Bog'liq MARUFOVA YULDUZ KURS ISHI JAXON MADANIYATI TIZIMIDA O\'ZB ARXEOLOGIYASI
Yahyo G’ulomovning izdoshlari Arxeolog-olim, akademik Ahmadali Asqarov. Ahmadali Asqarov 1935-yilning 25-sentyabrida Namangan viloyati Norin
tumanidagi Uchtepa qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. 1953-yili
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini tugallagan. Talabalik
yillarida Yahyo G’ulomovdan eshitgan maruzalari tufayli Ahmadali Asqarovda
tarix va arxeologiyaga qiziqish ortdi.
Ahmadali Asqarov Buxoro, Qarshi, Surxon cho’llarida, Toshkent va
Farg’ona vohalaridan tortib to uzoq Sibir kengliklarigacha bo’lgan xududlarda
ko’plab arxeologik izlanishlar olib borgan fidoiy tadqiqotchi hamdir. U Boyko’l
(Baykal), Krasnoyarsk, Mohindaryo, Janubiy Turkmaniston arxeologik
ekspeditsiyalarining ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashdi.
Ahmadali Asqarovning ilmiy va ilmiy - pedagogik faoliyatini rivojlanishiga
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti tarkibida olib borgan
faoliyati katta rol o’ynadi. Ayniqsa 1970-yilda davlat qarori bilan Respublika
Fanlar akademiyasi tarkibida Arxeologiya institutining tashkil etilishi va bu
institutni tashkil etishni A.Asqarov zimmasiga yuklatilishi A.Asqarovning keyingi
ilmiy-tashkiliy faoliyatiga katta tasir etdi. Arxeologiya institutini Samarqand
shah’rida ochilganligi tufayli ilgari Toshkent shah’rida ishlab kelgan bir qancha
arxeolog ilmiy xodimlar oilaviy sharoitlari tufayli Samarqand shahriga
kelaolmadilar, Bunday sharoitda A.Asqarovning juda katta sa’y-harakatlari bilan
Respublikaning turli oliy o’quv yurtlarini tugallagan yoshlarni Moskva va
Leningradning yirik arxeologlari qo’llarida nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qilish uchun o’nlab mutaxassislarni yuborish
imkoniyatini topdi.
A.Asqarov Samarqanddagi yangi Arxeologiya institutini tashkil etishdagi turli
murakkab masalalar bilan birga o’zining ilmiy ishlarini ham birga olib bordi.
Surxondaryo viloyatining Surxon - Sherobod cho’llarida Sopolli madaniyatiga doir
bir qancha yodgorliklar topib, ularning ilmiy natijalari A.Asqarovni nomini
mashxur qilishda juda katta rol o’ynadi. Uning faoliyatini asosiy natijalari quyidagi
yirik ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi.
1. O’rta Osiyoning bronza va ilk temir davri tarixi va madaniyati masalalari;
2. Qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va ilk davlatchilik masalalari;
3. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi muammolari;
4. Arxeologiya fanining ilmiy-uslubiy va nazariy asoslari;
5. Ko’p jildli fundamental tarixiy asarlarni yaratishdagi ishtiroki;
6. Oriylar muammosi va o’zbek milliy kurashi tarixi;
7. Ilk zardushtiylikning arxeologik materiallarda aks etishi;
8. Akademik A.Asqarovning ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati. Yuqorida
keltirilgan yo’nalishlardan ko’rinib turibdiki, Ahmadali Asqarov xalqimiz tarixi va
arxeologiyasi bo’yicha juda yirik ishlarni qilgan.