Germaniyada kasbiy va oliy ta’lim tizimi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish 3 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yil asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tishida sinov imtihonlari o‘tkazilib, o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, Federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz, maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Xalqaro ta’lim dasturlari va diplomlar (International Degree Programmes). Germaniyada chet ellik talabalar juda ham ko‘p. Xorijlik talabalar manfaatini ko‘zlab, nemis OO‘YUlarida xalqaro o‘quv dasturlari kiritilgan. Unga ko‘ra Germaniyada bakalavr va master darajalarini olish mumkin.
Talabalar (Undergraduates) uchun o‘quv dasturlari 6-8 semestr davom etadi, shundan 1-2 semestr davomida chet eldagi partner oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniyatiga ega. O‘qish oxirida bakalavr (Bachelor) darajasini oladi. Biror-bir diplom yoki ilmiy darajasi bor bo‘lgan bakalavrlar (Postgraduates) 3-5 semestr tahsil olishadi va master (Master) darajasiga ega bo‘ladi. Ayrim o‘quv dasturlari doirasida 6-semestrdan so‘ng dissertatsiya himoya qilib “doktor” bo‘lish mumkin. Bunday xalqaro dasturlarning akademik darajasi juda yuqori. Bunda talabalarni tyutorlar va kuratorlar o‘z maslahatlari bilan doimo kuzatib turishadi.8
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi.
Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topish yo‘llari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi.
Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangel cherkovi o‘zining 15ta akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha anjumanlar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri ―Tadqiqot va o‘qitish birligi‖ ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
12 Studying in Germany. A Practical Guide for International Students. DAAD, 2014 R.