘m 80 tiyini k mol chiqarilgan bo‘lsa, 1840 
yilga kelganda Buxoroga olib kelingan rus mahsulotlarining umumiy hajmi 3 
million 283 ming 654 so‘mgacha oshib borgan edi1. 
Bu ma‘lumotlardan ochiq ko‘rish mumkinki, XIX asrning 30-40-yillari 
davomida Rossiya va Buxoro savdo munosabatlari, bir tomondan, Qozog‘istondagi 
to‘xtovsiz talonchilik, ikkinchi tomondan, Hindistondan ingliz mahsulotlarining 
O‘rta Osiyo bozorlariga, ayniqsa, Buxoroga asta-sekin kirib kelishi va bu yerda rus 
mollariga nisbatan raqobatining keskinlashuviga qaramasdan, bu ikki davlat 
o‘rtasidagi savdo yildan-yilga rivojlanib borar edi. 
Umuman, O‘rta Osiyo savdosi uchun berilgan ayrim ma‘lumotlarga 
qaraganda, bu savdodagi tovar oboroti 1826-1840 yillar ichida ikki baravarga 
yaqin oshgan edi. 
XIX asrning 30-40-yillari davomida Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari 
o‘rtasidagi savdo aloqalarining yangi xarakterli holatlaridan biri: bir tomondan, 
O‘rta Osiyodan Rossiyaga olib boriladigan mahsulotlar ichida paxtaning hajmi 
yigirilgan ipga nisbatan, ikkinchi tomondan, Rossiyadan O‘rta Osiyo bozorlariga 
olib kelinadigan mollarning orasida tayyor mahsulotning, jumladan to‘qima ip-
gazlamalarning solishtirma og‘irligining asta-sekin orta borishidan iborat edi. 
1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga olib kelingan mahsulotlar 
umumiy hajmining 50-60 protsenti tayyor mahsulotdan iborat edi. 
Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarida paydo bo‘lgan bunday 
holat XIX asrning 40-50-yillari davomida yana ham kuchayadi. Bu vaqtlarda 
Rossiyadan O‘rta Osiyoga chiqariladigan mahsulotlar umumiy hajmining 60 
protsentdan to 80 protsentigacha tayyor mahsulot tashkil qilar edi. Masalan, 
Rossiya eksportining 30 protsenti ip-gazlama, 22 protsenti har xil oltin chervon 


puli, 12 protsenti charm va 15 protsenti metall hamda metall buyumlardan iborat 
edi. Shu vaqtlarda O‘rta Osiyodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning 30 
protsentini paxta bilan yigirilgan ip, 45 protsentini mahalliy to‘qima ip-gazlamalar 
va 12 protsentini har xil mo‘ynalar tashkil qilar edi. Bu vaqtlarda Rossiyaga 
chiqariladigan paxtaning umumiy hajmi yigirilgan ipning hajmiga qaraganda, 70 
protsentga yaqin borar edi. 
Demak, XIX asrning 30-50-yillarida Rossiya va O‘rta Osiyo jumladan 
Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Rossiyadan chiqariladigan mollarning ichida 
tayyor mahsulotning, ayniqsa, to‘qima ip gazlamalarning hajmi, O‘rta Osiyodan 
olinadigan mahsulotlarning orasida yigirilgan ipga nisbatan paxtaning hajmi tez 
sur‘at bilan ortmoqda edi. Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda 
paydo bo‘lgan bunday holat, asosan, Rossiyada bu vaqtlarda sanoatning, ayniqsa, 
to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. 
XIX asrning ikkinchi choragi Rossiya sanoatida qo‘lda ishlab chiqarishdan 
mashina ishlab chiqarish texnikasiga o‘tish davri bo‘lib, bu birinchi navbatda 
to‘qimachilik sanoatida boshlangan edi. Аyniqsa, u 1842 yilda ingliz hukumati 
chet davlatlarga mashina chiqarishga ochiqdan-ochiq ruxsat etganidan so‘ng, juda 
rivojlanadi. Masalan, agarda 1841 yilda Rossiyada 20 dona ip yigirish va 224 
to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan bo‘lsa, 1850 yilga kelganda, ip yigirish 
korxonasining soni 15.877 to‘qimachilik korxonasining soni 12.771 ga yetgan 
edi1. 
Rossiya sanoatidagi, jumladan to‘qimachilik sanoatidagi bunday o‘zgarish, 
birinchi navbatda tashqi davlatlarga, ayniqsa, O‘rta Osiyoga chiqariladigan 
mahsulotlarning ichida ko‘proq to‘qimachilik mahsulotlari hajmining oshishiga 
olib kelsa, ikkinchi navbatda, mana shu rivojlanib borayotgan to‘qimachilik sanoati 
uchun ko‘proq xomashyo - paxtaga ehtiyojini oshirib yuborgan edi. Mana shuning 
uchun ham XIX asrning 30-50-yillari davomida Rossiya bilan O‘rta Osiyo, 
jumladan Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Rossiyadan O‘rta Osiyo bozoriga 
olib kelinadigan mahsulotlar ichida sanoat mollarining, birinchi navbatda 
to‘qimachilik mahsulotlarining hajmi ko‘payib, O‘rta Osiyodan Rossiyaga 
chiqariladigan mahsulotlar orasida yarnm fabrikat - yigirilgan ipning hajmiga 
nisbatan xom paxtaning hajmi oshib bormoqda edi. 
Аmmo, Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdo aloqalari juda 
qiyinchiliklar bilan olib borilar edi. Uning normal holati Qozog‘iston cho‘llarida 
tinchlik 
bo‘lishiga, 
Rossiya-Xiva 
hamda 
Xiva-Buxoro 
o‘rtasidagi 
munosabatlarning yaxshi bo‘lishiga bog‘liq edi. «Cho‘ldagi osoyishtalik va qozoq 
o‘rdalari o‘rtasida tinchliksevarlik munosabatlar bo‘lib turishi O‘rta Osiyo 
savdosining rivojlanishiga katta ta‘sir etar edi»,—deb Rossiyaning tashqi savdo 
departamentining otchetlarida qayd qilinar edi. 
Xiva xonligi O‘rta Osiyo va Rossiya savdosida Buxoro xonligiga nisbatan 
ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa ham, lekin u bu savdoda eng muhim rolni o‘ynar edi. 
Chunki, Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi eng qulay va yaqin savdo yo‘llari 


Orenburg va Troitsk shaharlari orqali o‘tib, Orenburg liniyasidan chiqqan 
karvonlar Buxoroga borishda Xiva xonligi territoriyasidan o‘tar edilar. Mana 
shuning uchun ham Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdoning holati, bir tomondan 
Xiva xonligining munosabatlariga bog‘liq edi. Xiva xonligi Buxoroga olib 
boriladigan mollardan tranzit bojlar olar, qozoqlarni bo‘lsa, savdo karvonlarini 
talashga undar, rus hukumatining Qozog‘iston cho‘llarida olib borayotgan tadbir 
va choralariga, qozoq ia turkmanlarni to‘plab, o‘z harbiy kuchlari bilan qarshilik 
qilar edi. Savdo yo‘llaridagi bunday holat Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdoning 
rivojlanishiga, albatta, salbiy ta‘sir etar edi. Bulardan tashqari, Buxoroda rus 
savdogarlaridan Osiyo savdogarlarnga nisbatan juda katta bojlar olinar edi. 
Rossiya va Buxoro savdo aloqalaridagi mavjud bo‘lgan bunday qiyinchiliklar rus 
savdogarlarining O‘rta Osiyo, jumladan Buxoro xonligi bilan bsvosita savdo 
qilishiga to‘sqinlik qilar edi. Shuning uchun ham ular odatda savdoni O‘rta Osiyo 
savdogarlarining vositachiligi bilan olib borar edilar. 
O‘rta Osiyo, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan bo‘lgan savdo munosabatlarining 
borgan sari yuksalishi va Buxoroning rus mollari hamda rus sanoatining xom 
ashyo bozori sifatida ahamiyatining ortishi rus savdogarlarini bevosita Buxoro 
bilan savdo qilishga tortar edi. Natijada, XIX asrning 30-yillaridan boshlab, rus 
savdogarlari O‘rta Osiyo xonliklari bilan bevosita savdo qilishga harakat qilib, 
Rossiya hukumatidan Buxoroda rus savdogarlaridan olinadigan bojlarni 
qisqartirish, Buxoro va Xiva savdo yo‘llarida karvonsaroylar qurish, Buxoroda rus 
elchiligini tashkil qilish hamda O‘rta Osiyoga olib boriladigan mollardan Xivada 
tranzit boj olinmasligi choralarini ko‘rish kabi talablar bilan rus hukumatiga 
murojaat qila boshlagan edilar». 
Rus savdogarlarining bunday talablari Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan 
olib borayotgan tashqi siyosatiga hamda uning "Buxoro bilan diplomatik 
munosabatlariga ta‘sir etmasdan qolmas edi. Rus fabrikantlari ham Rossiya va 
O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirish tarafdori edilar. 
Rossiyada bu vaqtlarga kelib, kapitalistik munosabatlarning yuksalishi bilan o‘sib 
kelayotgan maqalliy rus burjuaziyasining vakillari O‘rta Osiyo savdosida 
burjuaziya manfaatlarini ko‘zda tutuvchi talablar bilan davlatning xonliklarga 
nisbatan olib borayotgan tashqi siyosatiga bir muncha ta‘sir ko‘rsata boshlaydilar. 
Аgarda XIX asrning 30-yillarigacha rus burjuaziyasi davlatning tashqi 
siyosati yuzasidan hukumatga ochiq murojaat qilmagan bo‘lsa, 30-yillarda, ayniqsa 
40-yillarda bu burjuaziyaning ayrim vakillari o‘z sinfi tomonidan Osiyo bilan 
bo‘lgan savdoni yanada rivojlantirish va unda rus mahsulotlarining monopol 
savdosini uyushtirish uchun bir qancha aniq programmalar bilan hukumatga 
murojaat qila boshlagan edi. Rus burjuaziyasining mana shunday vakillaridan biri 
bo‘lgan V.Golubkovning butun faoliyati Ye.N.Kushevaning asarida juda ochiq 
yoritilib berilgan. 
V.Golubkov O‘rta Osiyo xonliklari va Hindiston bilan savdoni kuchaytirish 
uchun «Rossiya va Osiyo savdo uyi» nomi bilan aktsiyali savdo kompaniyasining 


tashkil etilishini taklif qiladi. Uning taklifi bo‘yicha, bu savdo kompaniyasiga 
Kaspiy dengizida tanho suzish va Turkiyaning sharqiy qismidan tortib, Eron, 
Аfg‘oniston, O‘rta Osiyo xonliklari orqali Sharqiy Turkiston va umuman 
Hindiston bilan tranzit savdo qilish huquqi berilib, unga rus hukumati tomonidan 
harbiy kuch va pul mablag‘lari bilan yordam berilishi kerak edi. 
XIX asrning 30-40-yillarida rus burjuaziyasining Osiyo davlatlari bilan 
savdo aloqalarini rivojlantirish uchun bunday takliflar bilan chiqishi, asosan, bu 
vaqtlarda Rossiyada sanoat rivojlanishi bilan xomashyoga bo‘lgan muhtojlikning 
ortishiga, va Rossiyada yangi texnika asosida ishlab chiqarilayotgan ortiqcha 
sanoat mollari uchun tashqi bozorning zarurligiga bog‘liq bo‘lib, mana shunday 
bozor sifatida Rossiyaga xizmat qilayotgan O‘rta Osiyo xonliklarida o‘z ta‘sirlarini 
kuchaytirish uchun inglizlarning ham iqtisodiy, ham siyosiy harakatlarining borgan 
sari kuchayishi, rus burjuaziyasining O‘rta Osiyo bozoriga bo‘lgan intilishini bir 
muncha aktivlashtirdi. Shuning uchun ham XIX asrning 30-40-yillariga kelib, 
Rossiya va O‘rta Osiyo munosabatlari tarixida paydo bo‘lgan bundayg vaziyat 
Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosatiga, shuningdek uning 
diplomatik munosabatlariga katta: ta‘sir etgan edi. Endilikda Rossiya oldida O‘rta 
Osiyo bozorlarida rus savdogarlarining monopol savdosini ta‘min etib, u yerda 
Rossiya. ta‘sirini mustahkamlash hamda inglizlarning O‘rta Osiyoga kirib 
kelishiga va u yerda ularning ta‘sirining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifalari 
turar edi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, hammadan avval, Qozog‘istonda 
uzluksiz davom etayotgan feodal kurashlarga va Xiva xonining Qozog‘istondagi 
bunday ahvoldan foydalanib, Qozog‘istonning janubiy rayonlarini o‘z ta‘siriga 
olish maqsadida ayrim qozoq sultonlariga homiylik qilib, ularni Rossiyaga qarshi 
qo‘zg‘atishiga barham berilishi lozim edi. Chunki, Qozog‘istonda hukm 
surayotgan bunday ahvol va Xiva xonligining Rossiyaga nisbatan tutgan bunday 
dushmanlik munosabatlari, birinchidan, Rossiyaniig O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan 
iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishiga, ayniqsa, bu yerda uning ta‘siri 
o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa, ikkinchidan, xuddi shu vaqtlarda O‘rta Osiyo 
bozorini qo‘lga kiritish uchun zo‘r berib urinayotgan ingliz mustamlakachilarining 
o‘taketgan agressiv planlarining amalga oshishini osonlashtirar edi. 
Mana shuning uchun XIX asrning 30-50-yillarida Rossiyaning Qozog‘iston 
va Xiva xonligiga bo‘lgan siyosati keskin tus ola boshlagan edi. Bu vaqtlarda 
Rossiya qozoq sultonlarining siyosiy hukmronligini batamom cheklab, 
Qozog‘istonda Rossiyaning siyosiy hukmronligini o‘rnatish, shuningdek, Xiva 
xonligini biroz bo‘lsa ham siyosiy tomondan bo‘ysundirib, Rossiya ta‘siriga 
olishga harakat qila boshladi. 
XIX asrning 30-50-yillarida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi 
diplomatik munosabatlar qayd qilinar ekan, albatta, Rossiyaning Qozog‘istonga va 
Xiva xonligiga nisbatan tutgan siyosati va u yerda o‘z ta‘sirini o‘rnatish uchun olib 
borayotgan amaliy ishlariga Buxoro xonligining qanday munosabatda bo‘lgani 
ustida biroz to‘xtab o‘tmoq lozim. Chunki, Buxoroning Rossiya bilan bo‘lgan 


iqtisodiy munosabatlarining yuksalishi ham, bir tomondan, Qozog‘istonda 
osoyishtalik o‘rnatilishi va Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqaning 
yaxshilanishiga bog‘liq edi. 
Аgarda Qozog‘istonda feodal g‘alayonlar kuchayib, Xiva va qozoqlarning 
birlashgan guruhlari tomonidan savdo karvonlari talonchilikka uchrab, Rossiya va 
Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlariga putur yetkaziladigan bo‘lib qolsa, 
Buxoro xonlari Rossiyaga o‘z elchilarini yuborib, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo 
aloqalariga to‘sqinlik qilayotgan Xiva xonlaridan qozoq sultonlaridan shikoyat 
qilar va ularning bu ishlariga Rossiya hukumati tomonidan barham berilishini 
iltimos qilar edilar. 
1836 yilda Orenburg shahriga kelgan Buxoro elchisi Boltaqulibek rus 
hukumatidan xivaliklarning savdo yo‘lida olib borayotgan talonchilik harakatlariga 
qarshi kurash boshlashini iltimos qilib, Buxoro amirining ham bu kurashda 
Rossiyaga yordam berishi mumkinligini bayon qilgan edi. Shuning uchun ham 
Qozog‘istonda feodal kurashlar kuchaygan va Xiva xonligining Rossiya bilan ham, 
Buxoro bilan ham munosabati keskinlashgan, shuningdek O‘rta Osiyoda 
inglizlarning tajovuzkorlik harakatlari tobora avj olayotgan bir vaqtda, Rossiyaning 
Qozog‘iston va Xiva xonligiga nisbatan tutayotgan siyosatiga Buxoro xonligining 
qanday munosabatda bo‘lishi Rossiya-Buxoro diplomatik munosabatlarining 
asosiy tomonlaridan birini tashkil qilar edi. 
Rossiya hukumati ham bu vaqtlarda Xiva xonligi bilan munosabatlarining 
keskinlashuvi sababli, Buxoro xonligi bilan aloqani mustahkamlash tarafdori edi. 
1834 yilda rus hukumati Buxoroga P.I.Demizonni yuborgan edi. Аdabiyotlarda 
ko‘rsatilishicha, P.I.Demizon Buxoroga Mirza
J a‘f ar nomi bilan tatar mullasi
niqobi ostida keladi. Аmmo P.I.Demizonning bunday niqob bilan yuborilishining 
sababi ma‘lum emas. Bizning fikrimizcha, u islom dini va sh arq urf-odatlari bilan 
tanish bo‘lganligi uchun Buxoroda bemalol yurib ma‘lumot to‘plash maqsadida 
bunday niqob ostida yuborilgan bo‘lsa kerak. Garchi Buxoro hukumati 
P.I.Demizonga shubha bilan qarab, unn biroz adovat bilan qarshi olgan bo‘lsa ham, 
lekin amir Nasrullo Rossiya bilan Xiva o‘rtasida urush «kelib chiqqan vaqtda 
Buxoroning betaraf bo‘lishiga va‘da qilgan edi. 
Аmir Nasrulloning rus elchisiga bergan bu javobi, birinchidan, Rossiya Xiva 
bilan to‘qnashib qolgudek bo‘lsa, Buxoro xonligi bunga qanday munosabatda 
bo‘lishini aniqlash P.I.Demizonga topshirilganidan, ikkinchidan esa, Xiva 
xonligiga nisbatan Rossiyaning olib borayotgan siyosatiga Buxoro hukumati bir 
muncha moyil ekanidan darak berar edi. 
1835 yilning kuzida Rossiyadan Buxoroga praporshik Vitkevich boshliq rus 
elchiligi yuborildi. Аmmo, bu elchilikning yuborilish sabablari va uning oldiga 
qo‘yilgan vazifalar hamda elchining Buxoroda olib borgan ishlari to‘g‘risida 
ommabop adabiyotlarda hech qanday ma‘lumot berilmaydi. Har holda, rus elchiligi 
Buxoroda inglizlarning tajovuzkorlik harakatlari kuchayib, Rossiyaning O‘rta 
Osiyo bozorlaridagi manfaatlariga xavf tug‘dirayotganligi sababli, inglizlarning bu 


harakatlariga Buxoro hokim doiralarining qanday munosabatda ekanini aniqlash va 
Buxoroda ingliz ta‘sirining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yuborilgan edi. 
Buxoro hukumati inglizlarning O‘rta Osiyoda agressiv harakatlarining kuchayishi 
Buxoro 
xonligining mustaqilligi uchun juda xavfli ekanini, xonlik o‘zi yakka 
holda ularning bu agressiv ishlariga qarshilik ko‘rsata olmasdan, Аngliya ta‘siriga 
o‘tib ketishi mumkinligini, buning uchun Rossiyaga yaqinlashish kerakligini va 
Rossiya homiyligining zarurligini yaxshi sezar edi. Mana shu sabablarga ko‘ra, 
Buxoro amiri Rossiya bilan diplomatik aloqani mustahkamlab, vaqti kelganda 
Rossiyaning yordamidan foydalanish maqsadida, Buxoro xonligida paydo bo‘lgan 
barcha yangiliklardan, chunonchi, ingliz agentlarining Buxoroga kelishi va 
ularning Buxoro hukumatiga qilgan takliflari haqida rus hukumatini xabardor qilar, 
hatto inglizlarga qanday javob qaytarish kerakligi haqida undan maslahatlar ham 
so‘rar edi. 
1836 yilda Rossiyaning Orsk qal‘asiga kelgan Buxoro elchisi qorovulbegi 
Qurbonbek, inglizlar Hindiston orqali Buxoroga o‘z agentlarini yuborib, 
buxoroliklar uchun kerakli sanoat mollarini eng arzon narxlar bilan olib kelishga 
amirni ishontirishga va u bilan shartnoma tuzishga zo‘r berib urinayotgani, hamda 
Ranjit-Sing tomonidan Аfg‘oniston hokimi xavfga uchrab, bu umumiy dushmanga 
qarshi kurashda Buxoro bilan ittifoq tuzish uchun uning qilgan taklifi haqida rus 
hukumatini xabardor etib qo‘yish uchun yuborilganligi to‘g‘risida bayon qiladi. 
Buxoro elchisiga javoban rus hukumati, o‘z mustaqilligini tashqi dushmandan 
mudofaa etish uchun Buxoro xonligining Osiyo davlatlari bilan ittifoqda bo‘lishini 
Rossiya doimo quvvatlaydi, deb maslahat bergan edi. 
Rossiyada Buxoro elchisiga berilgan bu javobdan, o‘zaro diplomatik 
aloqalarning mustahkamlanishi natijasida bu ikki davlatning Ranjit-Sing orqasida 
turgan umumiy dushman - Аngliyaning O‘rta Osiyoga kirib kelishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun hamkorlik bilan va bamaslahat ish olib borganini hamda 
inglizlarga qarshi kurashda Rrssiya Buxoroning boshqa Osiyo davatlari, jumladan 
Аfg‘oniston bilan ham ittifoqda bo‘lishiga moyil ekanini ochiq-oydin ko‘rish 
mumkin. 
Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi diplomatik aloqalar, ayniqsa, Rossiyaning 
Xiva 
xonligiga 
qarshi 
qurolli 
yurish 
uyushtirgan 
vaqtlarida 
yanada 
mustahkamlangan edi. Chunki, bu vaqtlarda Xiva xonligida inglizlarning agressiv 
harakatlari kuchaygan bo‘lib, bu voqea Buxoro hukumatini xavfga solmoqda' edi. 
Аgarda Xiva xonligi inglizlar ta‘siriga o‘tib qolgudek bo‘lsa, Buxoroning Rossiya 
bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalari juda og‘ir bir ahvolga tushib qolishi mumkinligini 
buxoroliklar yaxshi tushunar edilar. Mana shuning uchun ham Buxoro hukumati 
Rossiyaning Xiva xonligiga qarshi qurolli kuch bilan yurish uyushtirishiga ham 
tarafdor bo‘lgan. Rossiya bilan munosabatning keskinlashishidan qo‘rqib, unga 
qarshi Buxoro bilan ittifoq tuzish uchun Xiva xonining qilgan taklifini Buxoro 
amiri Nasrullo qaytaribgina qolmasdan, Rossiyani bu voqeadan xabardor etib 


qo‘yish uchun 1838 yilda Rossiyaga yuborilgan o‘z elchisi Boltaqulibekka bu 
xabarni yetkazishni maxsus bir vazifa sifatida topshirgan edi. 
XIX asrning 30-40-yillarida Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi 
munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida bu ikki davlatning faqat o‘zaro 
iqtisodiy va diplomatik aloqalarigina emas, balki madaniy aloqalari ham rivoj 
topmoqda edi. Buxoro hukumati Rossiyaning texnikada ham, madaniyatda ham, 
diplomatiyada ham Buxorodan ustunligini anchagina tushunib qolgan edi. Bu 
vaqtlarda amir Nasrullo Buxoro xonligi territoriyasida yerosti qazilma boyliklarini 
izlab topish va ulardan foydalanish maqsadida 1838 yilda Rossiyaga elchi qilib 
yuborilgan Boltaqulibek orqali rus hukumatidan Buxoroga tog‘ injenerlari 
yuborishini iltimos qilgan edi. 
Аmir Nasrulloning Rossiyadan Buxoroga tog‘ injenerlarini taklif etishi, 
Buxoro 
xonligi 
va 
Rossiya 
o‘rtasidagi aloqalar tarixida eng yirik 
muvaffaqiyatlardan biri edi. Buxoro amirining bu taklifini bajarish uchun 
Buxoroga tog‘ injenerlari yuborishga rus hukumati rozilik bildiradi va 1839 yilning 
aprel‘ oyida Buxoroga tog‘ injeneri kapitan Kovalevskiy rahbarligida, kapitan 
Gerngress, tarjimon, kon texnigi, ikki ishchi va to‘rt kazakdan iborat maxsus 
ekspeditsiya uyushtiradi.
Tog‘ injenerlaridan tashkil topgan bu ekspeditsiya faqatgina Buxoro 
amirining taklifiga binoan uyushtirilmasdan, balki Rossiyaning Buxoro bilan 
bevosita savdo qilish va u yerda Rossiya ta‘sirini o‘rnatib, inglizlarning bundan 
keyingi siqilib kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi maqsadlarni amalga oshirish 
uchun Buxoroga yuborilgan edi, 
Shunday qilib, XIX asrning 30-40-yillarida Rossiyada sanoatning 
rivojlanishi bnlan xomashyoga bo‘lgan talabning ortishi va buning ustiga bunday 
xomashyo manbai va sanoat mollarining bozori bo‘lgan O‘rta Osiyoda ingliz 
imperializmining tajovuzkorlik va qo‘poruvchilik harakatlarining kuchayishi rus 
hukumatining O‘rta Osiyo xonliklariga, jumladan Buxoro xonligiga nisbatan 
tutgan siyosatida va u bilan olib borgap diplomatik aloqalarida keskin o‘zgarish 
yasadi. Bu vaqtlarda rus hukumati O‘rta Osiyoda ingliz ta‘sirining o‘rnatilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo O‘rta Osiyo xonliklarini iqtisodiy jihatdan o‘ziga 
bo‘ysundirib, asta-sekin Rossiyaning siyosiy hukmronligini ham o‘rnatish asosida, 
iqtisodiy va diplomatik aloqalarni kengaytirib bordi. 
Garchi rus hukumatining bu harakatlari O‘rta Osiyoni bosib olnshga va O‘rta 
Osiyo xalqlarining bo‘yinlariga kolonial sirtmog‘ini solishga qaratilgan bo‘lsa 
ham, lekin bu harakatlar O‘rta Osiyo xalqlarining tarixida eng yuksak va eng 
progressiv hodisaga, ya‘ni O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shilishiga va bu yerda 
yashovchi xalqlarning, jumladan o‘zbeklarning rus xalqiga yondoshishiga olib 
kelmoqda edi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish