Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet45/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Rahbariy adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasi. Toshkent 2014.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi. T. “O’zbekiston” NMIU 2017.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 38 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. “O’zbekiston” 2017. 177-bet.

  5. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida // O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. https:// www.gov.uz/uz/news/category/3 2017-02-08 | Hujjatlar

  6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat” 2008.

  7. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent «O’zbekiston» 2011. 117-bet.

  8. Karimov I.A.Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. T.: O’zbekiston, 2015 y.

  9. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va unson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha Ilmiy-uslubiy risola. Toshkent-2017 176-bet.



12 mavzu O‘zbekistonda ijtimoiy ishning rivojlanishi (2 soat)
O‘zbekistonda ijtimoiy yordam ko‘rsatishning tarixiy shakllari. “Ijtimoiy ish” kasbining rivojlanishi va qo‘llab-quvvatlanishining madaniy va tarixiy zaminlari. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining taraqqiyoti. Akademik rivojlanish: O‘zbekistonda ijtimoiy ish bo‘yicha ta’lim. Ayollar va bolalarni himoyalash dasturlari. O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat tizimining rivojlanish perspektivalari va holati.
Bilimlarning ilmiy shakllari turfaligi: faktlar, voqealar va ularning bayoni, tizimlashtirish, qonuniyatlar va tamoyillar, belgilangan maqsadga erishishning tamoyil va usullari, gipotezalar, qarashlar tizimlari har qanday fan asoslanadigan nazariyaga birikadi.
Xozirgi zamon fanlarining barchasi falsafadan o‘sib chiqqani tufayli, boshqa ko‘pgina gumanitar fanlarda bo‘lgani singari ijtimoiy ishda ham inson borlig‘ining mazmuni, ijtimoiy-axloqiy negizlarini asoslab beradigan falsafiy-gumanistik nazariya muhim o‘rin tutadi.
1915 yilda Meri Richmond o‘zining “Ilmiy ijtimoiy ish” asarida ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xizmatchi hal qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolarga tashxis qo‘yish sxemalar yig‘indisini taklif qildi va bu ijtimoiy ishning turli xayriya shakllariga asoslanadigan axloqiy-terapevtik nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Xayriya ishlarini, muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish hozirgi kunda ham ijtimoiy ishni ilmiy anglash manbai hisoblanadi.
20-30- yillarda Z. Freyd va izdoshlari tomonidan ijtimoiy ishning psixodinamik nazariyasi oldingi qatorga olib chiqildi. Bu esa G‘arbdagi ko‘zga ko‘ringan ba’zi mutaxassislarga, psixodinamik yondashuv axloqiy-terapevtik an’ana, xayriya ishlari ijtimoiy ishga juda ko‘p g‘ayri-ilmiy, taxminiy, noaniq, faqatgina oddiy aqlga asoslanadigan narsalarni olib kirdi, degan fikrlar uchun asos berdi. Bu esa odamlarning xulq-atvorini o‘zgartirish, ularning salomatligii saqlash va reabilitatsiya qilish qiyinchiliklari bilan bog‘liq ijtimoiy ishning ko‘pgina qiyinchiliklarini hal qilishga imkon bermasdi. Ijtimoiy ishning psixodinamik, psixosotsial nazariyalari hozirgi kunda ham freydizm va neofreydizm yutuqlaridan, qisman zamonaviylashtirib, qayta izohlab sezilarli darajada foydalanishmoqda. Ayni paytda, ular insonning hayotga chidamliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilar ekan, mustaqil xususiyatlarga ham ega, garchi ular mazkur muammolardagi psixologik va ijtimoiy-psixologik komponentlarga urg‘u berishsa ham.
50-yillarda aholining hayotni saqlashga yo‘naltirilgan xulq-atvor mafkurasi va amaliyotini shakllantirishga ko‘maklashadigan, ijtimoiy ongni shu yo‘nalishda o‘zgartiradigan, davlat va individual qadriyatlar ro‘yxatida sog‘lom va uzoq umr qadriyatini ko‘taradigan, ekopsixologiya yutuqlariga (ekologik terapiya muammolari, turmushning, sog‘lom turmush tarzining shart-sharoitini saqlash)ga asoslangan ijtimoiy ishning valeologik nazariyasi rivojlandi.
Taxminan shu paytda jamoalar ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishni va ijtimoiy guruhlar bilan olib boriladigan ish, odamga mikromuhit, turar joyida yordam ko‘rsatishni nazariy jihatdan o‘rganadigan ijtimoiy ishning pedagogik nazariyasi taraqqiy topdi.
XX asr o‘rtalarida sanoati rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida so‘l kuchlarning siyosiy ustunligi kuchayib borishi natijasida ijtimoiy ishning markscha nazariyasi ta’siri osha boshladi. Uning asosiy g‘oyasi shaxsning o‘z va atrof-muhit muammolarini hal qilishdagi o‘zgartiruvchan faolligi. Bunda ijtimoiy adolat tamoyillariga qurilgan jamiyatlarda “har bir kishining erkin rivojlanishi hammaning erkin rivojlanishi shartidir” tamoyilini o‘zining barcha fuqarolari to‘g‘risida davlatning g‘amxo‘rligi sifatida talqin qilish mumkin.
Ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyotning sotsial jihatlariga e’tiborning kuchayishi ijtimoiy ish nazariyasidagi ba’zi jiddiy o‘zgarishlarga, undagi huquqiy jihatlarning ustuvorligiga, amaliyotda ijtimoiy muhofaza texnologiyalarining huquqiy poydevori yaratilishiga olib keldi. Kambag‘allarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi, ijtimoiy ko‘mak beruvchi rasmiy muassasalar faoliyati to‘g‘risidagi, huquqiy va ma’muriy ta’qiqlar, ruxsat beriladigan holatlar to‘g‘risidagi qonunlar rivojlandi. Ijtimoiy ish nazariyasining rivojiga sotsiologlar va psixologlar, pedagoglar va psixoterapevtlar sezilarli hissa qo‘shdilar. Ijtimoiy ishning ko‘pgina nazariyalari nomlanishi sotsiologik, pedagogik va psixologik konsepsiyalar bilan turdosh ekani (tizimli, funksional, rolli, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik va h.k.) tasodifiy emas.
90-yillarning boshlariga kelib, ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy ishni nazariy asoslash, uni ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ijtimoiy hodisa sifatida tushunishning bir necha modellari aniq ko‘zga tashlana boshladi. Bu modellardan har biri muayyan mazmunni, muhtojlarga yordam ko‘rsatishning usul va shakllari majmuini, tangliklar profilaktikasini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ishning shartli nazariy modellarini to‘rt guruhga ajratishadi: psixologik yo‘nalishdagi; sotsiologik yo‘nalishdagi; ijtimoiy-pedagogik; kompleks, fanlararo.
Psixologik yo‘nalishdagi modellar ko‘proq psixologik bilimga odamning ruhiy mavqei va rivojlanishidagi qonuniyatlarga tayanadi.
Sotsiologik yo‘nalishdagi modellar ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini bilishga, jamiyatni tuzilmalarga ajratishga, undagi ijtimoiy institutlarning o‘zaro ta’sirini bilishga asoslanadi.
Ijtimoiy-pedagogik modellar sotsiumning butun pedagogik salohiyatidan har bir shaxsning rivojlanishi, individual imkoniyatlarini namoyon qilishida foydalanishni ko‘zda tutadi.
Kompleks modellar bioijtimoiy mavjudot sifatidagi insonning hayotiy kuchlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash muammolariga butunlik sifatida yondashishga yo‘naltiriladi.

Download 466,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish