Polipeptid zanjirida aminokislotalarning birin-ketin joylanish tartibi oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deb ataladi. Har qanday i-RNK hujayra extiyojiga ko’ra bir yoki bir necha marotaba translyasiya qilinishi mumkin. i-RNK hayoti 2 minut atrofida bo’ladi. i-RNK ning eskilarini parchalash, yangilarini sintez qilish orqali hujayra kerakli oqsillarni, ularning miqdorini boshqaradi.
Har bir organizmning shaxsiy taraqqiyoti hujayradagi genetik dastur — genom asosida amalga oshadi. Shaxsiy taraqqiyotning genetik dasturi deganda otalangan tuxum hujayradan to organizm to'liq vovaga vetishigacha bo'lgan taraqqiyotni belgilovchi genlar majmuasi tushuniladi. Prokariot va bir hujayrali eukariot organizmlarda gen bilan belgi o rtasidagi masofa qisqa. Ulardagi barcha belgi va xossalar to'g'ridan-to'g'ri genlai faolligi, uni tartibga solish bilan belgilanadi. Yuksak o'simlik va hayvonlar, odamlarda esa gen bilan belgi orasidagi nuinosabat murakkab. Ulardagi morfobiologik belgi - xossalar o'zaro mustahkam bevosita, bilvosita aloqada bo'lgan hujayralar va ulardagi genlar faolligi natijasida ro'yobga chiqadi. Ontogenezda sodir bo'ladigan jarayonlar zanjirining umumiy sxemasi 64 — rasmda tasvirlangan.
Bunday jarayonlar zanjiri o'zaro aralashib ketishiga qaramay, ulardagi barcha yo'nalishlar qat'iyan muvofiq ravishda amalga oshishi sababli organizmning morfologik va funksional yaxlitligi ta'minlanadi. Ontogenez birinchi navbatda hujayralar sonining ortishi bilan aloqador. Otalangan tuxum hujayra — zigota ontogenez taraqqiyot mobaynida son jihatdan ortib u yangi tug'ilgan chaqaloqda 10
14, katta odamda esa 10
15-10
16 ga etadi. Genetik dastur asosida yuksak hayvonJarning embrional, yopiq urugii o'simliklarning yashash davrida hujayralar tuzilishi va funksional jihatdan ixtisoslasha boradilar. Rus olimi
A.L.Zavarzin qayd etishicha embrional davrda hujayralar, to'qimalar, organlarning ixtisoslashishi bilan ular borgan sari o'zlarining murakkabligini yo'qotib, organizmning tarkibiy qismlarining biriga aylana boradilar. Urug'lanisTh davrida tuxum va urug' hujayraning zigotani hosil etishdagi ulushi bir-biridan farq qiladi. Zigota hosil boiishida tuxum hujayra yadrosi bilan birga har xil organoidli sitoplazma, gen mahsulotlariga ega holatda bo'lsa, urug' hujayra urug'lanish paytida tuxum hujayraga faqat o'z yadrosini beradi xolos. Shunga ko'ra zigotani bo'linishi va dastlabki blastomeralarning rivojlanishi ona hujayra xromosomalarining diploid to'plamli chog'ida sintezlangan sitoplazmadagi gen mahsulotlari hisobiga amalga oshadi. Binobarin ontogenez rivojlanishi dastlabki bosqichini ona hujayradagi diploid to'plamli xromosomada joylashgan genlar belgilab beradi. Shaxsiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida esa ona hujayra genlari bilan bir qatorda zigotadagi ota organizm genlari ham qatnashadi. Shaxsiy taraqqiyotda genetik nuqtai nazardan genlar ta'siri qanchalik erta bo'lsa, ularning pleyotrop samarasi shunchalik uzoq muddatli bo'ladi.
64-rasm.Ko'p hujayrali organizmlarda ontogenetik jarayonlar zanjiridagi halqalarning o'zaro aloqalanishi umumiy sxemasi (Konyuxov bo'yicha).
Modomiki shaxsiy taraqqiyot genlar faoliyati tufayli amalga oshsa hamda ular barcha belgi va reaksiyalarni nazorat qilar ekan u holda: 1) Ontogenezning turli bosqichlarida bir xil genlar yoki har xil genlar faoliyat ko'rsatadimi? 2) Ularning faoliyatga kirishganligini qanday aniqlash mumkin? 3) Genning o'ziga xos ta'siri qanday amalga oshadi? degan savollar tug'ilishi tabiiy.
Ko'p hujayrali organizmlarda ontogenezning genlar tomonidan boshqarish mexanizmini bilish nihoyatda mushkul. Bu muammoni hal etishda mutant va normal organizmlar ontogenezini tadqiq qilish va olingan natijalarni taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
3.0ntogenezni o'rganishda qo'llaniladigan genetik metodlar
Ontogenezda genlar faoliyatini ya'ni genlarning organizm tuzilishi, ulardagi belgi-xossalarning hosil bo'lishiga ko'rsatgan ta'sirini o'rganish har xil metodlar yordamida amalga oshiriladi. Bular: transplantatsiya, sitogenetik, biokimyoviy, immunologik, fiziologik metodlardir.
Transplantatsiya metodi yordamida bir hujayra yadrosini yoki bir to'qima qismini boshqa hujayra yoki to'qimaga ko'chirish orqali rivojlanishdagi o'zgarish kuzatiladi. Chunonchi, baqaning otalangan tuxum hujayralaridagi yadro mikrotomizg'ich orqali olib tashlanib, retsipient hujayralarning biriga itbaliqning morula holatdagi, ikkinchisiga blastula holatdagi, uchinchisiga ertangi gastrula holatdagi, to'rtinchisiga kechki gastrula holatdagi blastomera yadrolari alohida-alohida ko'chirilsa, so'ng ana shu usul bilan olingan tuxum hujayralarning bosqichma-bosqich rivojlanishi kuzatib borilsa birinchi, ikkinchi, uchinchi tuxum hujayradan normal itbaliq taraqqiyot qilgan holda, to'rtinchi tuxum hujayradan normal itbaliq rivojlanmaydi. O'tkazilgan tajribaga asoslanib tuxum hujayrasida onadan o'tgan genlar faoliyati itbaliq rivojlanishining kechki gastrula davridan boshlab ta'sir etar ekan, degan xulosaga kelinadi. Kechki gastrula rivojlanishiga qadar otalangan tuxum hujayradagi genlar baqa rivojlanishiga ta'sir ko'rsatmay tuxum hujayra urug'languncha ona hujayra xromosomalari diploid to'plamli bo'lgan paytdagi genlar faoliyati tufayli sitoplazmada sintezlangan iRNK va metabolitlar hisobiga murtak rivojlanishi morulla, blastula, ertangi gastrula bosqichlari ro'y beradi (65-rasm).