Profilaktika ishining beshinchi shakli – sog‘lom turmush tarzining shakllantirilishi. Bu o‘smirning nechog‘liq o‘z sog‘ligi, atrofmuhit bilan garmoniyasiga, o‘z organizmiga javobgarligi bilan belgilanadi. Insonning o‘z sog‘ligiga ehtiyotkorona munosabati, kasal keltiruvchi omillardan chetlashib yura olishi, ayniqsa, shaxsning yaxshi xislatlaridan deb baholanadi. Sog‘lom turmush tarzi deganda yaxshi, vitaminli taomlarni eyish, muntazam jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanish, mehnat va damning ketmaketligiga rioya qilish, tabiat bilan garmoniyada yashash, ortiqcha dabdabavozliklarga yo‘l qo‘ymasliklar tushuniladi. Bunday hayot tarzi ekologik tafakkurga va jamiyatning rivojlanish darajasiga ham bog‘liq.
Profilaktikaning oltinchi shakli – shaxsiy resurs (quvvat)larni safarbar qilish. Artterapiya shaxsning ijobiy sifatlarini faollashtirish, masalan, sport bilan faol shug‘ulanish, ijodiy faoliyat, guruhlar, fan klublarida bo‘lish kabilar. O‘z navbatida yuqoridagidek ishlar shaxsning sog‘lom va faol ijobiy, ijodiy hayotda ishlashiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Profilaktika ishining ettinchi shakli – deviant xulqining salbiy oqibatlarini yo‘qqa chiqarish (minimizatsiya). Bu shakllardagi ishlar shakllanib bo‘lgan salbiy fe’latvorga nisbatan qo‘llaniladi. Bu faoliyat yomon fe’latvorning oqibatlarini yo‘qotishga qaratilgan. Masalan, giyohvandlarga kerakli tibbiy yordamni ko‘rsatish, uning ayanchli oqibatlarini aniqlashtirish kabilar. Deviant xulqli o‘smirlar bilan olib boriladigan profilaktika va tuzatish ishlari ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarga ega. Deviant xulq ustida olib boriladigan ishda dastlab yakka tartibdagi ishlarni olib borish maqsadga muvofiq, chunki, guruhda o‘smirlar birbiriga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu paytning o‘zida oila bilan ham ishlash kerak. Oiladagi munosabatlarning ahvolini tahlil qilib bo‘lgandan so‘ng, individual ish bilan birga guruhda ham ish olib borish kerak. Tuzatish ishlari olib borilganda, o‘smirning ijtimoiy qadriyatlarini, qarashlar va qobiliyatlarini hisobga olish kerakki, aynan shu mezonlar shaxsning dunyoqarashini shakllantiradi. SHaxsning bo‘sh vaqtini iloji boricha foydali ishlar bilan band etib, uni ijobiy shakllanish vositalari: kitob o‘qish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, internetda muloqot, uy ishlari, musiqa, sport bilan tarbiyalash kerak. Shuni hisobga olish kerakki, deviant xulqli o‘smirlarga nisbatan olib borilgan tarbiyaviy profilaktik ishlar faqatgina o‘smirlarning o‘zlariga qaratilgan bo‘lishi mumkin emas.
O‘smirni to‘liq tuzatish uchun uning atrofidagi muhitni o‘zgartirish darkor. Deviant xulqli o‘smirga jamoatchilik tarafdan ta’sir qilinishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: huquqiy choralar, tibbiy aralashuv, pedagogik ta’sir, ijtimoiy himoya va ruhiy yordam kabilar. Deviant xulqli o‘smirning og‘ir fe’li va davomli illatlari sababidan tuzatish, qayta tarbiyalash ishlarini olib borishni yaxshi tashkil qilingan ijtimoiypedagogik va ruhiy faoliyat ketmaketligi kabi qurish talab etiladi.
Profilaktika ishlarning – samarasi quyidagi belgilar darajasi bilan baholanadi: salbiy xulqning kamayishi darajasini ko‘rsatuvchi ob’ektiv belgilar ( m: giyohvand modda qabul qilishning kamayishi, yo‘qqa chiqishi).
Va salbiy xulqning kamayishi darajasini ko‘rsatuvchi sub’ektiv o‘zgarishlar (m: sog‘lom turmush tarzida yashashni xohlash). Ijobiy o‘zgarishlarning asosiy mezonidan biri – ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri qurishga bo‘lgan ko‘nikmaning shakllana boshlashidir.
Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga etmagan huquqbuzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib borish tavsiya etiladi:
1. «Psixoterapevtik oyna» vositasi – o‘zini tashqaridan ko‘rishga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o‘zini tushunishni rivojlantirish;
2. «Muqobil yo‘llar» vositasi – noto‘g‘ri axloqodob me’yorlarini namoyon qilgan o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
3. «O‘rniga o‘rin» vositasi – xarakterida, fe’latvoridagi bo‘shanglik, iroda va kuchli ruhiy quvvat kabilar bilan o‘rnigao‘rin almashtirish, to‘ldirish taklif kilinadi;
4. “Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi – ruhshunosning salbiy dunyoqarashni o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
5. «Ma’naviy immunitet hosil qilish» usuli – namunaviy, ideal axloqme’yorlariga ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
6. «Ko‘rsatmalar, qoidalar» usuli – oilaviy ruhiy terapiya vositasida oila a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Ko‘rsatmalar turlicha bo‘lishi mumkin: nimadir qilish, nimanidir qilmaslik. Bu qonun-qoidalar to‘g‘ri va qaramaqarshi ko‘rinishdagi qonun-qoidalar;
7. «Ishontira olish» vositasi – ta’sir o‘tkazish sifatida harakatlanayotgan inson – ruhshunos yoki pedagogning boshqa ta’sir etuvchi insonning xulqiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga, boshqalarga bo‘lgan munosabatiga, muammoni yaxshilikcha hal qilishga xizmat qiluvchi axborot vositasi;
8. «Ijtimoiy me’yorlarning to‘g‘rilanishi» vositasi – insonning shaxsiy shakllangan dunyoqarashlari, xususan, «o‘qishga, ishga», «o‘ziga» «boshqalarga» «kelishmovchiliklar»ga bo‘lgan qarashlarini to‘g‘rilash. Agar shu vosita yordamida faoliyat olib borilsa, unda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli dunyoqarashni shakllantirishga urinish kerakki, bunday dunyoqarash namunasi xulq-atvor qoidalarini madaniy, ijtimoiy majmuasining ideal shakli bo‘lib xizmat qilsin.
Deviant xulqli o‘smirlar axloqi va shaxsiy xususiyatlarini to‘g‘rilash ishlarida ijobiy xislatlarni shakllantirish, rag‘batlantirishi muhimdir. Quyidagi ishlar tavsiya etiladi:
1. Ongli va ongsiz ravishda yomonlikka intilish bor ekan, deviant xulq namoyon bo‘laveradi. Deviant xulqli o‘smirlarning xulqini o‘zgartirish murakkab, ular ijobiy o‘zgartirishlarga turlicha qarshilik bildirishadi. Shuning uchun deviant xulqli o‘smirni qayta tarbiyalash uchun ularda ijobiy tomonga o‘zgartirishni xohlash tuyg‘usini uyg‘otish juda muhim.
2. Ijobiy o‘zgarishlarni istash hissini uyg‘otish, uni rivojlantirish uchun ruhiy maslahatlar, treninglar katta ahamiyatga ega.
3. O‘smirni kelajakni deviant xulq bilan va usiz qarshi olish holatlarini tasvirlashga chaqirish yaxshi natija beradigan ruhiy vositadir.
4. Mijozning muammosini ishlab chiqish asosiy ustuvor vazifadir.
5. Agar shaxs qat’iy turib muammolarni inkor etib, yaxshi tomonga o‘zgarishni istamasa, faol bo‘lganlarga murojaat qilinadi. Uning oilasi va referent guruhi (unga ta’sir qiluvchi odamlar) bunda hamkor bo‘lishlari kerak. Ko‘pchilik bo‘lib, unga ta’sir qilish o‘z samarasini beradi. Buning uchun deviant xulqli o‘smirga qadrli bo‘lgan insonlar yig‘iladi.
6. Ba’zi hollarda, nechog‘liq og‘ir bo‘lsa ham o‘z xoliga qo‘yish usuli ham natija berishi mumkin. Usulning ma’nosi – o‘smirning xulqiga, xulq-atvor oqibatlariga o‘zini mas’ul va javobgar qilish.
Shuningdek, o‘smirga ta’sir qilishning barcha usullarini to‘xtatib, uni qo‘llashdan umuman yuz o‘girish.
Shu daqiqalardan boshlab, inson o‘zinio‘zi eplay olishi kerak, yo‘qsa, achinarli bo‘lsa ham oilasi undan voz kechishi ham mumkin.
Bu usuldagi ishlarni olib borishda atrofdagilar o‘smirga qattiqqo‘llik bilan qarashlari darkor. Uning gaplariga ishonchsizlik bildirib, yordam bermay qo‘yishlari kerak. Agar u oila quchog‘ida yashab qolsa, uning talablarini faqat oila tarbiyachilariga bo‘ysunsagina bajarish kerak. Masalan, u giyohvand moddalarini iste’mol qilishini davom ettirsa, uni ma’lum muddatga pul va boshqa extiyojlarini qoniqtirishdan voz kechishlarini bildirishlari kerak. Ota-ona giyohvand o‘smirga hatto jazo tariqasida ovqat berishdan, boshpana berishdan voz kechishi mumkin. Ba’zi hollarda o‘smir maxsus yordamga rozi bo‘ladi. Deviant xulqli o‘smirlar bilan ishlashda ularni tuzatish, to‘g‘rilash davomida o‘smir xulqini kelib chiqishi sabablarini bilish kerak.
Ijtimoiy ish xodimlari o‘z mijoziga kerakli bo‘lgan usul va vositalarini taklif qiladiki, bu vositalar ijobiy o‘zgarishlarini olib kelsin. Albatta o‘smir bilan ijtimoiy ish xodimi hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun oradagi munosabat halollikka, javobgarlikka, mas’uliyatlikka, birbirini qo‘llabquvvatlash, hurmat qilishga asoslangan bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010.
Ambrosino R., Ambrosino R.,Heffernan J., Shuttlesworth G. Social Work and Social Welfare: An Introduction. Sixth Edition. – Thomson Brooks/Cole, 2008.
Dyurkgeym E. O razdelenii truda. Metod sotsiologii. – M.: Nauka, 1990; Dyurkgeym E. Samoubiystvo: Sotsiologicheskiy etyud. – M.: Mыsl, 1994.
Giddens E. Sotsiologiya. – M., 1998. – S. 92.
Pavlenok P.D. Osnovы sotsialnoy rabotы: Uchebnik. – M: Infra-M, 1997. – S. 265.
Raykert E. Osnovы politiki i prakticheskoy deyatelnosti. – Nyu York: Izd-vo Kolumbiyskogo universiteta.
Vvedenie v Sotsialnuyu rabotu v SSHA. Sostavitel E. Xamid. Kolumbiyskiy universitet // Ganieva M., Karamyan M.X. Xrestomatiya k uchebnomu kursu «Osnovы sotsialnoy rabotы». – Tashkent, 2007.
Ganieva M.X. Vvedenie v sotsialnuyu rabotu. – Tashkent; NUUz, 2011.
Ganieva M.X. Osnovы sotsialnoy rabotы. Uchebnoe posobie. – Tashkent: CHASHMAPRINT, 2009. - 112 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |