Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti axborot tizimlarini matematik va


 Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari



Download 478,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana23.07.2022
Hajmi478,04 Kb.
#842369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Expert tizimlar

2. Ekspert tizimlarning xususiyatlari va afzalliklari 
80-yillarning boshlarida SI sohasidagi ilmiy izlanishlar jarayonida «Ekspert 
tizimlar» nomini olgan mustaqil yo`nalish shakllandi [1-3]. 
ET bo`yicha 
izlanishlarning maqsadi
- shunday dasturlar yaratish kerakki, nafaqat inson – 
ekspertuchun qiyin bo`lgan masalalarni yechsin, balkim ekspertoladigan 
natijalardan sifati va samaraliligi bo`yicha kam bo`lmagan natijalarni bersin. ET 
muhitida izlanuvchilar tomonidan «bilimlar injeneri» termini ishlatishadi. Bu termin 
E.Feygenbaum tomonidan kiritilgan. 
ET yoki bilimlar injeneri (bundan keyin ularni sinonim sifatida ishlatamiz) 
texnologiyalariga asoslangan dasturiy vositalar dunyo bo`ylab sezilarli darajada 
tarqaldi.Ma’lum predmet sohasidagi SI tizimi ekspertdeb ataladi. ET uchun 
bilimlarni qabul qilishda shu fan sohasidagi expertlar xizmat qiladi.
ETlari – bu kompyuter yordamida ishlaydigan, turli faoliyat sohalarida qarorlar 
qabul qilishning maxsus yaratilgan murakkab tuzilmali modeldir. Mazkur 
modelning ish prinsipi shundayki, u xuddi expertlar kengashi kabi mulohaza yuritib, 
yechimi izlab topilishi kutilayotgan qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo`llarini taklif 
etishga moslashtirilgan.
ETlari turli sohadagi mutaxassislar va muayyan sohada mutaxassisligi 
bo`lmagan har qanday odamlarga favqulodda vaziyatlarda muammoning yechimini 
izlab topishga, mavjud expertlar guruhining o`rnini bosishga imkoniyat yaratib 
beradi va shu xususiyati bilan iqtisodiy faoliyatda murakkab tashkiliy tuzilmaning 
turli tizimlarida ishlaydigan va ish yuzasidan o`zaro muloqot qilishga majbur 
bo`ladigan kishilarning vaziyatga mos tarzda to`g`ri qaror qabul qilishiga yordam 
beradi.
Ularning asosiy xususiyatlari
[1-3]:

ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajribalar va bilimlarni qabul qiladi;

ETdagi bilimlar doim to`planib va yangilanib boriladi;

ET bashorat qilish qobiliyatiga ega bo`ladi.

ET ishchilarga va mutaxassislarga o`quv qo`llanmasi sifatida foydalanilishi 
mumkin.
ETni loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi 
qatnashuvchilarni 
aytib o`tish mumkin:
1) ETni loyihalashning instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
2) ETni yaratishdagi instrumental muhit; 
3) ETning o`zi;
4) Ekspert; 
5) Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi (BB) administratori;
6) Foydalanuvchi. 


ETning 
muhimligi
quyidagilardan iborat: 

ET texnologiyalari kompyuterda yechiladigan va yechimi iqtisodiy samara 
olib keladigan amaliy masalalar ko`lamini oshiradi; 

ET texnologiyalari an’anaviy dasturlashtirishdagi global muammolarni 
yechishda muhim vosita hisoblanadi: murakkab sohalarni qayta ishlashda yuqori 
sifat va uzoq muddatlilikga erishish;

bir necha marta qayta ishlashlar sifatini boshqaruvchi murakkab tizimlarni 
yo`naltirishdagi yuqori sifat; dasturlarni qayta ishlatish darajasining pastligi va 
boshqalar; 

ET texnologiyalari bilan an’anaviy dasturlashtirish texnologiyalarini 
birlashtirganda: dasturchi tomonidan emas, foydalanuvchi tomonidan sohaning 
dinamik modifikatsiyalarini ta’minlash; sohalarning yanada «silliqligi»; yaxshi 
grafika, interfeys va o`zaro ta’sir hisobiga dasturiy mahsulotga yangi sifatlar 
qo`yiladi. 
ETning asosiy afzalliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

har qanday tashkilotda amalga oshiriladigan reinjiniring (tuzilmani qaytadan 
tashkillashtirish) jarayonlari davomida expertlar tizimi nihoyatda asqotadi, chunki 
ushbu tizimdan foydalanish tufayli korxona rahbariyati eng avvalo, ratsional tarzda 
xodimlar shtatini qayta tuzish, vaqtni tejash, byurokratiya ko`lamini ancha cheklash, 
qog`ozbozlikka chek qo`yish imkoniyatini qo`lga kiritadi;

tegishli mavzuga(muammoga) daxldor bo`lgan barcha ma’lumotlar, ularni 
izlab topish va foydalanish qoidalarining hammasi kompyuter xotirasida saqlanadi. 
Bundan tashqari, SI qabul qilgan qarorlari qandaydir taxmin va farazlarga 
asoslangan bo`lmaydi. 
Hozirgi vaqtda ETlari va ularning alohida elementlari loyihalashtirish, 
rejalashtirish, tashxis qo`yish, tarjimonlik, referentlik, taftish, tavsiyanomalar ishlab 
chiqish, buxgalteriya hisoblarini olib borish, hisobotlarni tayyorlashda, bank 
faoliyatida, xodimlarni boshqarish sohasida keng qo`llanilmoqda. 
Yetakchi 
mutaxassislar
fikricha, keyingi izlanishlarda ET quyidagicha 
qo`llanilishi mumkin: 

ET loyihalashtirish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish, qo`llab 
– quvvatlash va xizmat ko`rsatishning barcha sohalarida asosiy o`rinni egallaydi; 

savdo sohasidagi ET texnologiyalari o`zaro ta’sir etuvchi tayyor intellektual 
modullar sohalari integratsiyasida revolyutsion kuchayishni ta’minlaydi.
ET va SI tizimlari qayta ishlash tizimlaridan shu bilan farq qiladiki, ularda 
asosan (sonli emas) belgili (simvolli) namoyish usuli, belgili xulosa va (ma’lum 
algoritmni bajarish emas) yechimni evristik qidirish, izlash bajariladi. 
ET faqat murakkab amaliy masalalarni yechishda qo`llaniladi. Yechimning 
sifati va samaradorliligi borasida ET yechimlari inson – ekspertyechimlaridan 
qolishmaydi. ET yechimi «shaffofligi» bilan ajralib turadi, ya’ni foydalanuvchiga 
yechim sifatli darajada tushuntiriladi. ETning bu xususiyati o`z bilimlari asosida 
biror xulosaga kelish qobiliyatining mavjudligi bilan xarakterlanadi. 
ET o`z bilimlarini ekspertbilan munosabatlari vaqtida to`ldirib boradi. 
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda ET texnologiyasi moliya, neft va gaz sanoati, 
energetika, transport, farmatsevtika, ishlab chiqarish, kosmos, metallurgiya, tog`-


kon ishlari, kimyo, ta’lim, sellyuza-qog`oz sanoati, telekommunikatsiya va aloqa 
hamda boshqa turli muammoli sohalarning turli xil tipdagi masalalarini yechish 
(izohlash, 
oldindan 
aytish-bashorat 
qilish 
tashxis, 
loyihalashtirish, 
konstruktsiyalash, boshqarish, tushuntirish) da ishlatiladi. 
E’tiborni qaratish lozimki, ba’zi mutaxassislar (qoida bo`yicha, SIdagi emas, 
dasturlashtirishdagi mutaxassislar) ET va SITlar kutilgan natijalarni bermaganligini 
ta’kidlashda davom etmoqdalar. Bu adashuvlarning sababi shundan iboratki, 
mualliflar ETni an’anaviy dasturlashtirishning alternativi sifatida qaraganligi, ya’ni 
ular ET alohida (boshqa dasturiy vositalarsiz) buyurtmachining har qanday 
masalasini yechib beradi degan fikrdan kelib chiqqanligidir. Ta’kidlash joizki, 
ETning paydo bo`lishida unda ishlatiladigan tillar spetsifikasi, sohalarni qayta 
ishlash texnologiyalari va ishlatiladigan qurilmalar (masalan, Lisp - mashinalar) 
shunday xulosa chiqarishga olib keldiki, ET va an’anaviy dasturlash tizimlarini 
birlashtirish murakkab va bajarib bo`lmaydigan masalalar degan asosni berdi. 
Hozirgi kunda ETni hosil qilish uchun texnik vositalar to`liq holda an’anaviy 
dasturlashtirishning zamonaviy texnologik tendentsiyasiga mos holda qayta 
ishlanayapti. Ular ET da integrallashgan sohalar yaratishda kelib chiqadigan 
muammolarni bartaraf etadi.

Download 478,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish