Bu kenja sinf mollyuskalarining jabralari yo’qolib, o’pkalarni hosil qilgan.
Chuchuk suv va quruqlikda yashovchi turlarni o’z ichiga oladi. Germofrodit.
Mantiya majmuiga kiruvchi organlari toq. Kenja sinf 2 ta turkumdan iborat.
O’troq ko’zlilar turkumi – Basommatophora. Bular aksariyat
chuchuk suvlarda yashaydigan shilliqurtlarni o’z ichiga oladi. Ular nafas olish
uchun vaqti-vaqti bilan suv yuzasiga chiqib o’pkasini havo bilan to’ldiradi.
Ko’zlari ikkinchi juft paypaslagichlari asosida joylashgan. Ushbu turkumdan
chuchuk suvlarda, ko’l va hovuzlarda
Lymnayea truncatula va
L. stagnalis
keng tarqalgan. Bu turlarning birin-chisi jigar qurtiga oraliq xo’jayin bo’lishi
bilan e’tiborga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: