Samarqand davlat universiteti sport faoliyati va sanʼat fakulteti musiqa taʼlimi yoʻnalishi 227-guruh talabasi Egamberdiyeva Madinabonuning musiqa tarixi fanidan



Download 10,45 Mb.
Sana28.06.2022
Hajmi10,45 Mb.
#717011
Bog'liq
Abdurahmon Jomiyning musiqaga qo\'shgan

:Abdurahmon Jomiyning musiqaga qo'shgan hissasi


Reja

  1. Abdurahmon Jomiyning tarjimai holi.

  2. Abdurahmon Jomiyning adabiyot soxasiga oid asarlari haqida

  3. “Risolai musiqiy” asari.

  4. Musiqaga qo'shgan hissasi

5. Jomiyning adabiy hamda ilmiy merosi
6. Jomiy–Adabiyotshunos va tilshunos olim


XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo madaniyati, o‘rta asr adabiyoti va musiqasining eng yuksalgan davri ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441—1501) va tojik klassik shoiri va atoqli olimi Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yashagan davr edi. Bu vaqtda temuriylarning ikkinchi yirik madaniyat markazi Hirotda fan, adabiyot va san’at rivojlandi. Sulton Husayn Mirzo (1458—1506) hukmronligi vaqtida shoir va musiqachilarning katta qismi saroyga, xususan, ulug‘ Navoiyning atrofiga to‘plangan edilar. Hirotda she’riyat va musiqa ayniqsa gullab-yashnadi. Bu davrda yaratilgan ko‘psonli she’riyat va musiqa haqidagi asarlar, nazariy risolalar, adabiyot va musiqa madaniyatining yuksak bo‘lganligini tasdiqlaydi. Navoiy va Jomiy zamonasidagi musiqa madaniyati tarixini o‘rganish borasida, musiqa bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan tarixiy, adabiy xarakterdagi asarlar ham asosiy manbalar sifatida juda katta ahamiyatga ega. Bu asarlarda sozanda, xonanda va bastakorlar nomi, o‘sha vaqtlarda iste’molda bo‘lgan sozlar, xon saroylaridagi bazmlar, ommaviy sayil va bayramlarda ijro etilgan ashula va raqslar to‘g‘risida gapiriladi. Sulton Husayn davrida bayramlarda jamiyatning boshqa tabaqalari qatori xunarmandlar ham qatnashib, ko‘chalarda va jamoa to‘planadigan yerlarda ashula hamda o‘yinlar uyushtirardilar.
Mavlono Jomiy tojik xalqining buyuk klassik shoiri va atoqli olimi Mavlono Nuriddin Abdurahmon bin Ahmad al-Jomiy (1414—1492) Nishopur yaqinidagi Jom qishlog‘ida dunyoga kelib, Hirot shahrida ta’lim oladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi. Uning ko‘p qirrali ijodiy faoliyati adabiyot, fan va san’at sohalarida barakali bo‘ldi. Abdurahmon Jomiy juda ko‘p ilmiy va adabiy xarakterdagi kitob va risolalar muallifidir. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan bo‘lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi «Dilkash» (Navoiy ma’lumotiga ko‘ra, «Nizomiya») madrasasiga kirib, o‘z davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qo‘lida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal o‘rgana boshlagan. Keyinroq Jomiy o‘z bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulug‘bek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays qabilardan ta’lim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini xam chuqur o‘rganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yo‘liga kirishni, o‘z bilim va faoliyatini shu yo‘lga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bag‘ishlashni afzal ko‘radi. U o‘ziga pir qilib Shayx Sa’diddin Koshg‘ariy (vafoti—1456)ni tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Sa’diddin Koshg‘ariy tasavvufda Muxammad Naqshband sulukiga mansub edi. J. mashhur sufiylar bilan yaqindan muloqotda bo‘ladi. Muhiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qiladi. O‘zining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband g‘oyalarini shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xo‘ja Ahror bilan yaqin munosabatda bo‘lgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman o‘zini kundalik «Malomatiya» tariqatiga mansub deb xisoblasada, asarlarida Naqshbandga ixlosi baland bo‘lgan. Jomiy Xurosonda temuriylardan Shohrux, Abulqosim Bobur, Abu Said va Husayn Boyqaro podshoxligi davrida yashadi. Xurosonda Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro o‘tirgandan so‘ng Jomiyning mamlakatdagi mavqei juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning ko‘p avlodlari o‘zlarini unga murid, deb e’lon qilganlar.
Abdurahmon Jomiyning ilmiy asarlari orasida musiqaga bag‘ishlanib yozilgan “Risolai musiqiy” (“Musiqa risolasi”) asari musiqa nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ayniqsa maqomlarni o‘rganish borasida diqqatga sazovordir. Abdurahmon Jomiy zo‘r sozanda va bastakor ham bo‘lgan. Professor Fitratning zikr etilgan asarida Jomiy o‘z zamonasida mashhur bo‘lgan “Naqshi Mullo” nomli musiqa asari yaratganligi haqida eslatib o‘tiladi. Bu asar ashula yo‘llaridan biri bo‘lib, Jomiyning bastakor bo‘lganligini tasdiqlaydi. Jomiy musiqa sohasining amaliy va nazariy tomonlarini chuqur egallagan san’atkor edi. Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqiy” asari Navoiyning iltimosi bilan buyuk olimning keksayib qolgan vaqtida yozilgan edi. Navoiy o‘zining “Xamsatul-mutaxayyirin” asarida bu risolaning yuzaga kelishi haqida eslatib o‘tadi. Navoiyning yozishicha, ustod Qulmuhammad Udiy yoshligidan musiqaga havas qo‘ygan va ajoyib kuylar yaratardi. Keyinchalik u juda mashhur san’atkor bo‘lib yetishadi. Buyuk Navoiy shoir va san’atkorlar homiysi sifatida, unga musiqa nazariyasidan ham ma’lumot berishni lozim topadi va bir necha olimlarga musiqa risolasi yozishni tavsiya etadi. Mavjud risolalar juda murakkab va ommabop emas edi. Shuning uchun musiqa nazariyachilaridan mavlono Alishoh (“Aslul-vasl” nomli risola yozgan), Amir Murtoz, Xo‘ja Shahobiddin, Abdulla Marvorid kabilar musiqaga doir risolalar yozadilar. Navoiyga ularning hech biri ma’qul bo‘lmaydi. Oqibatda Navoiyning iltimosi bilan Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqiy” asari yuzaga keladi. Jomiyning risolasi ixcham (hammasi bo‘lib 8 varaq), ommabop va o‘zining chuqur mazmundorligi bilan xarakterlidir.
Asar 1960 yil rus tilidagi tarjimasi (Tarjimon A.N.Boldirev) va V.M.Belyaev tomonidan bajarilgan musiqashunoslik tahlili hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Beuniy nomidagi sharq qo‘lyozmalar markazi jamarmasida saqlanayotgan qo‘lyozmaning fotonusxasi bilan nashr etildi.150 Mazkur nashr tilshunoslik uchun ham, musiqashunoslik uchun ham, manbashunoslik uchun ham juda foydali ish bo‘lgan. Bundan tashqari “Abdurahmon Jomiyning musiqashunoslik terminlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Abdurahmon Jomiyning mazkur asari muqaddima, ikki bo‘lim va xotima qismlaridan tashkil topgan. Birinchi bo‘lim—kompozitsiya ta’limoti; Ikkinchi bo‘lim—ritm ta’limoti taqsimlanib, u ikki bo‘lim yigirma ikki fasldan iborat ammo, fasllarga nom qo‘yilmagan. Biz fasllar bilan tanishib chiqib, ularda o‘rganilgan mavzularga asoslanib har biriga quyidagicha nom berdik: Muqaddima Birinchi fasl—Allohga hamdu sano va Rasulluloh Muhammadga, u pokiza zotning oila a’zolariga, sahobalarga salavot va salomlar aytilgach Abdurahmon Jomiy “Hurmatli, mukarram, aziz do‘st (Alisher Navoiy) da’vati” bilan bu asarini yozmoqqa kirishganini va “shu vajdan ushbu nazmni” keltirishini aytadi (ma’no tarjimasi):
Nafs, tan, ilmu jon berding xudovand,
Jonlarni tanlar bilan qilib payvand,
Agar ashulachi beparvo desa “tan, tan”,
Kuyida ushbu “tan”lar ayri jondan.
“Tani” bejonga joy xok bo‘lgani yaxshi,
Tiriklar ulardan pok bo‘lgani yaxshi.
Ikkinchi fasl.—Kirish. Uchinchi fasl—Musiqiy” termini haqida. To‘rtinchi fasl—Ta’lif (kompozitsiya) ta’limoti. Beshinchi fasl—Nag‘malar (tonlar) nisbati. Oltinchi fasl—Torni taqsimlash. Yettinchi fasl—Tonlarni chiqish joyi (O‘n yetti tovushqator). Sakkizinchi fasl—Misil nazariyasi. To‘qqizinchi fasl—Bo‘dlar-intervallar. O‘ninchi fasl—Bo‘dlarning a’losi. O‘n birinchi fasl—Jins – tetraxord va pentaxordlar. O‘n ikkinchi fasl—Jam – lad tizimi. O‘n uchinchi fasl—Jam – lad tizimi. O‘n to‘rtinchi fasl—Ud - torli cholg‘ularning a’losi. O‘n beshinchi fasl—O‘n ikki maqom mashhur doiralari bayoni va nag‘malar (tonlar), bu’dlar (intervallar) va ulurning ud pardalarida chiqish o‘rni. O‘n oltinchi fasl—Ovozlar bayoni. O‘n yettinchi fasl—Sho‘balar bayoni. O‘n sakkizinchi fasl—Ta’lif (kompozitsiya) ning so‘nggi. Ikkinchi bo‘lm—Iyqo (ritm) ta’limoti. O‘n to‘qqizinchi fasl—Iyqo (ritm). Yigirmanchi fasl—Xayolda o‘tuvchi vaqt. Yigirma birinchi fasl—Harakatlantirilgan harf va harakatsiz (sokin) harf (tovush). Yigirma ikkinchi fasl—Iyqo (ritm) turlari.
Jomiy risolasining kattagina qismi O‘n ikki maqom (Duvozdahmaqom) masalalariga bag‘ishlangan. Asarda O‘n ikki maqom tizimi va tizimga kirgan 24 sho‘ba va ovozalar aniq va qisqa tarzda tushuntiriladi. Abduraxmon Jomiyning musiqiy risolasi XV asrlarda joriy bo‘lgan maqomlarni o‘rganishda, zamonasidagi musiqaning nazariy va amaliy masalalarini tushunishda zo‘r manbalardandir, binobarin Navoiy va Jomiy davridagi musiqa madaniyatning taraqqiy etishida muhim o‘rin tutgan edi. Jomiyning risolasi o‘sha zamonda yaratilgan va bizgacha yetib kelmagan boshqa musiqa risolalari mazmunini ko‘rsatib beruvchi asar namunasi bo‘lib ham xizmat etadi.
XV asr adabiyoti va musiqasining yodgorliklari qatorida she’r devoni va bayozlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Navoiy va Jomiy, ularning zamondoshlari bunday she’r to‘plamlarini ko‘plab tuzgan edilar. Bu she’r to‘plamlaridan musiqachi-bastakorlar maqomlarning ashula yo‘llariga she’rlar tanlab olishardi. Xulosa qilish mumkinki, bu to‘plamlar musiqa madaniyati tarixini o‘rganishda muhimki, ular musiqachi va bastakorlar uchun zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat etgan, binobarin hozirda XV asrlarda ijro etilgan ashulalarning she’r matni mazmuni qanday bo‘lganini aniqlashga imkon beradi. Navoiy va Jomiy zamonida juda ko‘p musiqa nazariyachilari, mohir sozanda va xonandalar hamda bastakorlar, maqomdonlar yetishib chiqdi.

Jomiy musiqa sohasida ham katta obroʻga ega boʻlib, „Naqshi Mulla“ („Naqshi Imoma“) asari muallifidir. Sharq musiqa ilmi tarixida Jomiyning „Risolai musiqi“si ham alohida oʻrin tutadi. Risola kirish, ikki yirik qism — „ilmi taʼlif“ va „ilmi iyqoʻ“ hamda xotimadan tashkil topgan boʻlib, ular oʻz ichiga 23 faslni qamrab olgan. Jomiy oʻzining musiqiy nazariy va musiqiy estetik qarashlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marogʻiylarning mumtoz anʼanalarini davom ettirgan. Asosiy diqqatini oʻsha davr amaliyoti bilan bogʻliq boʻlgan parda (lad) tizimlari (jins, jam, „Oʻn ikki maqom“, shoʻʼba va boshqa) hamda usul (ritm) masalalariga qaratgan. Jomiyning musiqaviy tafakkuri adabiy-badiiy ijodida ham oʻz ifodasini topgan.


Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr etilgan. „Qofiya sharhi risolasi“, „Sharhi Mullo“ (yoki „Mullo Jomiy“) Markaziy Osiyo va Idil (Volga) boʻyi tatarlari madrasalarida arab tili grammatikasidan darslik sifatida oʻqitilgan. Oʻzbekiston va Tojikistonning bir qancha jamoa xoʻjaliklari, koʻchalar, maktablar „Jomiy“ nomi bilan ataladi. 1970-yil Samarqand shahrida Navoiy bilan Jomiy haykali oʻrnatilgan

Jomiydan ulkan va rangbarang adabiy hamda ilmiy meros qolgan. Baʼzi olimlar Jomiy asarlarining umumiy soni 100 ga yaqin deb taxmin qiladilar. Navoiy „Hamsat ul-mutahayyirin“da uning 38 asarini nomma-nom sanab koʻrsatadi. Jomiy asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, sanʼat sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga oid. Jomiyning ijodiy faoliyati koʻp qirrali boʻlsa ham u Sharq xalqlari madaniyati tarixida koʻproq genial shoir va mutafakkir — olim sifatida tanilgan. Bu jihatdan uning epik va lirik merosi gʻoyat diqqatga sazovordir. Sunggi asr adabiyotshunoslari haqli ravishda uni fors-tojik adabiyotining ilk taraqqiyot davrdagi (10—15-asirlar) buyuk mutafakkir-ijodkor deb ataydilar.

Adabiyotshunos va tilshunos olim sifatida ham Jomiy xizmati ulkandir. U oʻzining „Bahoriston“ tazkirasida fors-tojik adabiyotining bir qancha namoyandalari va Navoiy haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Uning „Risolai aruz“ asari aruz haqidagi eng mukammal qoʻllanmalardan biridir. Jomiy „Nafaxrt ul-uns“ asarini yozish bilan tasavvuf tarixini oʻrganishga katta hissa qoʻshdi. Unda 616 mutasavvif hayoti va faoliyati haqida maʼlumot berilgan boʻlib, ulardan 34 nafari ayollardir. Ushbu asarni Navoiy maʼlum bir toʻldirishlar bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Jomiy faqat mashhur sufiylar haqida maʼlumot berish bilan cheklanmay, qator shoir va adiblarning hayoti va ijodiga ham toʻxtaladi. Navoiy bu asarni oʻzbek tiliga „Nasoim ul-muhabbat“ („Muhabbat shabadalari“) nomi bilan tarjima qilar ekan, uni oʻzbek shoirlari va adiblari haqidagi maʼlumotlar bilan toʻldiradi. Jomiy muammo xaqida 4 risola („Risolai muammoyi kabir“, „Risolai muammoyi mutavassit“, „Risolai muammoyi sagʻir“, „Risolai muammoyi manzum“), ruboiylar sharhi, qofiya qaqida 2 risola yozgan, mashhur qasidalarning bir qanchalariga alohida-alohida sharhlar bitgan.

 Tayanch so‘zlar: Jomiy, risola, musiqa, ja’m, bo‘d, iqo’.





Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish