Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tarbiyada izchillik, tizimlilik tarbiyaviy ta`sirlarning uyg’unligi va uzluksizligi prinsipi



Download 3,27 Mb.
bet223/381
Sana17.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#380628
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   381
Bog'liq
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA

Tarbiyada izchillik, tizimlilik tarbiyaviy ta`sirlarning uyg’unligi va uzluksizligi prinsipi.

Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo`naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.

Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumning ishi va uzluksiz bo`lsin. Tarbiyaning barcha tomonlari hamoxang bo`lsin.

Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so`ngra o`zining talabini unutib qo`ysa, yoki o`zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hol tarbiyaga juda yomon ta`sir qiladi. O`qituvchi subutli; o`z lafziga sobit bo`lmog’i kerak. Masalan, «Ertaga kundaliklaringizni tekshiraman», «Oyoq kiyimlaringizni moylanganligini ko`raman» deb va`da berdingizmi, ijrosini unutmang. Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni bolalarga va`da qilib, sal orada va`dasini esdan chiqarib qo`ysa, o`quvchilar bunday o`qituvchiga ishonmay qo`yadilar. Har bir pedagogning ishi bilan so`zi bir bo`lishi lozim.

Bolalarga birdaniga juda ko`p talab va qoidalarni takdim qilish mumkin emas. Bolalarga tarbiya va ta`lim berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak.

Hamma tarbiyachilar o`quvchiga bo`lgan munosabatlarida bir-birlariga zid harakatda bo`lmasliklari, bir xil, yagona talab qo`yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchillikka rioya etish juda ham muhimdir.

O`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishda izchillikka rioya qilish, muomalani avvaligicha davom ettirish va bir xil talab qo`ish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba`zan oila maktabning talablarini qo`llab-quvvatlamaydigina emas, balki teskari ta`sir ko`rsatadi. O`qituvchilar orasida ham talablarning bir xilligi hamisha ta`minlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon, unda ota-ona, o`qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo`lishiga rioya etish, o`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya metodlari va shakllarini o`z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo`g’inlarning oila va maktab o`quvchilar va yoshlar tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko`rishini ko`zda tutadi. Chunki, tarbiyaviy ta`sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamini qamrab olishi kerak. Aholi qatlamlarining tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va metodlar ham ijtimoiy- iqtisodiy ham pedagogik jihatdan, nafaqat tub aholi, balki Respublikada istiqomat qilayotgan boshqa millatlar va elatlarning etpopedagogikasi sohasi jihatdan ham ta`minlanishi kerak.

Bolalarga bilim berishda ma’lum tartib, muntazamlilik qanchalik muhim bo’lsa, tarbiya ishlarida ham shunchalik muhimdir. Bolalarga insoniylik fazilatlarining hammasini birdaniga, bir yo’la va bir vaqtda singdirib bo’lmaydi. Shuning uchun bolalarda insoniylik fazilatlarini tarbiyalash ishida muntazamlilik juda muhimdir. Maktabning bir sinfida do’stlik, ikkinchi bir sinfda boshqa tarbiya amalga oshirilmaydi.



Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   381




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish