Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Download 4,15 Mb.
bet62/121
Sana18.12.2022
Hajmi4,15 Mb.
#890443
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
Bog'liq
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

O liy ta’lim




























Muassasa

Beriladigan ma’lumot




























Kollej

Kasbiy ma’lumot




























Universitet

Oliy ma’lumot




























Magistratura

Magistr (2 yil)























































Koreyaning eng mashxur Universitetlari:
Seul Milliy Universiteti, Korea Advanced Institude of Science and Technology, Pusan milliy Universiteti, shuningdek xususiy universitetlardan: Koreys Universiteti, Pohang Universituti, Yonsei Universiteti, Sogang Universiteti, Hanyang Universiteti, Sungkyunkwan Universiteti va Ewha Womans Universiteti.
Mavzu yuzasidan topshiriq
Yaponiyaning oliy ta`lim tizimidagi sizga ma`qul bo’lgan jihatlarnigapirib berishga tayyorlaning.
Nazorat savollari:
1. Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibini izohlang.
2. Boshlang‘ich, o‘rta ta’lim jarayonini tashkil qilish qanday amalga
oshiriladi?
3. O‘rta maxsus va hunar-texnika ta’limining mazmunini yoritib bering.
Adabiyotlar:
1.J.G‘. Yo‘ldoshev “Xorijda ta’lim” T., 1995y.
2.B.F. Vulfson “Sravnitelnaya pedagogika” M., 2003 y.
3.N.X. Takanaev «Chet ellar pedagogikasi tarixi”-T, 1959 y.
4.M.A. Sokolova va boshqalar «Qiyosiy pedagogika”-T, 1983 y.
5. “The word book enceclopedia”, 1994 y. 1-jild.
6. “The word book enceclopedia”, 2-jild.
7. “The word book enceclopedia”, 3-jild.


10-mavzu. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ta’lim–tarbiya m asalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil.
Reja:

  1. O‘zbekiston va AQSH ta’lim tizimining qiyosiy tahlili.

  2. Yevropa davlatlarida ta’lim-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Pedagogika fani taraqqiyotidagi o‘ziga xosliklar: umumiylik va tafovut.

Iqtisodiy va boshqa jihatlardan mustaqil bo‘lishni xohlagan davlat uchun ta’lim hal qiluvchi o‘rin tutadi. Fikrimizcha, ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekistonning oldida hali uzoq safar turibdi. Mamlakatda yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar natijasida hukumat ta’lim tizimining muhimligini tushunib yetdi. Shunga qaramay, buni isbot qilish bu sohada uchun biroz ilgari surilish bo‘ldi xolos. Ilgari siljishning yo‘qligi bugungi kun o‘rganuvchilar avlodining talab-ehtiyojlaridan tushunmaslik va bexabarlik natijasidan kelib chiqadi. Maktab va universitetlar ma’muriyatlari yechilishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalarni ta’limning asosiy maqsadidan uzoqlashtirib yuborishgan. Natijada o‘qituvchining roli, obro‘si tushib ketdi, va buning oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi.
Ta’lim tizimimizni takomillashtirish yo‘llarining boshqa mamlakat ta’lim tizimida biz topgan usullaridan biri boshqa tizimni olib kirib, joriy qilishdan iborat bo‘ldi. Biroq chet mamlakat ta’lim tizimida mavjud asosiy kamchiliklarini tahlil qila olmaslik yoki ko‘ra bilmaslik bizning asosiy muammomizdir. Ta’limni joriy qilib, biz yana o‘sha muammo takrorlaymiz va maqsadlarimizga erisha olmaymiz.
AQShda ta’lim tizimda mavjud bir qator muammolar tufayli nazarda kutilgandagiday samarador emas. Ta’lim siyosati va qaror qabul qilish ishlarida siyosiy va ijtimoiy farqlar muammolarining singib ketganligi tufayli o‘quvchi-talabalarga xilma-xillik bilan qanday murojaat qilish, o‘rganish yoki ziddiyatlarni qanday yengib o‘tishning to‘g‘ri, foydali usullari taklif qilinmaydi. Buning ustiga, ijtimoiy-siyosiy masalalar atrofida o‘tkazilayotgan keng qamrovli bahslarning orasida, maktablarda firibgarlik masalasi va hatto baholash tizimidagi nomutanosibliklar va ehtimoliy adolatsizlik masalalari kabi hal qilinmayotgan ko‘proq aniq, qat’iy muammolar mavjud.
Ko‘p hollarda maktablarda mavjud muammolar Amerika ta’lim tizimining kelajagi haqida qabul qilinishi kerak bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilishga xohish, imkoniyatning yo‘qligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Haqiqiy va joriy vaqtda jiddiy ahamiyatga va qimmatga ega bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratishning o‘rniga, ichki nizolar va qarorlarning yo‘qligi bilan vaqt behuda sarflanmoqda. Bahs-munozarlarda vaqtni bekor o‘tkazishning o‘rniga umumiy ma’noda tizimga ta’sir qiluvchi va bilimli yoshlarni tayyorlash kabi natija beruvchi kattaroq masalalarni hal qilish va boshqa mavzular haqida bahs-munozaralar Amerikada ta’lim sifati yaxshilangandan keyingi vaqtlargacha saqlab qo‘yilishi lozim.
Amerika ta’lim tizimi muammolari va zaif tomonlari:
Har bir shtatda o‘z o‘quv dasturlari va standartlari mavjud va bu ko‘p hollarda talabalar orasida standartlarning bir-biridan farq qilishiga olib keladi Bu kattaroq muammo tug‘diruvchi masala, chunki Amerikada umumiy yagona ta’lim tizimi mavjud emas;
Ba’zi talabalar “maktabdan — qamoqqa” tizimi domiga tushib ketadi. Afsuski, katta shaharlarda yuqori sinflar maktablariga qatnagan qora tanli yigitlarning yarmidan ko‘pi diplom ola olmaydi;
Maktabda bandlik bilan o‘tkazadigan vaqt ularning xitoylik tengdoshlarinikidan achinarli tarzda kam;
Ota-onalar yetarlicha jalb qilinmaydi. Ehtimol, o‘qituvchilarga bog‘liq bo‘lmagan masalalarning eng ayanchlisi shu bo‘lsa kerak. O‘quv jarayonida ota-onalarning qatnasha olmasligi kasbiy karera-o‘sish talablari va maktabga haddan ortiq tobelik, bog‘liqlik yuqori sinf maktablari o‘quvchilarini ham xavf ostiga qo‘yadi;
Maktablarda o‘quvchilar soni haddan ortiq ko‘p. Sinfda bolalar soni qancha kam bo‘lsa, talabalarning individual ta’lim olishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bolalarga avvalgidan ko‘proq e’tibor talab qilingan vaqtda, sinfda bolalarning juda ko‘pligi o‘qish, ta’lim olishni yanada mushkullashtirib yubormoqda va o‘qituvchilarning samarali ishlashlarini bundanda qiyinlashtirmoqda;
O‘qituvchilar ta’limga yangiliklar kiritishi kuzatilmaydi. Buning sababi oddiy: agar talabalar o‘zgarayotgan bo‘lsa, o‘qituvchilar ham o‘zgarishlari kerak. Amerikada davlat ta’limi tizimiga muayyan talabalar guruhlarining talab-ehtiyojlariga mos keladigan, masofali o‘rganishning zarur rolini tushunadigan, va sinfda o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam berish uchun ovozlarini baralla qo‘yib talab qila oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘qituvchilar kerak;
Talabalarning 80 foizi yuqori sinf maktablarini bitirishmoqda biroq ularning yarimidan kamrog‘igina ta’limning bundan keyingi bosqichiga o‘tishga tayyor xolos. Muammoning mazmuni talabalarning orqada olib qolib turish lozim bo‘lgan bir paytda, ularning keyingi sinfga o‘tkazilishi, va undan keyin ushbu sinf darajasiga mos ishlarni bajara olmasdan va sinfdoshlarining bilim darajalaridan orqada qolib ketishlaridan iborat;
Standartlashtirilgan testlar va o‘quv kitoblari mamlakat miqyosida tegishli tarzda me’yorlashtirib, baho qo‘yilganda, davlat o‘quv dasturlari va davlat test-imtihonlari maqsadga muvofiq bo‘la olmaydi;
Bugungi kunda xalq ta’limi natijalarga yo‘naltirilmagan;
Mavjud bahslarga ko‘ra, talabalardan yuqori standartlar talablariga javob berish talab qilinmaydi, va ta’lim jarayoni siyosatdonlar doirasida ta’lim natijalarini tahlil qilishda muhimroq;
Universitetda tahsil olishga intilmaydigan talabalarning ta’lim olishiga ko‘proq e’tibor berish talab qilinadi;
Ba’zan baholash tizimi talabaning haqiqiy kuchli va zaif tomonlari holatiini ko‘rsatib bera olmaydi;
Yuqori sinf maktablarida ta’lim olish narxining tobora oshib borishi universitetlarda tahsil olishni xohlaydigan Amerika talabalarining sonining pasayishiga olib keldi.
Zamonaviy Amerika ta’lim tizimida jiddiy muammolar mavjudligi voqelik. Agar biz zamonaviy ta’lim tizimi bizning ta’lim tizimimizni o‘zgartirishini xohlasak, boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimi, o‘zimizning ta’lim tizimimizning xaloskori bo‘ladi deb hisoblashni bas qilishimiz kerak. Biz amalda mavjud tizimlarni to‘laligicha emas, balki eng yaxshi amaliyotlarni tahlil qilib, joriy qilishimiz lozim, chunki chet mamlakatning ta’lim tizimiga jiddiy bog‘liq bo‘lish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, chunki bizda xodim-kadrlar, inson kapitali, logistik ko‘mak, moliyaviy zahiralar va texnologiyalar kabi sharoitlar ularniki bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin.
AQShda universitetga kirish haqida o'ylayapsizmi? Bu holda, Amerika ta'lim tizimining asosiy xususiyatlari haqida bilish sizga katta foyda berishi mumkin. Ushbu maqola siz bilish kerak bo’lgan Amerika universitetlari haqida taxminan 5 faktlarni o'z ichiga oladi

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish