Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida



Download 4,15 Mb.
bet11/121
Sana18.12.2022
Hajmi4,15 Mb.
#890443
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121
Bog'liq
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.


Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96

100

4,30 — 4,26

86

3,60 — 3,56

72

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97

4,15 — 4,11

83

3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94

4,00 — 3,96

80

3,30 — 3,26

66

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60

4,35 — 4,31

87

3,65 — 3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam



Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti
Didaktik vositalar
Didaktik vositalar ro`yxati beriladi.
- jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka).
-video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.
-kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok).
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar:
1.Mutalipova M.J. Qiyosiy pedagogika - Т.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2016 y.
2.Sh. Shodmonova., Ergashev P. Qiyosiy pedagogika. - Т.: TDPU, 2005.
3.Xoшимов К., Нишонова С. Педагогика тарихи - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2005 й. 287-297-6.
4.Вулфсон Б.Ф. Сравнителная педагогика М.: «Просвещение», 2003 г.


Qo‘shimcha adabiyotlar:
5.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi.//Xalq so’zi gazetasi, 2017.16 yanvar, 11
6.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. „O’zbekiston“, 2017.
7.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.
8.Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2017йил, 6- сон,70-модда.
9.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi-inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. „O‘zbekiston“, 2017.
10. Hoshimov К., S.Ochil. O 'zbek pedagogikasi antologiyasi. - Т.:O‘qituvchi, 1995 у.
11. Munavvarov A. Oila pedagogikasi. Т.: O'qituvchi, 1994 y.
12. Fаниев Ғ. Хорижда таълим. Т.: Шарқ, 1995.


Elektron ta`lim resurslari
1.www. ziyonet.uz
2.www. edu.uz
3.www.nadlib.uz
4.teoriya.ru


MA’RUZA MATNLARI


1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida
REJA:
1.Qiyosiy pedagogika fanning mazmuni va mohiyati
2.Qiyosiy pedagogikasi fanining ijtimoiy fanlar bilan bog`liqligi.
3.Qiyosiy pedagogika fanining predmeti tog`risida turlicha yondoshuvlar
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi.
Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi. Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―to compare ham ―taqqoslash degan ma‘noni anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida ―komparativistika tushunchasi ―qiyosiy pedagogika tushunchasi bilan bir sinonimik qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―pedagogik komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi.
Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy pedagogika emas, balki ―qiyosiy ta‘lim atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘limning. ―education) so`zi pedagogika (―pedagogie) so`ziga nisbatan keng ma‘noda qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim so`zi rivojlanish, ta‘lim va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim (―education compare) iborasini ―qiyosiy pedagogika‖ (―pedagogie comparative) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini ko’zatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika, ―pedagogik komparativistika, ―qiyosiy ta‘lim va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda ―qiyosiy pedagogika tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan. Umuman olganda, qiyosiy pedagogika turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i sanaladi. Qiyosiy pedagogika keng ma‘noda dunyoning turli davlat va hududlarida ta‘limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o`rganuvchi fan sohasi bo`lib, xorij tajribasini qo`llash yo`li orqali milliy ta‘lim tizimini o`zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi.
Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta‘rif beradigan bo`lsak, u pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari, qonuniyatlari va holatini o`zaro taqqoslab o`rganadigan fandir. Shuningdek, u umumiy tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli jihatlarini ajratib ko`rsatadi hamda milliy ta‘lim tizimini xorij tajribasi orqali o`zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi.
―Qiyosiy pedagogikani tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning o`ziga xos mohiyatini ochib beradi.
Birinchidan, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi. Ikkinchidan, dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta‘lim, tarbiya, pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonini o`rganishga yo`naltirilgan. Uchinchidan, qiyosiy taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma‘lum darajada qo`llash uchun amalga oshiriladi. To`rtinchidan, milliy ta‘lim tizimini o`zaro boyitishning o`ziga xos shakl va usullari ajratib ko`rsatiladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish