Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari



Download 1,42 Mb.
bet71/96
Sana13.12.2022
Hajmi1,42 Mb.
#884848
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
568cf1669cff3ce40555d564ff9fa2bb UMUMIY PEDAGOGIKA

O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari


Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo’lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptasiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi:
-irsiy xsusiyatlar;
-aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkasiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi.
Yorqin namoyon bo’lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar.
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuasiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitasiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emosional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi.
O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir-biriga emosional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi.
O’smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g’arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib, uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og’ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o’quv dezadaptasiyasidan dalolat beradi.
Maktab o’qo’vchisining dezadaptasiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi:
-o’quv dekompensasiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptasiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptasiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvandmoddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
Shavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviasiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish