Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Belbog’chasizlar kenja tipi – Aclitellata



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Belbog’chasizlar kenja tipi – Aclitellata 
Belbog’chasizlar  kenja  tipiga  kiruvchi  halqali  chuvalchanglarning 
xarakterli  belgilari  ularning  ayrim  jinsli  bo’lishi,  jinsiy  sistemasining  sodda 
tuzilganligi,  jinsiy  segmentlardan  tashkil  topgan  belbog’chaning  bo’lmasligi 
hamda  metamorfoz  yo’li  bilan  rivojlanuvchi,  hilpillovchi  kipriklarga  ega 
bo’lgan troxofora lichinkasining mavjudligidir. 
Kenja tip bitta sinfdan iborat.  
 
Ko’p qilli halqalilar sinfi - Polychaeta 
Halqali chuvalchanglarning turlarga eng boy sinfi  bo’lib, 5300 dan ortiq 
turga  ega  va  aksariyati  dengizlarda  suzib  yoki  suv  tubida  o’rmalab  yoki  suv 
tubidagi  qumga  ko’milib  hayot  kechirishi  bilan  bir  qatorda,  ayrimlari  himoya 
naychalari ichida, ba’zilari esa parazitlik bilan yashashga moslashgan. 
Ko’p  qilli  halqali  chuvalchanglar  yoki  polixetalar  qo’yidagi  belgilari 
bilan xarakterlanadi, ya’ni bosh qismida bir juft palplari bo’ladi. O’troq hayot 
kechiruvchi  guruhlarida  palplar  shoxlangan  ko’p  sonli  o’simtalar  hosil  qiladi. 
Bunday o’simtalar  “jabra” lar deb ataladi. Gavdadagi harbir segment bir juftdan 
sodda  oyoqlarga  ega.  Bunday  oyoqlar  parapodiylar  deyilib,  ularda  qillar 
joylashgan. 
Tuzilishi. Polixetalarning tanasi cho’ziq silindirsimon, lekin dorzoventral 
tomonga  qarab  biroz  qisilgan.  Tanani  tashkil  qiluvchi  halqasimon  segmentlar 
soni  harxil  turlarida  5  tadan  800  tagacha  bo’lishi  mumkin.  Polixetalarning 
oldingi,  og’iz  oldi  bo’limi  -  prostomium  va  orqa,  anal  bo’limi  -  pigidium 
tananing  maxsus  qismlari  hisoblanib,  ular  segmentlarga  (metamerlarga) 
bo’linmagandir. Gavda bo’limini tashkil etuvchi segmentlar esa bir-biriga juda 
ham  o’xshash  (gomonom)  bo’lib,  deyarli  birxil  tuzilishga  va  organlarga  ega. 
O’troq  (naycha  ichida)  hayot  kechiruvchi  polixetalarda  esa  tanasini  harxil 
qismlaridagi segmentlar turlicha (geteronom) bo’ladi. Bunday geteronomiya shu 
chuvalchanglar  tanasining  turli  qismlarini  turlicha  sharoitga  duch  kelishidan 
dalolat beradi.  
Polixetalarning  bosh  bo’limi  prostomiumdan  (og’iz  oldi)  va 
peristomiumdan  (bosh)  iborat.  Prostomiumda  bir  juft  paypaslagichlar  yoki 
palplar  va  bir  juft  (ba’zan  ko’proq)  tuyg’u  organlari  (antennalar)  joylashgan. 
Peristomium  esa  birnecha  (2-3ta)  segmentlarning  qo’shilishidan  hosil  bo’lgan. 


Uning  pastki  (qorin)  tomonida  og’iz  joylashgan.  Shuningdek  peristomiumda 
harxil sonda mo’ylovlar (sirrilar) ham bo’ladi. 
Shuni alohida qayd qilish lozimki, polixetalarda ilk bor tananing oldingi 
qismidagi  birnecha  segmentlarni  o’zaro  qo’shilib,  boshning  shakllanishi 
jarayonini  ko’rish  mumkin.  Bunday  jarayon  sefalizasiya  deyiladi.  Polixetalar 
gavdasidagi  harbir  segmentining  ikki  yonida  tana  devoridan  chiqqan  qilli  va 
qimirlab turadigan o’siqlar bor. Ular parapodiylarlar deyiladi. Bu organlar shu 
chuvalchanglarning  harakatlanish  (lokomotor)  organidir,  chunki  bu  organlar 
suzish,  sudralish  kabi  vazifalarni  bajaradi.  Bundan  tashqari  parapodiylardagi 
qillar yana himoya vazifasini ham o’taydi.  
Tananing anal bo’limida ko’pgina guruhlarida parapodiylar va qillar ham 
bo’lmaydi. Polixetalar tanasi tashqi tomondan yupqa kutikula bilan qoplangan. 
Uning  ostida  bir  qator  epiteliy  joylashgan.  Kutikula  ana  shu  epiteliydan  hosil 
bo’ladi.  Tuban  taraqqiy  etgan  polixetalarda  epiteliy  hujayralari  kipriklar  bilan 
ta’minlangan  bo’ladi.  Epiteliy  ostida  ikki  qavat  (halqasimon  va  bo’ylama) 
muskul  tolalari  joylashgan.  Bo’ylama  muskul  qavati  ichki  yuzasini  bir  qavat 
nozik  peritoneal  epiteliy  hujayralari  qavati  qoplab  olgan  va  u  teri  -  muskul 
xaltasi devorini selomdan ajratib turadi. 
Polixetalarning  ichki  organlar  sistemasi  yaxshi  rivojlangan  va  halqali 
chuvalchanglarga 
xos 
bo’lgan 
barcha 
belgi 
va 
xususiyatlarni 
mujassamlashtirgan.  Polixetalarda  ikkilamchi  gavda  bo’shlig’i  (selom)  yaxlit 
bo’lmasdan  harbir  segmentda  alohida-alohida  takrorlanuvchi  (metamer)  juft 
xaltachalar ko’rinishidadir. Selom xaltachalarining devori ichak ustida va ostida 
o’zaro  qo’shilib,  mezenteriy  (to’siq)  hosil  qiladi.  Ichak  ana  shu  to’siq 
yordamida teri - muskul xaltasi devoriga osilib joylashgan bo’ladi. 
Polixetalar selomi ichida suyuqlik bo’lib, unda amyobasimon hujayralar 
so’zib yuradi. Selom juda ko’p funksiyalarni   bajarishda ishtirok etadi. Birinchi 
navbatda  tananing  ichki  tayanchi  vazifasini  o’taydi.  Shuningdek  u  oziq 
maxsulotlarini  turli  ichki  organlarga  yetkazib  berish,  ajratish  va  jinsiy 
funksiyalarni bajaradi. Selomda tuxum va urug’ hujayralari yetiladi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish