Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi


Bilimni tekshirish uchun savollar



Download 3,39 Mb.
bet134/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159
Bog'liq
психогенетика

Bilimni tekshirish uchun savollar:

  1. Odam genetikasining maqsadi va vazifalarini gapiring.

  2. Odam irsiyati va o’zgaruvchanligini o’rganishda qanday qiyinchiliklarga duch kelinadi?

  3. Odam genetikasinig rivojlanish tarixi to’g’risida nimalarni bilasiz?

  4. Odam genetikasinig tarmoqlarini sharhlab bering.

  5. Odam genetikasinig nazariy va amaliy ahamiyatini tushuntiring.


ODAM IRSIYATINING MODDIY ASOSLARI
Barcha tirik mavjudodlar singari odam irsiyatining moddiy asoslari bo’lib xromosomalar, ulardagi nuklein kislotalar, genlar hisoblanadi. Biroq ana shu genlar odam gavdasining tuzilishi, va turli-tuman belgi-xossalarning rivojlanishiga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir etmaydi. Gen bilan belgi orasidagi aloqa juda murakkab. Genlar xo‘jayra metobolizmini boshqarish orqali belgilar ro’yobga chiqadi. SHu sababli sizlar ho‘jayra tuzilishiga oid bilimlaringizni esga olish bilan birga xujayra siklini, xromosomalarnng kimyoviy tarkibini, ho‘jayradagi oqsil biosintezini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishingiz lozim.

Irsiy belgi-xossalarning moddiy asoslari ko’payish orqali avlodlarga beriladi. Ko’payish esa erkak, ayol jinsiy ho‘jayralarning qo’shilishi, ya’ni urug‘lanish bilan aloqador. Darslikning bu bobida bular to’g‘risida siz kerakli bilimlarni o’zlashtirasiz.

HUJAYRA SIKLI

Boshqa tirik mavjudodlar kabi odam tanasi ham hujayralardan iborat. Odamning o’rtacha umri 70 yosh bo’lsa, uning tanasidagi ayrim ho‘jayralarning masalan, eritrotsitlarning umri 120 kungacha davom etadi. Binobarin odam yashashini ta’minlash uchun uning tanasida o’z umrini tugatgan hujayralar o‘rniga yangilari paydo bo’lib turishi shart. Odamda muskul ho‘jayralari, eritrotsitlar voyaga etgandan so’ng umuman bo’linmaydi. Ichak epiteliysi, teri, o’pka va boshqa a’zolar ho‘jayralari butun hayot davomida tinmasdan bo’linib turadilar.

Hujayraning hayot sikli deganda bir bo’linishning oxiridan ikkinchi bo’linishning oxirigacha bo’lgan davr tushuniladi. Xujayra sikli organizm to’qimalarining xiliga qarab turlicha davomiylikka ega. Masalan, odamda leykotsit hujayraning hayot sikli 3-5 sutka, teri epiteliy hujayralarida 20-25 sutka, ko’zning shox parda ho‘jayralarida 2-3 sutka, ilik xujayralarida 8-12 soat davom etadi. Odam ho‘jayralarining hayot sikli boshqa eukaroit organizmlarnikiga o’xshash: bo’linishgacha va bo’linish davridan iborat. Bo’linishgacha bo’lgan davr interfaza, somatik ho‘jayralarning bo’linish davri- mitoz deb ataladi. Interfaza hujayra hayot siklining 90% vaqtini egallaydi va uch davrga bo’linadi. Ular sintezlanishgacha, sintezlanish va sintezlanishdan keyingi davrdan iborat. Sintezlanishgacha bo’lgan davr G1 harfi bilan ifodalanadi. G1 davrida hujayra o’sadi, yadrocha shakllanadi, sitoplazmadan yadro tomon 90% gacha oqsil o’tadi. Azotli asoslar, uglevodlar, fosfat kislotalar ko’plab sintezlanadi. Hujayrada ixtisoslashish differensiyalanishi amalga oshadi.

Sintezlanish davri S xarfi bilan belgilanib, unda DNK reduplikatsiyalanishi ro’y berib, miqdori ikki marta ortadi. SHu bilan birga RNK va oqsil molekulalari ham sintezlanadi, sentriolalar ikki xissa ortadi. Sintezlanishdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanib, bu davrda ham RNK va oqsil sintezi davom etib, hujayra bo’linishga tayyorlanadi. Bu tayyorlanish interfazaning boshiga nisbatan oxirida sitoplazma hajmini ikki marotaba ortishi, ayniqsa, mikronaychalar hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan tubulin oqsili ko’plab sintezlanishi bilan izohlanadi.



Mitoz bo’linish bir-biri bilan bog‘liq bo’lgan to’rt fazadan iborat. Bular profaza, metofaza, anafaza, telofazadir (8-rasm).


Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish