DASTUR TURLARI: Quyidagi dastur turlari farqlanadi:
-Sertifikat beruvchi qisqa dasturlar. I, II, III va IV darajali sertifikatlar farqlanadi. Bu tip dasturining davomiyligi odatda 12-52 haftani tashkil qiladi. Bu vaqtda tinglovchilar o‘z sohalari bo‘yicha quyiroq lavozimlarda ishlash imkonini beruvchi ko‘nikmalarni egallaydilar(masalan, mehmonxona restoran/barda, sayyohlik kompaniyasida operator).
-Diplom dasturlari. Bu dasturlar o‘rta muddatda davom etadi va kompleks tayyorgarlikni talab qiladi. Ular 1-2 yilgi ta’lim davomida oddiy yoki oliy diplom olishni ko‘zda tutadi. Bu xujjat o‘rta jarajali ishga kirishga imkon beradi.
-Bakalavr dasturlari. 3 yil o‘qishga mo‘ljallangan, oxirgi yilini talaba shartnoma tuzilgan universitetda davom ettiradi, u erda unga ilmiy daraja beriladi. Ba’zi mexmonxona menejmentli kollej va maktablar diplomdan keyingi darajadagi dasturni taklif etishadi. Boshqa yo‘nalishdagi oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun maxsus kurslar bor, ularda o‘qish 1-1.5 yil davom etadi.
MASHG‘ULOTLARNING BOSHLANISHI
Mashg‘ulotlarning boshlanishi ko‘pchilik kollejlarda yilda 2 martadan kam bo‘lmaydi – fevral va iyul oylarida. YAna shunday o‘quv muassasalari borki, ularda qabul qilish yilda 4 marta, xattoki, 8 martagacha bo‘ladi.
QABUL TARTIBI:
Odatda qabul talablari quyidagicha:
O‘rta ma’lumot attestati;
YOshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi;
Ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi TOEFL bo‘yicha 500 ball yoki IELTS bo‘yicha 5.5ball.
UNIVERSITETLAR
Avstraliya universitetlari butun kontinent bo‘ylab joylashgan. Lekin tanlash imkoniyati Avstraliyaning yirik shaxarlari Sidney va Melburnda ko‘proq, bundan tashqari boshqa shtatlar poytaxtlari – Brizban, Perta va Adelaidada xam. SHuning uchun xalqaro darajadagi ta’limni va katta kompaniyalarda ishlashni mo‘ljallaganlarga aynan shu shaxarlarga o‘qishga borishni maslaxat berish mumkin. Kichik va markazdan uzoqda joylashgan universitetlarga ma’lum kasblarni egallash uchun o‘qishga borish mumkin, masalan, veterinar yoki ekologiya sohasi bo‘yicha.
O‘tgan asrning boshi va undan oldingi asrning o‘rtalarida tuzilgan eng qadimgi universitetlar shtatlar va shaxarlar nomi bilan atalgan: Sidney Universiteti (1850), Melburn Universiteti (1855), Adelaida Universiteti, Kvinslend Universiteti, G‘arbiy Avstraliya Universiteti. Barcha Avstraliya Universitetlari Akademik darajaga ega, shu bilan birga ular ta’limning amaliy tomonlariga katta e’tibor berishadi.
TAXMINLAR
Diplom dasturlari. 2 yillikta’limga mo‘ljallangan.
Bakalavr dasturlari. Ta’lim yo‘nalishiga qarab 3-6 yilga mo‘ljallangan (masalan, injenerlikka o‘qish ko‘proq vaqt talab qiladi).
So‘nggi paytlarda ikkitali darajaga ega bo‘lgan dasturlar ommabopdir (masalan, biznes va huquq, menejment va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari). Ularda o‘qish 4-6 yil davom etadi.
Magistrlik dasturlari. Magistrlik darajasi o‘qishni 1-2 yilidan keyin yoki tadqiqot ishlarining 2-3 yilida taqdim etiladi.
Doktorlik unvoni – yuqori malakadagi akademik unvon nazariy kursni bitirib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |