Odamning ehtiyojlari va mehnat.
Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos mahsus ehtiyojlarning borligidir.
Ehtiyojlar odamning kun ko’rishi va yashashi uchun zarur narsalardir.
Odam yashamok, kun kechirmok uchun o’z ehtiyojlarini qondirish kerak. Ehtiyojlar hayvonlarda ham bor.
Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi,– ovqatlanish, saqlanish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas – ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan o’zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum formalarining taraqqiysiga qarab o’zgaradi.
Har bir ayrim odamning ehtiyojlari ijtimoiy muhit, tarbiya va tajribasiga qarab taraqqiy etadi. Ehtiyojni qondirish jarayoni hayotning muhim bir tomonini tashkil etadi.
Odam yuksak darajadagi ma’naviy ehtiyojlari borligi bilangina emas, balki o’zining ehtiyojlari (shu jumladan, biologik ehtiyojlarni ham) anglashi bilan ham hayvonlardan farq qiladi. Ehtiyojlar odamni g’ayratga kirgizadi, uning faoliyatini hamma turlariga dalda beradi.
Yuqorida aytilganidek, hayvonlar o’zining ehtiyojlarini tug’ma instinktiv harakatlar yordami bilan va instinktlar asosida vujudga kelgan ko’nikmalar yordami bilan qoniqtiradi. Odam shaxs bo’lganidan o’z ehtiyojlarini ongli, oqilona harakatlar yordami bilan qondiradi. Shu bilan birga, odam faqat insonga xos bo’lgan madaniy ijtimoiy ehtiyojlarnigina emas, balki tabiiy, biologik ehtiyojlarini ham oqilona qondiradi.
Shu bilan birga, odamning harakati hayvonlar harakatidan tafovut qilib, ijodiy xarakterda bo’ladi.
Hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitga faqat moslashadi, undan tayyorini oladi. Odam muhitga moslashish bilangina qolmaydi, balki shu muhitni qayta ko’radi, o’zgartiradi o’ziga moslashtiradi. Shaxsning oqilona iroda bilan bo’ladigan faoliyati ijodiy mehnatda sodir bo’ladi. Odam yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak atrofdagi voqye’likka qo’shadi, voqye’likni o’zgartiradi va to’ldiradi.
Shaxsning individual hususiyatlari uning belgisi hisoblanadi. har bir odamning o’ziga yarasha shaxsiy hususiyatlari bor. Bir-biriga o’xshaydigan, ammo tamomila bir xil bo’lmagan kishilar bor. Odamning individual hususiyatlari aqlida, hislarida, irodasida namoyon bo’ladi. har bir odam o’ziga yarasha idrok etadi, eslab qoladi, o’ziga yarasha fikr yuritadi va so’zlaydi. Har kim turli hislarni o’ziga yarasha ko’ngildan kechiradi va turli sharoitda o’ziga yarasha ish qiladi. Har bir odamning o’ziga xos temperamenti va xarakteri, o’ziga yarasha individual layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslar bor.
Yuqorida aytilganlardan, shaxsning mohiyati faqat yuqorida ko’rsatilgan psixik belgilardan iborat ekan, degan ma’no chiqmaydi. Shaxsning tarkibiy qismi odam organizmi – gavdasidir.
Odamni shaxs deb aytganimizda umuman odamni – uning ongi va organizmini nazarda tutamiz.
Hayvonlar psixikasiiing paydo bo’lishi va o’sib taraqqiy qilinishini yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning ya’ni faqat insonga xos bo’lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |