Avstraliyada maktab ta’lim tizimi 3 ga bo‘linadi
1.Boshlang‘ich (maktab dasturi bog‘liq ) 6-7 yosh
2.O‘rta – 6-7 yoshdan 10 sinfgacha
3.Oliy o‘rta ta’lim yoki katta o‘rta maktab 11-12 sinf Avtraliyada o‘quv yili yanvarda boshlanib dekabrda tugaydi
KASBIY TA’LIM–Avstraliyada kollejlar keng yo‘nalishda kasbiy ta’lim beradi. Davlat va xususiy kollejlar mavjud. Davlatga qarashli o‘quv yurtlari TAFE (Texnicheskaya i dopolnitelnaya obrozovaniya) tizimiga birlashgan. TAFE dasturlari sanoat va ijtimoiy soxa vakillari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqiladi. Ta’lim muddatiga qarab talabalar 1,2,3,4-darajalardagi sertifikatlarga yoki diplomga ega bo‘lishadi.
OLIY TA’LIM Bakalavriat–3 yil Magistratura- 2 yil (Bakalavrni a’lo tugatganlar uchun 1 yil) Doktorantura – 3-4 yil
Avtraliya universitetlarida –ilmiy okeanalogiya va tropik meditsina bo‘yicha darslar o‘tiladigan dunyoda yagona davlat.
AVSTRALIYA TA’LIM TIZIMI
Avstraliya ta’lim tizimi Britaniya ta’lim tizimi modeli bo‘yicha tashkillashtirilgan. Bugungi kunda mamlakatda 40 ta universitet, bir milliondan ortiq talaba ta’lim olayotgan 450 dan ortiq kollejlar, 550 ga yaqin ingliz tili o‘rgatiladigan kurslar mavjud. Ushbu ta’lim muassasalarining hammasi ta’lim tizimi bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga javob beruvchi kurslarni taklif qiladi. Oxirgi vaqtda ta’lim tizimi ingliz va qisman Amerika ta’lim tizimi sxemasi bilan aloqadorlikda faoliyat yuritgan holda universitet va kollejda ta’lim olayotgan chet el talabalari uchun maxsus taAvstraliya ta’lim tizimini o‘z ichiga oladi.
Odatda, ta’lim tizimi 5 sektordan iborat(oxirgisi chet el talabalari uchun maxsus):
-boshlang‘ich maktab
-o‘rta maktab
-kollej/TAFE o‘quv muassasasi
-universitet
-til o‘rgatuvchi kurslar
BOSHLANG‘ICH VA O‘RTA MAKTAB
Avstraliyaliklar maktabda 12 yil o‘qishadi. Bolalar 5 yoshidan boshlang‘ich maktabga borishadi va 6-7 yildan keyin o‘rta maktabga o‘tishadi. O‘rta maktabda yana 6-7 yil o‘qishadi. Bitiruvchilar High School Certificate nomli davlat sertifikatini olishadi. Barcha xususiy va davlat maktablari shtat ta’lim tizimi Departamenti nazoratida turadi. 70% maktab o‘quvchilari davlat maktablarida, qolganlari xususiy maktablarda ta’lim oladilar. Ko‘pgina xususiy maktablar chet el talabalariga Avstraliya, YAngi Zelandiya va Kanadaning eng yaxshi universitetlarga kirishlarini kafolatlovchi ta’lim tizimini taklif etadi. Ko‘pgina chet ellik talabalar ta’lim olishlari uchun o‘rta maktabning oxirgi 2 yiliga keladilar. Bu ularga ushbu dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng bakalavr yo‘nalishiga imtihonsiz va maxsus tayyorlov kurslarisiz kirish imkonini beradi. Fanlarning miqdori maktab turiga qarab aniqlanadi, qoidaga ko‘ra 1 yilda 8 ta fan ingliz tili, matematika, fizika, tarix va boshqa fanlar xar bir maktabda o‘tilishi shart. Xususiy maktablar o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun maxsus va aralash maktablarga bo‘linadi, davlat maktablari esa faqatgina aralash bo‘ladi.
O‘quv yili 4 ta semestrga bo‘lingan (fevral, aprel, iyul, oktyabr). CHet ellik talabalar istisno tariqasida o‘quv yilining xoxlagan semestridan ta’limni boshlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |