Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik yoshida deviasiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitasiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pelagog quyidagi qoidalarga suyanadi:
1. Ijtimoiy madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitasiyasi faoliyat subyekti, ijtimoiy subyekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
“Profilaktikasi” atamasi o’zi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi.
Ijmimoiy og’ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo’ladi:
-neytrallashtiruvchi,
-o’rnini to’ldiruvchi,
- ijtimoiy og’ishlarga sabab bo’luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi,
-bu holatlarni bartaraf etuvchi,
-o’tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy pedagogning o’smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informasion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o’tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og’ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o’smirning ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo’ladi.
Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitasiyasi
Ijtimoiy pedagogning dezadaptasiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitasiyasi hisoblanadi. Reabilitasiya keng turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib insonning jamiyatda to’liq integrasiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitasiya obyektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og’ish, ijtimoiy adaptasiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar faoliyatning to’la qonli subyekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og’ish bo’lgan o’smirlar.
Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptasiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko’rsatish lozim.
Reabilitasiyaning asosiy subyekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab o’tilga funksiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog’ligi buzilgan va funksional og’ishlarga ega bolalar.
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab-ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitasiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning subyektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitasiyani ham o’tkazishlari mumkin.
Reabilitasion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptasiyadan farqli o’laroq reabilitasiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitasiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptasiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitasiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitasiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitasiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitasiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hyech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy reabilitasiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitasiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitasiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integrasiyasiga yordamyordam beruvchi faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya muassasalarining asosiy va vazifalariga quyidagilar kiradi:
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptasiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash,
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitasiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash,
-uy sharoitlarida reabilitasion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptasiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash,
-nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitasiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivasiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-yetim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga).
Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitasiyasi reabilitasion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish,
-ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitasiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitasion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitasiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emosional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Reabilitasion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida mujassam etadi. Reabilitasiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to’g’rilash, bolalarga muomala ko’nikmalarini shakllantirishga yordam ko’rsatish.
Reabilitasiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitasiya markazidan chiqqanidan so’ng oila, do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitasiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitasion xizmati umumiy yondashuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitasiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitasiya xizmati modeli muassasa spesifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitasiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus reabilitasion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.
Reabilitasiyaning asosiy tamoyillari:
-mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish;
-sheriklik;
reabilitasion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
-ketma-ketlik;
-individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi.
Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-pedagogik va reabilitasion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat.
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitasion dasturni amalga oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko’zda tutadi. Reabilitasiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.
Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitasion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin o’tishni ko’zda tutadi.
Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi.
Ta’lim muassasasining reabilitasion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (yetakchi o’quv faoliyatinig subyekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitasiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o’quv faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |