Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti «arxeologiya» kafedrasi



Download 73,22 Kb.
bet8/11
Sana26.02.2022
Hajmi73,22 Kb.
#469835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARUFOVA YULDUZ KURS ISHI JAXON MADANIYATI TIZIMIDA O\'ZB ARXEOLOGIYASI

Arxeolog-olim Boqijon Matboboev
Iqtidorli arxeolog va tarixchi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya
institutining bo’lim boshlig’i B.H.Matboboev 1955-yilning 25-avgustida Andijon
viloyati Izboskan tumanining To’rtko’l qishlog’ida oddiy dehqon oilasida dunyoga
keldi. O’rta maktabni tugallagandan keyin Andijon Davlat universiteti tarix
fakultetini 1977-yilda tugalladi. 1979-yildan boshlab O’zbekiston Fanlar
akademiyasi Arxeologiya institutiga ishga kiradi. 1985-yilda SSSR Fanlar
akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo’limida «Chust madaniyatining
lokal variantlari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1986-yildan hozirgi payitgacha B.Matboboev O’zbekiston Fanlar
akademiyasi Arxeologiya institutida avval katta ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim
va hozirda bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishlab kelmoqda. Shu paytgacha
Farg’ona vodiysi qadimgi va ilk o’rta asrlar arxeologiyasini rivojlantirishga
o’zining juda katta hissasini qo’shib kelmoqda. Ayniqsa o’rta asrlarga taluqli
yodgorlik Quvada, Andijon shahri xududida olib borgan izlanishlari juda katta
ahamiyatga ega bo’lgan natijalarni bergan bo’lsa, Andijon va Namangan viloyati
xududida olib borgan razvedka ishlari juda ko’plab yangi yodgorliklarni
topilishiga, va ayniqsa butun vodiyni arxeologik jihatdan qayta rayonlashtirish
ishlariga katta foydasi tegdi.
B.H.Matboboevning ilmiy faoliyatini butun dunyoga yoyishda Pop
tumanidagi Mo’nchoqtepa yodgorligida olib borgan ilmiy izlanishlari katta o’rin
egallaydi. Bu yodgorlikda O’rta Osiyo arxeologiyasi tarixida birinchi marta ilk
o’rta asrlarga oid qamishdan yasalgan tobutlarga qo’yilgan xilxonalar topilgan
bo’lib, ularga qo’yilgan paxta va ipak matolar, yog’och buyumlar, turli
novdalardan to’qilgan savatlar yaxshi saqlanib qolgan edi. Bu narsa O’rta Osiyo
arxeologiyasi tarixida birinchi marta xo’jalikda ishlatilgan va shu kungacha
ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan buyumlarning turlari, hunarmandchilikning
noma’lum sohalarini anglab yetishga imkon berdi.
B.X.Matboboevning Farg’onaning ilk o’rta asrga oid yodgorliklarida olib
borgan ilmiy izlanishlarining natijalari uning 2009-yilda himoya qilgan
«Farg’onaning ilk o’rta asrlar madaniyati (V-VIII asrlarga oid arxeologik
manbalarni tarixiy talqini) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Bu dissertatsiyada to’plangan asosiy ilmiy g’oyalar B.Matboboevning
o’zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida chiqarilgan 8 ortiq monografiyasida, 200 dan
ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalarida o’z aksini topgan.
B.H.Matboboev katta ilmiy va ilmiy pedagogik ishlarni olib borish bilan birga
ilmiy-tashkiliy ishlarni ham olib bormoqda. Arxeologiya institutida doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilish Kengashining azosi, «O’zbekiston moddiy
madaniyati tarixi» to’plami, « O’zbekiston arxeologiyasi» jurnali, « O’zbekistonda
arxeologik tadqiqotlar» to’plamlarining tah’ririyati a’zosidir.
B.H.Matboboev keyingi yillarda Xalkaro Bobur fondi uyushtirgan sohibqiron
Amir Temurning Oltin o’rda xonligi va To’xtamishxonga qarshi qilgan janglarini
o’rganish uchun Qozog’iston va Rossiya xududlaridagi yodgorliklarni o’rganish
uchun uyushtirilgan ekspeditsiyalarida ham aktiv qatnashib kelmoqda.
2012-yildan boshlab Farg’ona vodiysi tarixi va moddiy madaniyatini
o’rganish bo’yicha tashkil etilgan O’zbekiston-Xitoy ekspeditsiyasining
67
O’zbekiston tomonidan boshlig’idir.
B.H.Matboboev kelgusidagi ilmiy faoliyatida ham yanada katta
muvaffaqiyatlarga erishadi va bu bilan O’zbekiston arxeologiyasini yanada
rivojlantiradi degan umiddamiz.

Download 73,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish