12-jadval. “Buyurtma” nomli jadvaldan SQLning WHERE operatori yordamida id_Buyurtma maydoni qiymati 15 dan katta bo’lgan yozuvlarini oling. SELECT*FROM buyurtma WHERE id_Buyurtma>15;
Xulosa Men “Mehmonxona ma'lumotlar bazasini loyihalash” mavzusida bajargan kurs ishini bajarish davomida yangi adabiyotlardan hamda turli ma’lumotlardan foydalandim. Bundan tashqari dasturlash texnologiyasi bilan tanishdim. Umuman olganda ushbu kurs ishi biz talabalarga “ Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarimizni yanada mustaxkamlashga yordam berdi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plami va bu ma’lumotlar bilan bog’lanishga yordam beruvchi biriktirilgan dasturlar. Bu ma’lumotlar to’plamima’lumotlar bazasi deyiladi. SQL dasturi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan bo’lib, server va klient
ko’rinishida o’rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Axborot bilan ishlash uchun SQL dasturidan foydalanish quyidagi qulayliklarga ega ekanligini bilib oldim:
1. Har xil formatdagi katta hajmli axborotni ancha ratsional usulda saqlash;
2. Ma’lumotlarga tez kira olish imkoniyati;
3. Yopiq ma’lumotlarga kafolatli cheklovlar qo’yish;
4. Kompyuter tarmog’ida axborot bilan ishlash uchun mijoz-server arxitekturasiga
asoslangan dasturlar yaratish.Bizga SQL dasturida relyatsion ma’lumotlar bazasini yaratish mustaqil ish sifatida berilgan edi. Dastavval SQL dasturini kompyuterga yuklab oldim. Men “Mehmonxona” ma’lumotlar bazasini yaratishni tanladim. Buning uchun avval predmet sohani ya’ni mehmonxonalarni tahlil qildim. Keng qo’llaniladigan modellardan biri mohiyat-aloqa modeli bo’lib, asosan obyektlarning yig’indisini va ular o’rtasidagi bo’liqlikni tasvirlaydi. Mehmonxona MB sining obyektlari va atributlarini tanlab mohiyataloqa modelini yaratdim. SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so’rov tili ma’lumotlar bazasini yuklash, uni to’xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o’chirish, o’zgartirish, ma’lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Mehmonxona MB sining relyatsion modelini yaratish uchun CREATE TABLE komandasidan foydalanib 6 ta jadval yaratib oldim. INSERT buyrug’idan foydalanib jadvallarga ma’lumotlar kiritib chiqdim. Biror dorining narxini o’zgartirish kerak bo’lganda UPDATE buyrug’idan, yaroqlilik uddati o’tgan dorilarni o’chirish uchun DELETE buyrug’idan, o’zimizga kerakli ustunlarni chiqarish uchun SELECT buyrug’idan foydalanishni bilib oldim. GROUP BYva HAVING operatorlaridan foydalanib murakkab so’rovlar yaratishni o’rgandim. Ishni bajarish jarayonida bir xil ma'lumotlar bo‘lsa, guruhlanishini, aks holda natijalar guruhlanmagan holda chiqarilishini ko’rdim. HAVING – kalit so’zi bilan berilgan shart atributlarning konkret qiymatiga emas balki GROUP BY sharti bilan yaratilgan guruhga tegishli bo’lishini, agar tanlash sharti guruhga tegishli bo’lmay atributga tegishli bo’lsa, u holda WHERE kalit so’zidan foydalanish lozimligini natijalardan ko’rdim. Tanlab olingan satrlar sonini chiqarish uchun COUNT funksiyasi ishlatilishini misollarda bajardim.Jadvallarni birlashtirishda UNION va UNION ALL hamda JOIN buyruqlarining farqini ko’rib chiqdim. INTERSECT va MINUS buyruqlarini qaysi holatlarda ishlatilishini bilib oldim.
SQL dasturida “Mehmonxona” relyatsion ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida bir qancha qiyinchiliklarga duch keldim. Shunga qaramay xatoliklarni bartaraf etib, ko’zlangan natijaga erishdim.