Germaniyada ilm-fan.
Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar universitetlar va ilmiy tashkilotlar hamda korporativ tadqiqot markazlarida olib boriladi. Universitetlardagi ilmiy tadqiqotlar federal byudjet, FE byudjeti tomonidan va tashkilotlar ajratgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Germaniyada ilmiy-tadqiqotlar shuningdek, 4ta yirik ilmiy tashkilotlarda olib boriladi. Bular Maks Plank jamiyati, Gelmgols jamiyati, Fraungofer jamiyati va Leybnits jamiyatlaridir.
Maks Planka jamiyatida 13000 xodim ishlaydi, undan 5000 tasi olimlar bo‘lib, jamiyatning yillik byudjeti 1,4 mlrdni tashkil etadi. Gelmgols jamiyatida 26,5 ming xodim ishlaydi, undan 8000 tasi olimlar bo‘lib, jamiyatning yillik byudjeti 2,35 mlrdni tashkil etadi. Fraungofer jamiyatida 26,5 ming xodim ishlaydi, jamiyatning yillik byudjeti 1,2 mlrdni tashkil etadi. Leybnits jamiyatida 13,7 ming xodim ishlaydi, jamiyatning yillik byudjeti 1,1 mlrdni tashkil etadi.
Universitetlar bir yilda ilmiy tadqiqotlarga 9,2 mlrd evro sarflaydi.
Yirik nemis va chet el kompaniyalari Germaniya hududidagi tadqiqot markazlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Germaniya universitetlari talabalari o‘rganadigan fanlar va dars jadvalini o‘zlari tanlaydilar, ya’ni har bir semestr uchun mustaqil dastur tuzadilar. O‘quv yili 15 oktyabrdan boshlanib, 2ta semestrdan iborat. Har bir semestr oxirida talaba o‘zi qatnashgan maxsus kurs va ma’ruzalarning maxsus sertifikatini yig‘adi, sertifikatlarning kerakli sonini to‘plagach, imtihon topshirishga ruxsat so‘raydi.
Oliy o‘quv yurtlarining ikkinchi tipi-maxsus oliy maktablarda o‘qish tizimli tashkil etilgan. Bunda talabalar aniq o‘quv rejasi va imtihonlar jadvaliga amal qiladilar, shu tariqa oliy ta’limni 4 yilda tugatishlari mumkin.
DAAD dasturi haqida.
DAAD-tashqi siyosatning madaniyat, fan, ta’lim va rivojlanish masalalari bo‘yicha muhim dastur hisoblaadi. Qariyb 90 yil davomida DAAD yosh tadqiqotchilarga dunyo bo‘yicha xalqaro tajriba almashish imkonini berdi. Turli stipendiyalar bilan taqdirlash mazkur dasturning serqirra aspektlaridan biridir.DAAD nemis universitetlarida turli millat vakillari tahsil olishini, chet davlatlarda nemis tadqiqotlari va nemis tilining yoyilishini, xorijda yangi nufuzli universitetlarning ochilishini ta’minlaydi. DAAD xodimlar xalqaro tajribaga ega va turli grant sohiblaridir.
Bugungi kunda Nemis almashish akademik xizmati (DAAD) dunyodagi eng katta tashkilot hisoblanadi. U turli vazirliklar, xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Ta’lim va tadqiqot Federal vazirligi, iqtisodiy kooperativ va rivojlanish Federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Evropa Ittifoqi tashkilotning eng yirik moliyaviy homiylaridan biri. DAADning to‘liq byudjeti 2010 yil 384 million bo‘lsa, 2013 yilga kelib 430 million evroni tashkil etdi.
2013 yil DAADning 250ta dasturini 79 000 nemislar va xorijliklar qo‘llab-quvvatladilar.
DAAD uchta maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |